O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi


Taraflarning majburiyatlari kelishuvlar



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

Taraflarning majburiyatlari kelishuvlar 
turiga qarab farqlanadi. Birinchi holatda uch xil turdagi kelishuvlarni tuzish 
mumkin:
1.
 
ayblovni yengillashtirish evaziga tuziladigan aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuv;
2.
 
jazoni kamaytirish evaziga tuziladigan aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv;
3.
 
ayblovni yengillashtirish va jazoni kamaytirish evaziga tuziladigan aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuv.
Bundan tashqari, AQSh jinoyat protsessida sudlanuvchi tomonidan e’lon 
qilingan ayblov bo‘yicha ishni sudda ko‘rib chiqishni rad etish to‘g‘risida sudga 
iltimosnoma kiritsa, ish sud muhokamasida ko‘rib chiqilmasdan hukm chiqariladi 
(nolo contendere) 
46
. AQShdan farqli ravishda Yevropa davlatlari tezlashtirilgan sud 
ish yurituv tartibiga ehtiyotkor munosabatda. Zamonaviy 
Germaniya
jinoyat 
protsessida 
o‘n xil turdagi tezlashtirilgan sud ish yurituvi mavjud.
Kelishuv 
tuzish imkoniyati prokuror tomonidan so‘ralayotgan jazo muddati qonunda nazarda 
tutilgan jazo muddatidan oshib ketmasligiga bog‘liq (masalan, Ispaniyada olti yildan 
ko‘p bo‘lmagan qamoq jazosi), (Italiyada 3 yil OMQ) 
47

AQSh kabi Angliyada ham aybga iqrorlik bo‘yicha tuzilgan kelishuv bosim 
va tahdidlar ostida tuzilgan bo‘lsa, kelishuvning bekor qilinishiga sabab bo‘ladi. Shu 
vaqtning o‘zida sud amaliyotida o‘z xohishi bilan aybiga iqror bo‘lgan va sodir etgan 
jinoyati uchun chin dildan pushaymon bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan 
og‘ir jazolar qo‘llanilishini bekor qilish masalasida nizom ishlab chiqildi. 2008-yil 
mart oyida Angliya Bosh prokurorining Lordlar Palatasiga firibgarlik jinoyati 
bo‘yicha aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish imkoniyatlari haqida materiallar 
yuborishi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv institutining takomillashishi uchun 
46
Кувалдина Ю.В. Предпосылки и перспективы развития компромиссных способов разрешения уголовно-
правовых конфликтов в России. Диссер. …канд. юрид. наук. Самара: СамГу, 2011. 272 с. 
47
А.В. Курдова. Практика применения ускоренного порядка рассмотрения уголовных дел судом в УПК РА 
(сравнительно-правовой анализ с законодательствами ряда европейских стран СНГ, США) // Ереван 
(Армения). 2009. С 76.


15 
yana bir turtki bo‘ldi 
48
. 2008-yilning o‘zida Angliya Bosh prokurori yuborgan 
materiallari qo‘shimchalar bilan to‘ldirilib, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi 
moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha shaxslar tergovning dastlabki bosqichlarida HMQOga 
ushbu jinoyat to‘g‘risida ma’lumotlarni oshkor qilishsa va jinoyatning ochilishida 
hamkorlik 
qilsa, 
ularga 
nisbatan 
tayinlanadigan 
jazolar 
endilikda 
yengillashtiriladigan bo‘ldi 
49
.
Germaniya qonunchiligida rasmiy aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv instituti 
mavjud emasligiga qaramasdan, norasmiy hamkorlik amaliyotda keng 
qo‘llanilyapti. Ko‘pgina muhokamalardan so‘ng Germaniya Federal Parlamenti 
aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvni tartibga soluvchi yangi qonunni qabul qildi 
(Gesetz zur Regelung der Verständigung im Strafverfahren). Ushbu hujjatda yangi 
qonunning tahlili va mavjud amaliyotdagi norasmiy kelishuvlar muhokama qilingan 
edi. Bir qancha ilmiy muhokamalardan va norasmiy kelishuvlar yuzasidan 
pretsedent huquqini ishlab chiqish masalalari tahlil etilgandan so‘ng Germaniya 
Federal Parlamenti tomonidan aybga iqrorlikni rasmiylashtiruvchi yangi qonun 
qabul qilindi 
50
. Angliya va Uels kabi Germaniyada ham norasmiy kelishuvlar keng 
tarqaldi, lekin bu holatga e’tibor qaratilmadi. Germaniyada norasmiy 
kelishuvlarning keng tarqalishiga asosiy sabab sud va prokuratura organlarida ish 
yuklamasining keskin oshishidir. 1982-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha advokat Detlef 
Deal Germaniyadagi norasmiy kelishuvlar bo‘yicha umumiy amaliyotdagi holatni 
og‘ir jinoyatlar misolida maqolada bayon qildi. Ushbu olimning fikricha: “Aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuv instituti juda keng tarqalgan va juda yashirin, buni 
deyarli barcha biladi, qo‘llaydi, lekin hech kim bu holat haqida e’tiroz bildirmaydi
51

Bundan tashqari aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv instituti zo‘rlik ishlatib sodir 
etilgan jinoyatlarga (nomusga tegish, bosqinchilik, odam o‘ldirish) nisbatan ham 
qo‘llanilib kelmoqda, vaholanki bu kabi jinoyatlarga kelishuvni qo‘llash xato 
48
The Attorney General’s Office Consultation.The Introduction of a Plea Negotiation Framework for Fraud Cases in 
England and Wales. 3 April 2008. P 91. 
49
Kalenz A. A. Responsibility for tax crimes under the legislation of Great Britain // Business. Education. Law. 
Bulletin of Volgograd Business Institute. 2014. No. 3 (28). P. 279-281. 
50
Лутц М.Г. Правовое регулирование «сговора в уголовном процессе». Журнал политики в области прав. 
Германия. 2008 г. С 187 
51
Deal, Detlef (pseudonym) 1982 “Der strafprozessuale Vergleich” Strafverteidiger p 545. 


16 
hisoblanadi. Bundan tashqari, norasmiy kelishuvlar barcha jinoyat protsessi 
ishtirokchilari uchun ishni tezroq va oson hal qilish yo‘lidir. Norasmiy 
kelishuvlarning keng qo‘llanilishiga yana bir sabab ishni ko‘rib chiqishdan asosiy 
maqsad sifatida jazolashni tushunishdir. Xermanning fikricha, “Jinoyat protsessi 
prinsiplarining funksiyasi nafaqat Jinoyat kodeksi normalarini ijro etishni 
ta’minlash, balki mavjud ijtimoiy muammolarni aniqlashdir. Shuningdek, barcha 
ishtirokchilar natijaga rozi bo‘lsa, ko‘proq adolatga erishiladi va sudlanuvchi hukm 
bo‘yicha norozi bo‘lmasa, reabilitatsiya muvaffaqiyatli bo‘ladi” 
52

1974-yilda sud hokimiyatining talabiga ko‘ra ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan 
jinoyatlarga qarshi ommaviy kurashish maqsadida §153а Nizomi qabul qilindi.
Ushbu Nizomga ko‘ra, agar ayblanuvchi muayyan pul miqdorini xayr-ehson sifatida 
to‘lasa, prokuror sudda ishni ko‘rib chiqishdan manfaatdor bo‘lsa ham, ayblovdan 
voz kechadi. Dastlab bu amaliyot AQSh modelini o‘zlashtirish sifatida tanqid 
qilindi
53
. Endi esa e’tiborimizni statistik ma’lumotlarga qaratamiz. Shnumen 
hisobotiga ko‘ra, ushbu norasmiy kelishuv amaliyotini qo‘llashga 76% voyaga 
yetmagan ayblanuvchilar, 89% kattaroq yoshdagi ayblanuvchilar, 91%i esa 
sudlanganlik holati mavjud ayblanuvchilar rozi bo‘lgan.
Bu yangi institut Rossiya Federatsiyasida ham qo‘llaniladi. Rossiya 
Federatsiyasi JPKsining 40-bo‘lim 10-bobi “Ayblanuvchining roziligi bilan unga 
nisbatan e’lon qilingan ayblov bilan sud qarori qabul qilishning alohida tartibi” deb 
nomlanadi.
Fransiya qonunchiligini tahlil qilar ekanmiz A.V.Baxnovkiyning fikriga 
qo‘shilmaslikning iloji yo‘q. Olimning fikriga ko‘ra, Fransiya jinoyat-protsessual 
qonunchiligi progressiv va xalqaro huquq normalari talablariga javob beradi. Aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuv instituti Fransiyada 1999-yildan buyon mavjud 
54

N.G.Stoykoning fikricha, “Hozirgi kunda aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvning 
Angliya, AQSh, Germaniya, Fransiya modeli nafaqat boshqa xorijiy davlatlar 
52
Herrmann note 26, 776. 
53
Шюнеманн Б. Соглашения в уголовном процессе? Основы, объекты и границы. Мюнхен. 2011. С 153. 
54
Bahnovsky A. V. The deal with the justice system: Features of the Anglo-Saxon and continental legal tradition. 
Dissertation of the candidate of law. Krasnodar, 2008. С 128. 


17 
jinoyat-protsessual qonunchiligiga ta’sir ko‘rsatadi, balki yuqoridagi davlatlarning 
bir-biriga ham ta’sir ko‘rsatadi 
55


Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə