O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent


Dinning tuzilishi va funksiyalari



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/69
tarix19.09.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#122603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
dinshunoslik

Dinning tuzilishi va funksiyalari 
Din – o‘ta murakkab ijtimoiy hodisa. U o‘ziga xos tarkibga ega bo‘lib, 
kishilik jamiyatining uzoq davom etgan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti 
hosilasidir. Din kishilarning g‘ayritabiiy kuchlarning mavjudligiga 
ishonishdan yuzaga kelgan. Zero, «din» so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, 
o‘zbek tilida «ishonch», «ishonmoq» degan ma’nolarni anglatadi. 
Hozirgi zamon dinlari murakkab tarkibiy qismga ega. Uning tarkibiy 
qismiga diniy ong, marosim va tashkilotlar kiradi. 
Diniy ong diniy dunyoqarash tarkibida muhim o‘rin tutadi. Diniy ong 
diniy tasavvurlar, g‘oyalar, his-tuyg‘u va kayfiyatlarni ifodalaydigan 
qarashlar tizimidir. Dinni tarkibiy qisimlari qatorida diniy ong ustuvor 
ahamiyatga ega, chunki diniy marosim va diniy tashkilot kishilar ongida 
va jamiyatda diniy tasavvurlarni mustahkamlaydi va saqlanib qolishiga 
ko‘maklashadi. 
Diniy ongning o‘zaro bog‘liq va nisbatan mustaqil bo‘lgan ikki 
darajasi yoki bosqichi mavjud. Bular diniy psixologiya va diniy 
ideologiyadir. Diniy psixologiya – kishilarning diniy his-tuyg‘ulari, 
odatlari, an’analari va kayfiyatlari majmui. Diniy ideologiya esa diniy 
tashkilotlar orqali malakali diniy shaxslar targ‘ib etadigan turli diniy 
g‘oyalarning muayyan tizimidir. 
12


Diniy psixologiya va diniy ideologiya o‘rtasida muayyan darajadagi 
umumiylik mavjud. Bu umumiylik voqelikni sarobiy aks ettirishda, 
g‘ayritabiiy kuchlarga sig‘inishda namoyon bo‘ladi. 
Tarixan diniy psixologiya diniy ideologiyaga nisbatan oldin paydo 
bo‘lgan. Kishi ruhiyati barqaror voqelik emas, chunki ijtimoiy jarayonlar 
ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin. Shuningdek, amaliyot bilan diniy 
ideologiyaga nisbatan yaqindan aloqada bo‘ladi. U kishilarning tabiat 
kuchlaridan qo‘rqishlari, ular oldida taslim bo‘lishlari va ularni 
ilohiylashtirishlari natijasida shakllanadi. Diniy ideologiya esa jamiyatda 
mehnat taqsimoti, sinflar va davlatning vujudga kelishi bilan bog‘liq. 
Diniy psixologiya taraqqiy etgan sayin diniy tasavvurlar ham 
takomillashib boradi. Diniy tasavvurlardan diniy g‘oyalar shakllangan. 
Oqibatda qadimgi diniy e’tiqod shakllari – sehrgarlik, animizm, fetishizm, 
shomonlik va boshqalar kelib chiqqan. 
Diniy ideologiya diniy psixologiyadan farq qiladi. Zero, u muayyan 
tushuncha va qarashlarning tartibli tizimidir. Diniy ideologiya insoniyat 
taraqqiyotining nisbatan yuqori bosqichlarida yuzaga keladi. Uni 
ruhoniylar, kohinlar, dinni o‘rganuvchi faylasuflar ishlab chiqadilar va 
targ‘ib qiladilar. 
Diniy ideologiya ayrim manbalarda teologiya deb yuritiladi. 
Teologiyaning asosini odatda diniy ideologiyaning muntazam va muayyan 
tizimli ko‘rinishi bo‘lmish muqaddas kitoblar (Tavrot, Zabur, Injil, Qur’on 
kabilar) tashkil qiladi. Diniy ideologiya quyidagi tarkibiy qismlarga 
bo‘linadi: 
1) dogmatika (grekcha 
dogmatos
– fikr, ta’limot, yechim degan 
ma’nolarni anglatadi) diniy ta’limotning barqaror, kam o‘zgaruvchan 
qoidalari tizimi; 
2) apologetika (grekcha 
apologeomai
– himoya qilaman degan ma’no-
ni anglatadi) ilohiyot sohasi va diniy ta’limotni insoniyat tafakkuri hamda 
tajribasiga asoslanib himoya qilish; 
3) ilohiyot va axloqning o‘zaro aloqadorligi (din axloq qoidalariga 
ilohiy mazmun beradi); 
4) amaliy ilohiyot – cherkov va machitlarning faoliyati va xudoga 
sig‘inish tartiblarini ishlab chiqish. 
Dinning tarkibiy qismlari qatorida diniy ong bilan birga diniy marosim 
ham ahamiyatga ega. Biz dinni g‘ayritabiiy kuchlarning mavjudligiga 
13


ishonch yoki kishilarning o‘zaro munosabati va harakatlari sifatida ham 
baholashimiz mumkin. Bunday munosabatlar diniy marosim deb ataladi. 
Diniy marosim individ, guruh yoki tabaqalarning manfaatlari, g‘oyalari 
va orzu-istaklarini ifodalaydigan munosabatlar va harakatlar tizimidir. Diniy 
g‘oyalar, qarashlar, his-tuyg‘ular va harakatlar tizimi diniy ta’limotni 
vujudga keltiradi. Dindorlar diniy marosim orqali muloqotning boshqa 
vositalari samara bermaydigan vazifalarni bajaradilar. Unda harakat yoki 
munosabat muayyan sirli mazmunni ifodalaydi. Har bir harakat yoki o‘qilgan 
duo ramziy mazmun kasb etadi. Inson va sig‘inish obyekti o‘rtasida 
g‘ayritabiiy aloqa mavjudligiga ishonch mustahkamlanadi. Kishi diniy 
marosimlarni bajarish bilan g‘ayritabiiy kuchni o‘z ittifoqchisi va 
madadkoriga aylantirishga umid qiladi. 
Qadimda diniy marosimning keng tarqalgan turi qurbonlik bo‘lgan. 
Qurbonlik turli (oziq-ovqatlarning bir qismini ajratish, hayvonlar so‘yish 
kabi) usullarda amalga oshirilgan. 
Qurbonlik negizida boshqa diniy marosimlar yuzaga kelgan. Jumladan, 
diniy marosimning eng rivojlangan shakllaridan biri sig‘inish ham qurbonlik 
asosida shakllandi. Qurbonlik diniy marosimini bajarish jarayonida 
g‘ayritabiiy kuchga sig‘inish yuzaga kelgan va keyinchalik undan ajralib 
chiqqan. Sig‘inish dindorning so‘z vositasida real yoki uydirma obyektga 
ta’sir qilishga qaratilgan duolari, ramziy xatti-harakatlari majmuasidir. 
Kishining qanday his-tuyg‘ularni ifodalashiga qarab, uni olqishlovchi, 
minnatdorlikni ifodalovchi, gunohlarning kechirilishini so‘rashga 
yo‘naltirilgan va boshqa turlarga bo‘lish mumkin. 
Sig‘inish turli xatti-harakatlar, xulq-atvorlar bilan birga moddiy 
hodisalarni ham o‘z ichiga oladi. Sig‘inishning muhim xususiyati hissiy-
ramziy obrazlarda ifodalanishidir. Sig‘inish tarkibiga turli udumlar, 
an’analar, qurbonliklar, duolar, o‘zini hayot ne’matlaridan cheklash 
(jumladan, ro‘za tutish) kabilar kiradi. Sig‘inish u yoki bu predmetni 
ilohiylashtirish (masalan, Ka’badagi qora tosh, ayrim daraxtlar, muqaddas 
qabrlar, qadamjolar) vositasida amalga oshiriladi. Sig‘inishda turli tumorlar, 
tasbeh, diniy liboslar ham muhim o‘rin tutadi. Bularning barchasi birgalikda 
sig‘inishga hissiy-ramziy obraz tusini beradi va kishining ruhiyatiga qattiq 
ta’sir qiladi. Sig‘inishning alohida ahamiyati shundaki, kishi o‘z hayotining 
ma’nosini eng oliy qadriyat – narigi dunyoda erishadigan lazzat va fa-
14


rovonlik bilan bog‘laydi, bu dunyodagi hayotining o‘tkinchi ekanligiga, 
o‘zining qandaydir tashqi qudratli kuch tomonidan idora etilishiga ishonadi. 
Shveysariyalik olim K. G. Yungning fikricha, diniy ramz (simvol)lar 
inson hayotiga ma’no bag‘ishlaydi.
Uning ta’kidlashicha, Amerikadagi 
pueblo qabilasining hindulari o‘zlarini Quyosh ota farzandlari deb 
hisoblashadi. Bu narsa ularga umid bag‘ishlaydi, tasalli beradi, hayotini 
muayyan mazmun va ma’no bilan to‘ldiradi
1

Umid kishiga kuch-quvvat bag‘ishlaydi va insonni nochor real 
hayotidan tashqari kelajakda kutayotgan rohatbaxsh daqiqalar sari xayolan 
yetaklaydi. G‘ayritabiiy kuchga ishonish kishining kundalik azob-
uqubatlarni o‘tkinchi bir narsa deb qarashiga, hatto o‘limdan ham 
qo‘rqmasligiga yordam beradi. Chunki taqvodor kishi kelajakda farovon 
hayotga erishishiga ishonadi. Dinning kuchi ham ana shunda. Kishining 
xudoga ishonishi bu dunyoni o‘tkinchi sifatida anglashiga ko‘maklashadi, 
narigi dunyodagi «hayoti»ga umid va ishonch bag‘ishlaydi. Bunday 
holatni mustahkamlash uchun din turli-tuman ramziy hodisalardan 
foydalanadi. 
Diniy marosimlar ongga ta’sir qiladi. Bu ta’sir jarayonida u nafaqat 
axloqiy-ma’naviy, balki estetik vositalardan ham foydalanadi. Masalan, 
diniy marosimlar o‘tkaziladigan joylar – masjid, cherkov, sinagogalarni 
bezashga katta e’tibor beriladi. Bunday joylarda bo‘lgan kishining 
ruhiyatida o‘zgarishlar yuz beradi. Buni xristianlikning katolitsizm 
yo‘nalishi misolida ham ko‘rsatish mumkin. Cherkovning ichki va tashqi 
qismlari rassomchilik, haykaltaroshlik asarlari bilan bezatiladi, 
marosimlarga tantanali tus beriladi, xor va organ musiqasidan 
foydalaniladi. Dindor cherkovdan o‘zini yengil his qilib chiqadi, diniy 
bilimi kengayadi, e’tiqodi mustahkamlanadi. 
Islom dinida ham badiiy-hissiy usullardan ustalik bilan foydalaniladi. 
Masalan, Qur’onni yoki biror-bir duoni qiroat bilan o‘qish, og‘zaki nutq 
madaniyati, notiqlik san’ati usullaridan foydalanish yordamida bajariladi. 
Ta’kidlash joizki, aksariyat din peshvolari va allomalar nutqining 
ta’sirchanligi hatto ba’zi mashhur professorlarnikidan ham ustun turadi. 
Din tarkibida e’tiqod ham muhim o‘rin egallaydi. 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə