O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi


Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagicha xulosaga kelamiz



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagicha xulosaga kelamiz,
azaldan 
aybga 
iqrorlik 
to‘g‘risida 
kelishuvga 
gumon 
qilinuvchi, 
ayblanuvchi, 
sudlanuvchining aybi maqbul dalillar bilan isbotlansa, hamda taraflarni tengligi va 
tortishuvchanlik prinsipi asosida ish yuritilgan taqdirda erishilgan. 
O‘rta asrlarda inkvizitsiya sudi aybga iqrorlikni hal qiluvchi ahamiyatga ega 
deb hisoblagan va uni “dalillar qirolichasi” deb atagan.
Endi esa e’tiborimizni aybga iqrorlik va aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv 
kabi tushunchalarning asl mohiyatiga qaratamiz. Har qanday so‘z birikmasining 
mazmun-mohiyatini anglab olish uchun uni lug‘aviy jihatdan tahlil qilish talab 
etiladi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv 
tushunchasining so‘z birikmasi shaklidagi umumiy tushunchasi mavjud emas. Lekin 
ushbu lug‘atda so‘z birikmasida ishlatilgan so‘zlarning tahlili orqali uning lug‘aviy 
maʼnosini bilib olish mumkin. “Аyb” so‘zining lug‘aviy maʼnosi sifatida nuqson, 
rasm-qoidaga va odob-axloq meʼyorlariga xilof ish, xatti-harakat, gunoh maʼnolari 
keltirilgan. Shuningdek, qonunga xilof xatti-harakat, javobgarlikka tortishning zarur 
sharti tushunchasi ham o‘z ifodasini topgan. “Iqror” so‘zining lug‘aviy maʼnosi esa, 
“eʼtirof etish, rost deb hisoblash, tan olish, bo‘yniga olish” maʼnolarida tushunilishi 
qayd etilgan. “Kelishuv” so‘zining lug‘aviy maʼnosi esa o‘zaro maslahatlashib 
bayon etilgan fikr, xulosa, qaror, bitim shartnoma maʼnolarida aks etgan. 
Shartnoma – tomonlar (ikki yoki bir necha shaxs) o‘rtasida tuzilgan, ularning 
huquq va majburiyatlari qayd etilgan bitimdir. Bitim esa – bu ham o‘zaro kelishuv, 
to‘xtam, qaror, taraflar tomonidan rasmiy ravishda tuziluvchi, qabul qilinuvchi 
ahdnoma, shartnoma, kontrakt demakdir. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 586
1
-
moddasida “Аybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni o‘ziga 
nisbatan qo‘yilgan gumonga, ayblovga rozi bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol 
55
Stojko N.G. Criminal process Western nations and Russia: A Comparative Legal Survey theoretical Anglo-
American and Roman-Germanic legal systems: monograph. SPb., 2006. p 65. 


18 
ko‘maklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki 
ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy 
xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar bo‘yicha 
tuziladigan kelishuvidir” - deb aks ettirilgan. 
Nazarimizda, qonunning ushbu normasida keltirilgan aybga iqrorlik 
toʼgʼrisidagi kelishuv tushunchasida, bir qator noaniqliklar mavjud bo‘lib, ularga 
aniqlik kiritish uchun jinoyat protsessi nazariyasida aybga iqrorlik to‘g‘risidagi 
kelishuvga doir mavjud taʼriflarga murojaat qilishni lozim deb topdik. 
Hozirgi kunga qadar yuridik adabiyotlarda aybga iqrorlik to‘g‘risidagi 
kelishuv tushunchasiga oid yakdil fikr mavjud emas. Bu esa ushbu institutning ko‘p 
qirrali ekanligidan dalolat beradi. 
Mamlakatimiz sud-huquq tizimida ushbu institut (tushuncha) yangi bo‘lishiga 
qaramay bir qator amaliyot xodimlari va protsessualist olimlar tomonidan ayrim fikr 
va mulohazalar bildirilgan. Xususan, S. Toshniyozov tomonidan, aybga iqrorlik 
to‘g‘risidagi kelishuv gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan tergov organiga 
bildirilgan taklif boʼlib, taraflarning tengligi roziligi asosida tuzilishini, kelishuv 
prokuror hamda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi hamda ularning himoyachisi 
tomonidan imzolananishi lozimligini taʼkidlab o‘tilgan. 
Yuqorida keltirilgan fikrga yaqin fikr Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 
Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi aʼzosi D. Oripov 
tomonidan keltirilgan bo‘lib, unda “aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv ijtimoiy 
xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar bo‘yicha aybini 
bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, 
jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan 
gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tomonidan bildirilgan iltimosnomaga asosan 
jinoyat ishini yuritishni nazorat qiluvchi prokuror bilan tuziladigan kelishuv 
hisoblanishini” ifodalangan. 
Ushbu fikrning mantiqiy davomi sifatida Sh. Xomidov gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani 
surishtiruv va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berishi mumkinligini, 


19 
kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning 
himoyachisi va agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa, qonuniy vakili tomonidan 
imzolangan bo‘lishi lozim degan fikrni ilgari surgan. 
Jinoyat ishlari bo‘yicha Ishtixon tumani sudining raisi K. Pansatov esa, aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuv jinoyat ishini yuritishni o‘ziga nisbatan qo‘yilgan 
gumonga, ayblovga rozi boʼlgan, jinoyatning ochilishiga faol ko‘maklashgan va 
keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining 
iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta 
bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar bo‘yicha tuziladigan kelishuv 
sanalishini taʼkidlab o‘tgan. G‘.Abdumajidovning fikricha, aybga iqrorlikning asl 
mohiyati – o‘z xohishi bilan boshqaning foydasiga amal qiluvchi va ayblovchi 
haqiqatni oshkora tasdiqlash, unutilgan yoki inkor qilinayotgan voqelikni tan 
olishdan iborat 
56
. Z.F.Inog‘omjonovaning fikricha, “aybga iqrorlik” – sudya bilan 
ayblovchi o‘rtasida qo‘yilgan ayblov bo‘yicha kelishish yo‘li tayinlanishi lozim 
bo‘lgan jazodir 
57
. D.Nurumovning fikricha, “Jinoyat protsessida aybga iqrorlik – 
shaxsning o‘zi sodir etgan jinoyati to‘g‘risida u shu jinoyatni sodir etishda gumon 
qilinmasdan va unga ayblov e’lon etilmasdan oldin o‘z qilmishidan pushaymon 
bo‘lib, o‘z aybini bo‘yniga olishdir”
58
. Xorijiy mamlakatlar olimlarining fikrlariga 
o‘z eʼtiborimizni qaratadigan bo‘lsak, ayrim olimlar, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi 
kelishuvni jinoiy javobgarlikdan himoya qilmaydigan faqatgina jinoiy jazoni 
yengillashtirish uchungina asos boʼlib xizmat qilishini taʼkidlashgan boʼlsa, 
Y.V.Loshkobanov tomonidan esa aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni bir 
tomonlama bitim sifatida baholanib gumon qilinuvchi, ayblanuvchining 
majburiyatlari 
ixtiyoriy 
tusda, 
ikkinchi 
tomonda 
turgan 
prokurorning 
majburiyatlarini esa jinoyat-protsessual qonunida alohida hollarda yuzaga kelishini 
eʼtirof etgan. 
56
Абдумажидов Ғ. Иқрорликнинг моҳияти ва оқибатлари // Айбига иқрорлик тўғрисидаги битим институти 
хусусиятлари: халқаро тажриба. – Т.: NAFIS BEZAK, 2011. – Б. 14. 
57
Иноғомжонова З.Ф. Жиноят процессини соддалаштиришда айбига иқрорлик институтининг аҳамияти. // 
Айбига иқрорлик тўғрисидаги битим институти хусусиятлари: халқаро тажриба. – Т.: NAFIS BEZAK, 2011. 
– Б. 96 
58
Nurumov D.D. Jinoyat ishlarining soddalashtirilgan tartibi sifatida aybiga iqrorlik bitimi. Monografiya. – T.: 
TDYU, 2018. – B. 12. 


20 
Yuqorida keltirilgan fikrda aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bir 
tomonlama ekanligi to‘g‘risidagi fikr bildirilgan bo‘lib, bizning nazarimizda aybga 
iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvdan har ikkala taraf manfaatdor bo‘lishi lozim. 
Xususan, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi o‘ziga nisbatan yengilroq jazo 
tayinlanishidan manfaatdor bo‘lsa, jinoyat ishini yuritishga masʼul bo‘lgan davlat 
organlari va mansabdor shaxslar jinoyatlarning tez va issiq izidan ochilishiga, kuch 
va vositalarning tejalishiga hamda ish hajmining kamayishiga erishadilar. 
V.V. Kolesnikning fikriga ko‘ra, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvning 
asosiy xususiyati va negizi garchi teng bo‘lmagan (subyektlar) sharoitlarda bo‘lsa 
ham teng huquqli subyektlarning bitimlari sifatida tushunilishi lozim ekanligini 
bildirgan. 
N.А. Dudina esa, mazkur tushunchaga “aybga iqrorlik to‘g‘risidagi 
kelishuvda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tomonidan chin ko‘ngildan 
pushaymonlik, tavba qilish aybga iqrorlik insitutining moddiy-huquqiy asosi 
hisoblanishini, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvning o‘zi fuqarolik-huquqiy 
tabiatga ega emasligini, balki huquqni qo‘llash shakllaridan birini taʼminlovchi 
hujjatning bir turi sifatida namoyon bo‘lishini keltirib o‘tgan. 
K.F. Bagautdinov o‘zining ilmiy izlanishlarida, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi 
kelishuv bu taraflar o‘rtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan shartnoma boʼlib, 
prokurorga aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv tuzishni majburiyat sifatida 
yuklashning mumkin emasligi, prokurorning kelishuv tuzishni rad etishi adolatga 
erishishga to‘sqinlik qilmasligi, va protsess ishtirokchilarining huquq va 
erkinliklarini cheklamasligi, shu boisdan ham sudlar tomonidan prokurorning qarori 
ustidan berilgan shikoyatni ko‘rib chiqishida rad qilish qarorining asosli ekanligini 
muhokama qilmasdan qaror tegishli shaxs tomonidan o‘z vakolatlari doirasida 
chiqarilganligiga xulosa qilishi, fuqaroviy-huquqiy shartnomalardan farqli o‘laroq 
sudga qadar hamkorlik qilish haqidagi kelishuvda jamoatchilik ustunlikka ega 
bo‘lishi, kelishuvning o‘ziga xosligi, unda jamoatchilik va shaxsiy manfaatlar bir-
biriga qarama-qarshi kelgan hollarda, jamoatchilikning manfaatlari inobatga olingan 
holda ish hal etilishi taʼkidlab o‘tilgan. 


21 
Yuqoridagi bildirilgan K.F. Bagautdinovning fikriga qo‘shilgan holda, aybga 
iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvda prokuror jinoyat-protsessual qonunida ko‘rsatilgan 
kelishuvning barcha shartlari va xususiyatlarini tushuntiradi va qo‘llaydi. Biroq 
kelishuvning o‘zida prokurorga nisbatan qaysidir majburiyatlarni bajarishni 
zimmasiga yuklashni qayd etish mumkin emas. Sababi, sudga borib vaziyat 
batamom o‘zgarishi va kelishuvdagi qoidani shartni qo‘llashning iloji bo‘lmay 
qolishi mumkin. 
Y.L. Fedosyeva ham ishni sudga qadar yuritish bosqichida aybga iqrorlik 
to‘g‘risidagi kelishuv aslida kelishuv emas, balki ishtirokchilar tomonidan 
majburiyatlarni bajarish nuqtai-nazaridan bir tomonlama xarakterga ega bo‘lgan, 
gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining tergovga ko‘maklashish to‘g‘risidagi 
prokurorga bildirilgan roziligi deb o‘zining fikrlarini bildirib o‘tgan. 
O.V. Klimanovaning fikricha, prokuror masʼuliyatni oʼz zimmasiga olgan 
holda, ayblanuvchining kelishuv shartlarini bajarishi ijobiy oqibatlarga olib kelishini 
va jinoyat-protsessual qonun normalariga muvofiq kelishuv shartlari toʼliq 
bajarilishini kafolatlashga qodir. 
Yana bir olim O.Y. Bayev sudga qadar hamkorlik qilish haqidagi kelishuvda 
gumon qilinuvchi ayblanuvchiga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasini bekor qilish 
yoki yengilrog‘iga o‘zgartirish taklifini ayblovning majburiyati sifatida kiritishni 
taklif qiladi . 
O.N. Tisenning taʼkidlashicha, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bu gumon 
qilinuvchi ayblanuvchi o‘z ixtiyori bilan jinoiy sheriklarini fosh qilish majburiyatini 
olishi va evaziga o‘z qilmishi uchun jazo muddatini sezilarli darajada kamaytirishga 
erishadi. Bizningcha, yuqorida keltirilgan fikrlarda olimlar aybga iqrorlik 
institutining tarkibiy tuzilishiga tegishli jarayonlarni aks ettirgan bo‘lsa-da, ushbu 
fikrlar bugungi kundagi ushbu institutning mohiyati va tushunchasini to‘liq ochib 
bermaydi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlarning xilma-xilligi, adabiyotlar va internet 
saytlarida bunday fikrlarning keng tarqalganiga qaramay hanuzgacha aybga iqrorlik 
to‘g‘risida aniq tushunchaning mavjud emasligini ko‘rishimiz mumkin. Chunki, 


22 
aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv instituti mamlakatimiz jinoyat-protsessual 
qonunchiligida yangi institut bo‘lib, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligida mavjud 
bo‘lgan institutlardan farq qiladi. Eng achinarlisi, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi 
kelishuv instituti amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligida o‘z aksini topgan 
bo‘lsa-da, uning amalga oshirish mexanizmi bo‘yicha normalarning yetarli darajada 
tartibga solinmaganligi sud-tergov amaliyotida bir qator muammolarning kelib 
chiqishiga, buning natijasida esa ushbu institutning qo‘llanilmaslik holatlarining 
vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda. 
Yuqorida bildirilgan fikrlarning chuqur tahlili esa aybga iqrorlik to‘g‘risidagi 
kelishuvga nisbatan quyidagi mazmundagi mualliflik taʼrifini ishlab chiqish 
imkonini berdi: 
Аybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bu – surishtiruv va dastlabki tergovning 
istalgan vaqtida o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumon yohud ayblovni tan olgan, 
qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatni ochilishiga faol 
ko‘maklashgan va yetkazilgan zararni to‘liq qoplagan gumon qilinuvchi va 
ayblanuvchining iltimosiga asosan jinoyatlar bo‘yicha prokuror bilan tuziladigan 
ixtiyoriy shakldagi kelishuvdir. 

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə