O‘zbekiston respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Bank kartasi bilan operatsiyalarni amalga oshirishni to‘xtatish va bank kartasini



Yüklə 99,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix08.02.2023
ölçüsü99,61 Kb.
#100393
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Karta

10-bob. Bank kartasi bilan operatsiyalarni amalga oshirishni to‘xtatish va bank kartasini
muomaladan chiqarish
38. Bank kartasi saqlovchisidan bank kartasi yo‘qolganligi yoki o‘g‘irlanganligi to‘g‘risida
xabarnoma olinganda, emitent bank kartasi orqali operatsiyalarni o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatib
qo‘yishi hamda bank kartasini muomaladan chiqarish choralarini ko‘rishi zarur.
39. To‘lov tizimi operatori to‘lov tizimi qoidalariga muvofiq ayrim emitentlar tomonidan
emissiya qilingan bank kartalari orqali operatsiyalarni o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish
to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga haqlidir.
40. Emitent quyidagi holatlarda bank kartasi orqali operatsiyalar o‘tkazishni vaqtincha
to‘xtatib qo‘yish hamda bank kartasini muomaladan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilishi
mumkin:
bank kartasi yoki uning rekvizitlaridan noqonuniy foydalanishni tasdiqlovchi holatlar
mavjudligida;
bank kartasidan foydalanish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan ishlatilganda;
bank kartalaridan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan boshqa holatlarda;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganda, bank kartasi orqali operatsiyalarni
o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish yoki bank kartasini muomaladan chiqarish to‘g‘risida qaror
qabul qilish to‘lov tizimi qoidalariga asosan belgilanadi.
41. Bank kartasi orqali operatsiyalarni o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish hamda bank
kartasini muomaladan chiqarish va bu haqda mijozga xabar berish tartibi to‘lov tizimi qoidalariga
hamda bank kartalaridan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
11-bob. Bank kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi qurilmalar hamda savdo va xizmat ko‘rsatish
subyektlarining majburiyatlari
42. Savdo va xizmat ko‘rsatish subyekti rahbari o‘z savdo va xizmat ko‘rsatish obyektiga
o‘rnatish uchun to‘lov terminallarini ajratish bo‘yicha yoki o‘zida mavjud bo‘lgan to‘lov terminallariga


dasturiy ta’minotni o‘rnatish yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka yozma yoki elektron shaklda
murojaat qiladi.
Banklar to‘lov terminalini ajratish bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘n
bank ish kuni ichida to‘lov terminallarini ajratadi. Ushbu vaqt ichida banklar to‘lov terminallarini
texnik jihatdan mijozga biriktirish ishlarini tugatishi shart.
Savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlarining o‘zlarida mavjud bo‘lgan to‘lov terminaliga dasturiy
ta’minotni o‘rnatish yuzasidan qilingan murojaatlar uch bank ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va
ularga tegishli dasturiy ta’minotlar o‘rnatiladi.
Tovarlar va xizmatlarni chakana realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi
tadbirkorlar va yuridik shaxslar to‘lov terminallarining uzluksiz ishlashini, onlayn inkassatsiya
amaliyotini har kuni qilinishini va to‘lov tizimi shartli belgisi bo‘lishini ta’minlashlari shart.
To‘lov terminali texnik yoki dasturiy nosoz holatga kelib qolganda, savdo va xizmat ko‘rsatish
subyekti rahbari bu haqda bir kundan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga va xizmat
ko‘rsatuvchi bankiga yozma yoki elektron shaklda xabar berishi shart.
Banklar uch ish kunida to‘lov terminallarini soz holatga keltirish choralarini ko‘rishlari va to‘lov
terminallari soz holatga kelgunga qadar vaqtinchalik boshqa teriminal bilan ta’minlab turishlari
shart hamda to‘lov amaliyotlarini to‘lov tizimi operatorlari tomonidan yuborilgan fayllar kliring
qilinishi bir ish kunidan kechiktirmagan holda mijozlarning hisobvarag‘iga o‘tkazilishi lozim.
Savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlari o‘zlaridagi mavjud to‘lov terminallarini boshqa
subyektlarga foydalanish uchun berishlari mumkin emas.
43. Savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlari quyidagilarga amal qilishi shart:
hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun tovar (ish, xizmat va boshqalar) narxlari asossiz
ravishda oshmaydigan narx bo‘yicha bank kartasining saqlovchisiga xizmat ko‘rsatish;
shartnoma munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lov tizimi nomi va (yoki) logotipini
ko‘rsatgan holda, bank kartasiga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida mijozlarni xabardor qilish;
tovar (ish, xizmat va boshqalar) sotuvchisi va ekvayer o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan
to‘lov tizimiga tegishli bo‘lgan barcha bank kartalariga xizmat ko‘rsatish;
bajarilayotgan operatsiyalar summasi ekvayer bilan tuzilgan shartnomada o‘rnatilgan
summadan ortiq bo‘lgan barcha holatlarda bank kartasi bo‘yicha avtorizatsiya o‘tkazish;
qonunchilik hujjatlari va ekvayer bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq bank kartasi orqali
amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha axborot taqdim etish;
bank kartasining saqlovchisi to‘g‘risida ma’lumotni uchinchi shaxslardan sir saqlash,
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
44. To‘lov tizimi subyektlari tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar va o‘z-o‘ziga xizmat qiluvchi
qurilmalarda ekvayer nomi, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi telefon raqami hamda qurilma
ulangan to‘lov tizimi logotipi bo‘lishi lozim.
Bankomat texnik nosozlik sababli bank kartasini qaytarib bermaganda, bank kartasi
saqlovchisi tomonidan ekvayerga og‘zaki yoki yozma murojaat qilinadi. Murojaat bank operatsiya
kuni davomida kelib tushsa shu kunning o‘zida, operatsiya kuni tugaganda kelib tushgan taqdirda
keyingi bank operatsiya kunidan kechikmagan holda mijozga bank kartasi qaytarib berilishi zarur.
Bank kartasi ShIR-kod noto‘g‘ri kiritilishi natijasida bankomat tomonidan qaytarib
berilmaganda, bank kartasi ekvayer tomonidan bank kartasi saqlovchisi identifikatsiya qilingan
holda bank kartasi saqlovchisining murojaati kelib tushgan kundan keyingi bank ish kunidan
kechiktirmasdan qaytarib beriladi.
Banklar tomonidan o‘rnatilgan bankomatlarning ish faoliyati va naqd pul bilan
ta’minlanganligi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi hamda bankomatlarning joylashuvi va ishchi
holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankning veb-sayti va/yoki mobil ilovalarida ko‘rsatilgan bo‘lishi
lozim.

Yüklə 99,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə