O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

Ish tuzilmasining tavsifi. 
Mazkur dissertatsiya kirish, uch bob, sakkiz paragraf, 
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar kabi qismlardan iborat. 
Dissertatsiyaning umumiy hajmi 142 betni tashkil qiladi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


11 
I BOB. «AYBGA IQRORLIK TO‘G‘RISIDA KELISHUV» HUQUQ 
INSTITUTINING TARIXI, TUSHUNCHASI, ZARURATI 
1.1.
 
“Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” institutining genezisi va 
tushunchasi 
Xorijiy davlatlarda odil sudlov ko‘p yillardan buyon aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuvni amaliyotga keng tatbiq qilgan holda amalga oshirilmoqda. Bu institutni 
chuqur tahlil qilish davomida uning qanday vujudga kelganligi va tarixiga e’tibor 
qaratmaslikning iloji yo‘q. Ko‘pgina olimlarning fikriga ko‘ra, aybga iqrorlik 
to‘g‘risida kelishuv instituti soddalashtirilgan tartibda sud ish yurituvining bir 
shaklidir. Ushbu institut ko‘pgina xorijiy davlatlar jinoyat-protsessual 
qonunchiligida “Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv”, “Soddalashtirilgan tartibda ish 
yuritish” yoki “Maxsus tartibdagi ish yuritish” deb nomlanadi. Shu o‘rinda aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuv haqidagi tasavvurimizni yanada kengaytirish maqsadida 
ushbu institutning xorijiy davlatlar jinoyat-protsessual qonunchiligida vujudga 
kelish manbalari, turlari va xususiyatlariga e’tibor qaratishimiz zarur.
Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv va hamkorlik bo‘yicha kelishuv AQSh va 
Yevropa Ittifoqi davlatlari jinoyat-protsessual qonunchiligida keng tarqalgan. 
Hozirgi kunda bu institut AQSh, Angliya, Uels, Hindiston, Italiya, Fransiya, Polsha, 
Estoniya, Isroil, Gruziya kabi davlatlar jinoyat-protsessual qonunchiligida mavjud. 
Keyingi vaqtlarda jinoyat sud ishlarini yuritish tartibini soddalashtirish bilan bog‘liq 
takliflar boshqa xorijiy davlarlar tadqiqotchilari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlab 
kelinmoqda 
38
.
Aybga 
iqrorlik 
to‘g‘risida 
kelishuv 
institutini 
jinoyat-protsessual 
qonunchilikka tatbiq etish jarayoni nafaqat uni milliy qonunchilikka 
implementatsiya qilish bilan cheklanadi, balki umume’tirof etilgan xalqaro normativ 
hujjatlarni milliy qonunchilikka tatbiq etishda ham ko‘rinadi. Masalan, Inson 
Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (10.12.1948), “Fuqaroviy va siyosiy huquqlar 
to‘g‘risida”gi xalqaro Pakt (16.12.1966), “Inson huquqlari va asosiy erkinliklar 
38
Трубникова, Т. В. Упрощенные судебные производства в уголовном процессе России. Автореферат. 
Томск,1997. -30 с.


12 
to‘g‘risida”gi MDH Konvensiyasi (26.05.1995), Yevropa Kengashiga a’zo 
davlatlar Vazirlar qo‘mitasining “Jinoyat sud ishlarini yurituvini nisbatan 
soddalashtirish to‘g‘risida”gi (17.09.1987) va boshqalar 
39
.
“Inson huquqlari va asosiy erkinliklar to‘g‘risida”gi MDH Konvensiyasiga 
ko‘ra, “Har kim, ishi mustaqil va xolis sud tomonidan oqilona muddat ichida adolatli 
va oshkora muhokama qilinish huquqiga ega” 
40
. Bunga o‘xshash normalar Inson 
Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining 10-moddasida ham mavjud bo‘lib, unga 
ko‘ra: “Har bir inson, uning huquqlari va burchlarini belgilash va unga quyilgan 
jinoiy aybning nechog‘lik asoslanganligini aniqlash uchun, batamom tenglik 
asosida, o‘z ishi oshkora, adolatning barcha talablariga rioya etilib, mustaqil va xolis 
sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqiga egadir”.
Yuqoridagi norma konstitutsiyaviy-huquqiy madaniyat sifatida qabul qilingan 
bo‘lsa, agar gumon qilinuvchi aybiga iqror bo‘lsa, uning ishi sudda, albatta, ko‘rib 
chiqilib, gumon qilinuvchi, haqiqattan ham, o‘z aybiga iqror yoki iqror emasligi 
to‘plangan dalillarni bevosita tekshirilishi orqali aniqlashtirilishi kerak. Bunday 
holatlarda sud-tergov bosqichidan butunlay yoki qisman voz kechilib, gumon 
qilinuvchining shaxsiga oid sifatlar bevosita tekshirilishi kerak va shuning asosida 
hukm chiqarilib, jabrlanuvchiga kompensatsiya to‘lash masalasi ham hal etilishi 
kerak 
41

“Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” institutining tarixiy ildizlarini 
anglosakson huquq oilasidan qidirish zarur. Soddalashtirilgan sud ish yurituvi tartibi 
XIX asrda AQSH sudyalar hay’ati instituti asosida huquqiy ta’sir chorasi sifatida 
tashkil topgan. Nyu-York apellatsiya sudi o‘z qarorlarining birida soddalashtirilgan 
tartibda sud ish yurituvi tartibi 1804-yilda tashkil etilganligini qayd etib o‘tgan. 
Demak, bu institut AQSh jinoyat protsessining organik qismi hisoblanadi va 150 
yildan buyon amaliyotda qo‘llaniladi 
42

39
Лунц Л.А. Международное частное право, особенная часть. – М.: Юрид. лит., 2011. С 133.
40
http://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_6966/ 
41
http://hrlibrary.umn.edu/russian/euro/RRec(87)18.html 
42
Головко Л.В. Альтернативы уголовному преследованию в современном праве. СПб., 2002. С. 182. 


13 
Xorijiy davlatlar amaliyotida aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv mexanizmi 
yangi emas. Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv Buyuk Britaniyada o‘rta asrlar sud 
amaliyotida ham ko‘zga tashlanadi. O‘sha vaqtlarda bu mexanizm uchun “tavba 
qilgan shaxsning apellatsiyasi” degan tushuncha mavjud bo‘lgan. Unga ko‘ra, agar 
jinoyatchi shaxs o‘zi va boshqalar sodir etgan jinoyati haqida o‘z vaqtida vakolatli 
organlarga xabar bersa, unga o‘lim jazosi tayinlanmasligi kafolati berilgan. “Aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” tushunchasi AQSh huquq tizimida XIX asr oxirida 
paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda dunyo tajribasida ikki turdagi kelishuvlar mavjud va 
ular “Sudgacha bo‘lgan hamkorlik” deb yuritiladi
43
. Odil sudlov bilan 
hamkorlikning yana bir turini AQShda “ayblov uchun guvohlik berish” deb 
nomlanadi. Gumon qilinuvchi o‘z jinoiy sheriklari haqida barcha ma’lumotlarni 
oshkor qilsa, unga prokuror immuniteti beriladi, buning oqibatida gumon qilinuvchi 
javobgarlikdan to‘liq yoki qisman ozod bo‘ladi. Kelishuv ayblanuvchi va prokuror 
o‘rtasida tuzilib, sud tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Bu kabi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvlar AQSh va Angliyaning ba’zi 
hududlarida keng miqyosda amaliyotda qo‘llanila boshlandi. 1900-yillarda jinoyat 
ishlarining 90%i aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish bilan yakunlanardi 
44

1970-yilda AQSh Oliy sudi “Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” institutining 
konstitutsiyaviyligini tan oldi va uni o‘z qonunchiligiga kiritdi. Anglo-amerikancha 
aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvning mohiyati quyidagicha: “Agar ayblanuvchi 
o‘zi sodir etgan jinoyatiga iqror bo‘lsa, dastlabki ayblov qisqartiriladi, shu vaqtdan 
boshlab unga jazoni qamoqda yoki probatsiyada o‘tash kafolati beriladi 
45

AQSh jinoyat-protsessual qonunchiligida ikkila turdagi kelishuvlar mavjud: 
“Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” va “Tergov organlari bilan hamkorlik” shular 
sirasiga kiradi. Kelishuvlarni tuzish tartib-taomillari “AQSh okrug sudlarida 
Federal jinoyat-protsessi qoidalari” (11-qoida), AQSh kodeksi (3553(3)18-modda), 
“Jazo tayinlash to‘g‘risidagi rahbariy qoidalar” (5К1.1-modda) va bir nechta shtatlar 
43
http://studbooks.net/748805/pravo/formy_zarubezhnogo_opyta_primeneniya_sdelki_priznanii_viny. 
44
http://sn-jurid.crimea.edu/arhiv/2013/26_1law/065makar.pdf. 
45
Davis J.R. Criminal Justice in New York City. New York, 2014. P. 5. 


14 
qonunchiligi bilan taribga solinadi. 

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə