O‘zbekiston respublikasi chirchiq davlat pedagogika instituti mustaqil ish mavzu: davlat ta`lim standartining maqsad va vazifalari



Yüklə 75,19 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü75,19 Kb.
#155689
DAVLAT TA`LIM STANDARTINING MAQSAD VA VAZIFALARI Hilola


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI



MUSTAQIL
ISH


MAVZU: DAVLAT TA`LIM STANDARTINING MAQSAD VA VAZIFALARI.



Qabul qiluvchi:___________________
Tayyorladi:

MAT 19-2 guruh talabasi
Qurbonboyeva
Hilola











Reja:

  1. Umumiy qoidalar.

  2. Davlat ta’lim standartlarining maqsad va vazifalari

  3. Ta’limning standartlashtiriladigan turlari


DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI TO‘G‘RISIDA NIZOM

1. Umumiy qoidalar.


1.1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasiga, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq Respublikada idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar ta’lim muassasalarining barcha turlari uchun majburiy bo‘lgan davlat ta’lim standartlari (DTS) belgilanadi.

1.2. DTS-standartlashtirish ob’ektiga nisbatan me’yorlar va talablarni belgilaydi hamda «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq tasdiqlanadi.

1.3. DTS kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablarni, ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va etarlicha darajasini hamda ta’lim muassasalarini bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarini, o‘quv yuklamasining zarur hajmini, ta’lim muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilaydi.

1.4. DTS ta’lim jarayonini va ta’lim muassasalari faoliyatini baholashni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos hisoblanadi.

2. Davlat ta’lim standartlarining maqsad va vazifalari

2.1.Davlat ta’lim standartlari joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi :

ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta’minlash ;

mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonavny yutuqlaridan kelib chiqib, kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish ;

ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi.

ta’lim oluvchilarning huquqiy iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish ;

sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;

kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash ;

ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash, ta’limning barcha turlari va bosqichlarida o‘quv-tarbiya jarayonini maqbullashtirish;

mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlilikni ta’minlash :


2.2. Davlat ta’lim standartlarining vazifalari :


- ta’lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari nomenklaturasiga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash;

- ta’limga va uning pirovard natijalariga ta’lim oluvchilarning bilimi va kasbiy malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi va tartibotiga, shuningdek, ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me’yoriy bazani yaratish;

- xalqning boy ma’naviy me’rosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish ;

- ta’limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta’lim va tarbiyani kelishib olish, ularning o‘zaro bog‘liqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash ;

- o‘quv-tarbiya va ta’lim jarayonining uzluksiz axborot bilan ta’minlanishiga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me’yorlar va talablarni belgilash ;

- ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning holis tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilishni joriy etish:

- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

- milliy standartlar talabining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash;


3. Ta’limning standartlashtiriladigan turlari

3.1. DTS-ta’limning quyidagi turlari uchun belgilanadi:

- Umumiy o‘rta ta’lim, shu jumladan, boshlang‘ich ta’lim;

- O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari);

- oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura).

О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni bilan bir qatorda ta’lim standarti asosiy meyoriy hujjat hisoblanadi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «meyor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, о‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, о‘quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. О‘quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishlari mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bо‘lgan yoki qiziqarli bо‘lmagan fanni о‘rganishda о‘quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi.

Ushbu holatda, о‘quvchi о‘ziga mos keladigan ta’lim yо‘lini anglagan holda va mustaqil tanlab, о‘z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va intilishlarini amalga oshirishga imkoniyatga ega bо‘ladi. Shakli va mazmuni bо‘yicha tushunarli ifoda etilgan standart talablari oldindan о‘quvchilarga va ularning ota-onalariga yetkaziladi.

Ta’limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, mukammal ravishda о‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta’limning ma’lum darajasini belgilash bilan amalga oshiriladi. Ammo “standart” termini о‘zi ta’limga nisbatan yaqin davrlardan qо‘llanila boshlangan. Davlat ta’lim standartlari ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta’lim mazmuni minimal hajmini qayd etish va ta’lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi.

Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas edi. О‘zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yо‘qligi XX asrning 80-yillarida kо‘pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bо‘lishiga olib keldi.

Davlat ta’lim standartlarini yaratish bо‘yicha ishlar О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni (1992 yil) qabul qilingandan keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti meyorlariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish zarurligi ta’kidlab о‘tiladi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil) О‘zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingandan sо‘ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan bо‘yicha о‘zlashtirilishi zarur bо‘lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi.


O‘quv rejasi, fan va ishchi dasturlarga qo‘yiladigan talablar.
Oliy ta’limning о‘quv-meyoriy xujjatlariga о‘quv rejasi, о‘quv dasturi va darsliklar kiradi.

О‘quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va ishchi о‘quv rejasi.

Tayanch о‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy meyoriy hujjat bо‘lib, u namunaviy va amaliy о‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Tayanch о‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Namunaviy о‘quv reja tayanch о‘quv rejasi asosida tuziladi va О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mо‘ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi о‘quv rejalari ishlab chiqiladi.

О‘quv rejasi-meyoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:

- о‘quv yili, semestrlar va ta’tillarning davomiyligi;

- ushbu ta’lim muassasasida о‘rganiladigan о‘quv fanlari tartibi;

- о‘qish yillari bо‘yicha fanlarni taqsimlash;

- har bir fan bо‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir kursda fanlarni о‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi;

- har bir fanni о‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;

- praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.

О‘quv dasturi-muayyan о‘quv fani bо‘yicha bilim, kо‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni о‘rganilishi bо‘yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning о‘rganilish daraja-sini yorituvchi meyoriy hujjat.

О‘quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik bо‘lishi mumkin. Namunaviy о‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim

standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. О‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bо‘ladi:

- ushbu fanni о‘rganish maqsadlari, о‘quvchilarning bilim va malakalariga asosiy talablar, о‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;

- о‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;

- kursning alohida savollarini о‘rganishga о‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;

- dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari rо‘yxati;

- fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bо‘yicha kо‘rsatmalar;

- о‘quv uskunalari va kо‘rgazmali qо‘llanmalar rо‘yxati;

- tavsiya etiladigan adabiyotlar.

Mualliflik о‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda о‘quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bо‘lishi, u yoki bu nazariyalarni о‘rganishga mualliflik yondashuvi, о‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Mualliflik о‘quv dasturlari о‘quvchilarning erkin tanlovi bо‘yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi.

Ta’lim mazmuni va о‘quv dasturlari о‘quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va о‘quv qо‘llanmalari kiradi.

Namunaviy о‘quv dasturlari Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bо‘ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishchi о‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, о‘quv jarayoni-ni metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, о‘quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.

О‘quv rejasi – barcha ta’lim muassasalarida sо‘zsiz amal qilinishi lozim bо‘lgan davlat hujjatidir Ta’lim muassasalari uchun mо‘ljallangan о‘quv rejasi ishlab chiqiladi va tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi (Respublika xalq ta’limi yoki oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan). О‘quv rejasi ta’lim muassasasi ma’muriyatig ayuboriladi hamda mazkur reja asosida о‘quv jadvali tuziladi. О‘quv jadvalida hafta davomida о‘qitiladigan о‘quv predmetlarining nomi va ularga ajratilgan soatlar miqdori kо‘rsatilib, о‘quv yurti direktorining о‘quv ishlari bо‘yicha о‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Alohida aniq bir fanning о‘quv rejasi shu fanni о‘qitish uchun ajratilgan soatlar va о‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatidir.

О‘quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi:

О‘quv tarbiya ishining maqsadi, talabalarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini kо‘nikmaga aylantirib, uni hayotga qо‘llay olishga о‘rgatish.

О‘quv dasturi ham xuddi о‘quv rejasi muhim davlat hujjati bо‘lib, unda muayyan о‘quv predmetifanning mazmuni ochib beriladi va о‘quv yili davomida о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilishi zarur bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalar hajmi kо‘rsatiladi.

О‘quv dasturlari tegishli ta’lim (umumiy о‘rta, kasb-hunar yoki oliy ta’lim) turidagi barcha ta’lim muassasalari uchun yagona, uning talablari tо‘la ravishda bajarilishi majburiydir.

Dastur tushuntirish xati, bо‘lim va mavzular bо‘yicha ajratilgan soatlar hajmi, dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat bо‘ladi.

Tushuntirish xatida о‘quv predmetining ahamiyati, uning fanlar tizimida tutgan о‘rni, ular о‘rtasidagi aloqadorlik, materialni о‘rganish jarayonida hal etilishi lozim ayrim bо‘lim va mavzularni о‘rganish xususiyatlari kо‘rsatiladi. О‘qitish (ta’lim) metodlari va vositalarini qо‘llashga doir tavsiyalar beriladi.

Soatlar hisobini asosli о‘rinlarda о‘zgartirilishiga yо‘l quyiladi.

Dastur materiali bо‘limlar va mavzular bо‘yicha taqsimlangan bо‘lib, har bir mavzuni о‘rganish uchun о‘zlashtirishi majburiy bо‘lgan tushunchalar tizimini, shuningdek, kо‘nikma va malakalarning aniq kо‘rsatkichi beriladi, nihoyat, о‘quvchilarga qо‘yiladigan yakuniy talablar bayon etiladi.

3.2. Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun davlat boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan davlat talablari belgilanadi.

4. Ta’limning standartlashtirish ob’ektlari


Quyidagilar ta’limning standartlashtirish ob’ektlari hisoblanadi:

4.1. Ta’lim fanlarining tuzilmasi, mazmuni, o‘quv uyushmasi hajmi, ta’lim oluvchilar va bitiruvchilarning malaka darajasi va tayyorlash sifati;

4.2. Talablar, me’yorlar va qoidalar, pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’lim usullari va vositalari, shuningdek, ta’lim tizimida foydalaniladigan atamalar, tushunchalar va kategoriyalar ;

4.3. Ta’lim oluvchilar bilim darajasiga va kasbiy malakasiga tashhis qo‘yish tartibi, bitiruvchilar sifatini, ta’lim faoliyati, pedagog va pedagog xodimlar sifatini baholash.


5. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar

Quyidagilar DTS ishlab chiqishga qo‘yiladigan asosiy talablar hisoblanadi:

5.1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturlari maqsadlari, vazifalari va qoidalari so‘zsiz amalga oshirilishiga qaratilganlik;

5.2. Ta’lim va kasb-hunar dasturlarida milliy mustaqillik, demokratiya, boy milliy madaniy an’analar, xalqning intellektual imkoniyatlari va umuminsoniy qadriyatlar tamoyillarini hisobga olish;

5.3. Ta’lim oluvchilarda chuqur bilim, mustaqil fikrlash, yuksak kasbiy malaka shakllanishini ta’minlash;

5.4. Xalqaro tajriba, texnika, texnologiyalar, fan rivojlanishi darajasi, kadrlar tayyorlashga nisbatan amaliyot tomonidan qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda ta’lim standartlarining ilmiy asoslanishi;

5.5. Ta’lim turlari va bosqichlari bo‘yicha standartlarning kelishilganligi va izchilligi, shaxsning har tomonlama rivojlanishini hisobga olgan holda, ularning mujassamlanishini ta’minlash;

5.6. O‘quv yuklamasi maqbulligiga qaratilganlik, ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga bog‘liq ravishda ta’limning tabaqalashtirish imkoniyatlarini hisobga olish;

5.7. Ta’lim oluvchilar va bitiruvchilarni tayyorlash, ta’lim faoliyatining sifatini baholash mezonlari va tartibotini belgilash;

5.8. Standartning texnologikligi-uning bajarilishini nazorat qilish va uning me’yorlari va talablari buzilishining oldini olish imkoniyati ;

5.9. Standartlarga tajribada tekshiruvdan o‘tgan ta’lim faoliyatining ilg‘or me’yorlarni kiritish;

5.10. Davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlash tizimi qoidalari talablarini qoniqtirishi kerak.


6. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish tartibi.


6.1. DTS ni ishlab chiqish tanlov shartlarida yoki ta’lim boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan e’lon qilingan innovatsiya loyihalari asosida amalga oshirilishini ;

6.2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasi DTS loyihasi ekspertiza qilinishini va eksperimental tekshirishni o‘tkazishni tashkil etadi, ularning natijalari bo‘yicha xulosani rasmiylashtiradi;

6.3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasining xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

6.4. DTS ular tasdiqlangan sanadan boshlab amalga kiritiladi va ta’lim boshqaruvi vakolatli organlari va ta’lim muassasalari ijro etishi uchun qabul qilinadi;

6.5. Tasdiqlangan DTSga muvofiq, ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalda o‘zlashtirilishini ro‘yobga chiqaradi;

6.6. Ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga bog‘liq ravishda o‘quv uyushmasini tabaqalashtirish, DTS tomonidan belgilangan me’yorlardan ortiqcha ta’lim mazmunini belgilash, ta’lim boshqaruvchi vakolatli organlari va ijro etuvchi mahalliy organlarining vakolatiga kiradi;

DTSga o‘zgartirishlar kiritish respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muvofiq ta’lim darajasi va kadrlar tayyorlashga nisbatan qo‘yiladi va talablar o‘zgarishi davomida DTSni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limini standartlashtirish tamoyillari O‘MKXT standartlarini ishlab chiqishda quyidagilarni ta’minlash zarur:

• ta’limning uzluksizligi va uzviyligi;

• mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi, fan-texnika va texnologiyalarning istiqbolli rivojlanishi, jamiyat talablari va ularning zamonaviy holatini hisobga olish;

• ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mujassamligi;

• matnlar bayonining aniqligi va yagona qiymatliligi;

• fan, texnika hamda texnologiyaning zamonaviy yutuqlariga, respublikadagi va chet ellardagi ilg‘or tajribalarga mos kelishi;

• O‘MKXT maqsad va vazifalarining amalga oshirilishi.

Standartlashtirish - Mavjud yoki bo‘lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta foydalaniladigan qoidalarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat ;

STANDART - konsensus asosida ishlab chiqilgan va faoliyatning har xil turlariga yoki ularning natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror foydalaniladigan qoidalar, umumiy prinsiplar yoki tavsiflari belgilangan va ma’lum sohada eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan, tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan hujjat ;

Kasb-hunar ta’limi standarti - me’yoriy hujjat bo‘lib, tegishli malakadagi mutaxassislar tayyorlash sifatini, kasbiy va umumta’lim tayyorgarlik darajalarini ketma-ketlikda amalga oshirishning talablari, qoidalari va tamoyillarini o‘rnatadi.

Kasb-hunar ta’limi standartlarini ishlab chiqishda quyidagi ekspertlar ishtirok etishi zarur :


• O‘MKXT instituti ilmiy xodimlari;
• O‘MKXT o‘quv muassasalari o‘qituvchilari;
• Ish beruvchilar vakillari, ishlab chiqarish (ijtimoiy hamkorlar);
O‘MKXT tarmoq standarti quyidagi komponentlardan tashkil topadi:

1) Qo‘llanish sohasi.


2) Me’yoriy ilovalar.
3) Ta’riflar.
4) Standartning maqsad va vazifalari.
5) Kasbiy tavsifnoma.
6) Kasbiy tayyorgarlik mazmunining majburiy minimumi.
7) Namunali o‘quv rejasi.
8) Standart talablarining bajarilishini nazorat qilish.
Yüklə 75,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə