O‘zbekiston respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Bank kartasi saqlovchilarining huquqlarini himoya qilish



Yüklə 99,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix08.02.2023
ölçüsü99,61 Kb.
#100393
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Karta

12-bob. Bank kartasi saqlovchilarining huquqlarini himoya qilish
45. Bank kartasi emitenti bank kartasi hisobvarag‘i egasiga bank kartasidan foydalanmagan
holda bank kartasi hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini ta’minlashi


zarur.
46. Bank kartasining saqlovchisi, uning bank kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalari
hamda bank kartalarining o‘zi haqidagi ma’lumot — bank siri ma’lumotlari bo‘lib hisoblanadi va
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilishi mumkin.
13-bob. Ekvayerning huquq va majburiyatlari va savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlari oldidagi
javobgarlik chegarasi
47. Ekvayer quyidagi huquqlarga ega:
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki
nazorat qoidalariga (ro‘yxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) muvofiq bank kartasining saqlovchisidan
uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishini talab qilish;
naqd pul berish operatsiyasini amalga oshirishda bank kartasi hisobvarag‘idan bankning
xizmat haqini undirish;
savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlari bilan hisob-kitob operatsiyalarini o‘tkazish uchun
shartnomada ko‘zda tutilgan vositachilik haqini bevosita hisobvaraqlarga kelib tushadigan summa
hisobidan ushlab qolish.
48. Ekvayer quyidagilarga amal qilishi shart:
naqd pul berish operatsiyasini amalga oshirishda ekvayer tariflari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi
axborotni bank karta saqlovchilariga yetkazish;
savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlari bank kartalari orqali amalga oshirgan operatsiyalari
bo‘yicha hisob-kitoblarning o‘z vaqtida bajarilishini va uning to‘g‘riligini ta’minlash;
o‘zi ishtirokchi bo‘lgan to‘lov tizimining barcha bank kartalariga xizmat ko‘rsatish;
savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlarini tuzilgan shartnomada belgilangan shartlar asosida
bank kartalari egalariga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan qurilmalar va ma’lumotlar bilan
ta’minlash;
bank kartalari orqali o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlari
bilan o‘zaro hisob-kitoblarni vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash.
49. Ekvayer tovar (ish, xizmat va boshqalar) sotuvchisi oldida bank kartasi orqali hisob-
kitoblarni amalga oshirish bo‘yicha quyidagi hollarda javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi:
tovar (ish, xizmat va boshqalar) sotuvchisi bank kartalari orqali operatsiyalarni amalga
oshirishda tuzilgan shartnomalarda o‘rnatilgan qoida va tartibni buzganda;
tovar (ish, xizmat va boshqalar) sotuvchisi tomonidan o‘tkazilgan to‘lov operatsiyasi to‘g‘risida
hujjat yoki axborotlar mavjud bo‘lmaganda;
tovar (ish, xizmat va boshqalar) sotuvchisi tomonidan noqonuniy harakatlar amalga
oshirilganda.

Yüklə 99,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə