O‘zbekiston respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Emitentning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi



Yüklə 99,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix08.02.2023
ölçüsü99,61 Kb.
#100393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Karta

5-bob. Emitentning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
11. Bank kartasining emitenti quyidagi huquqlarga ega:
jismoniy va yuridik shaxslarga ularning arizalari asosida o‘zaro tuziladigan shartnoma yoki
ofertani qabul qilish yo‘li bilan Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni
moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat 
qoidalariga
 (ro‘yxat raqami 2886, 2017-yil
23-may) muvofiq mijozni o‘rnatilgan tartibda identifikatsiyalagan holda bank kartalarini
foydalanishga taqdim etish;
bank kartasi orqali amalga oshirilgan debet aylanmalar uchun vositachilik haqini undirish;
shartnomada belgilangan hollarda bank kartalariga mablag‘ kirim qilinganligi uchun
vositachilik haqqi undirish.
12. Bank kartasining emitenti quyidagilarga amal qilishi shart:
bank kartasini olish uchun murojaat qilgan shaxsning arizasini ko‘rib chiqish;
bank kartasini saqlovchisini bank kartasi yo‘qolganligi va (yoki) bank kartasidan ruxsatsiz
foydalanilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani tunu kun yuborish imkoniyati bilan ta’minlash;
bank kartasi emitenti va saqlovchisi o‘rtasida tuzilgan shartnomada o‘rnatilgan tartibga
asosan bank kartasini berish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha emitent tariflarining o‘zgarganligi
hamda bank kartasini amal qilish muddatidan avval to‘xtatish to‘g‘risida bank kartasi saqlovchilarini
xabardor qilish;
karta hisobvarag‘i yopilganda, keyingi operatsiya kunidan kechiktirilmagan holda karta
hisobvarag‘ida mavjud pul mablag‘larini mijozga berish;
bank kartalari orqali o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri
amalga oshirish.
13. Bank kartasi emitenti:
bank kartasining saqlovchisidan bank kartasining yo‘qolganligi yoki undan ruxsatsiz
foydalanilganligi to‘g‘risida ariza qabul qilingandan so‘ng emitent yo‘qotilgan yoki ruxsatsiz
foydalanilgan bank kartasi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar;
qalbaki bank kartasi orqali bajarilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha javobgar hisoblanadi.
14. Emitent bank kartasi saqlovchisi oldida quyidagi holatlarda javobgar hisoblanmaydi:
agar bank kartasi saqlovchisi shartnomada belgilangan qoida va tartiblarni buzgan bo‘lsa;
bank kartasi saqlovchisi tomonidan noqonuniy harakatlar sodir qilingan holatda;
bank kartasining yo‘qolganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi fakti haqida bank
kartasining saqlovchisi tomonidan emitent xabardor qilinmaganda.
bank kartasiga bog‘lik ma’lumotlar (ShIR kod, bir martalik SMS kod va boshqalar) mijoz
tomonidan uchinchi tarafga ma’lum qilingan holatda.

Yüklə 99,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə