O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/69
tarix19.09.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#122603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
dinshunoslik

vazifalari
quyidagilardan iborat: 
10


– din va diniy e’tiqod haqida ilmiy, dunyoviy tasavvur hosil qilishga 
yordam berish; 
– dinning inson hayotida tutgan o‘rni va mavqei haqida to‘g‘ri tu-
shunchani shakllantirish; 
– kishi ma’naviyatida ma’naviy bo‘shliq (vakuum) yuzaga kelishiga 
yo‘l qo‘ymaslik, turli g‘ayritabiiy va g‘ayriinsoniy diniy qarashlar 
shakllanishining oldini olish. 
Bundan tashqari, diniy e’tiqod tarkibida mavjud insonparvarlik, 
mehr-shafqat va imonlilik kabi qadriyatlarga janggarilik, shafqatsizlik, 
qonxo‘rlik da’vatlarining butunlay yot ekanligi dinshunoslik orqali 
oydinlashadi, diniy jaholatning ma’rifat orqali bartaraf etilishiga, dinning 
haqiqiy mavqei tiklanishiga erishiladi. Dinshunoslik, diniy e’tiqodning, 
qaysi shaklda bo‘lmasin, ezgulik, odamiylik va adolat g‘oyalariga 
bo‘ysunganligini isbotlashga ko‘maklashadi, dinlar o‘rtasida mazkur 
g‘oyalar asosida ma’naviy yakdillik va hamjihatlik aloqalari mavjudligini 
isbotlashga xizmat qiladi. 
Dinshunoslikning vazifalari o‘zaro aloqador bo‘lib, ularni amalga 
oshirishda boshqa fanlar bilan hamkorlik qilish talab qilinadi. Masalan, 
falsafa kishilarning dunyoqarashi, dunyoga munosabati masalalari, ularni 
o‘rganish usullari, dinning jamiyatdagi ma’naviy, ijtimoiy, ruhiy ildizlarini 
o‘rganadi. Dinshunoslik dinni o‘rganishda falsafiy qonuniyatlar, masalaga 
yondashish usullari, dunyoqarash muammolari kabilarga tayanishi mumkin. 
Huquqshunoslik dinning konstitutsiyaviy mavqei, huquqqa ta’siri, 
vijdon erkinligi, so‘z erkinligi kabilarga bog‘liqligi masalalarini o‘rganadi. 
O‘zbekiston tarixi fani dinning qadimgi zamonlardan hozirgi davrga 
qadar jamiyat hayotidagi ahamiyatini, uning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy 
hayotga ta’siri jarayonlarini o‘rganadi. Tarixda bu jarayonlarning barcha 
jabhalarida dinning o‘rni va o‘ziga xos ta’siri bo‘lgan. Dinshunoslik tarixiy 
davrlarda dinning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va ahamiyatini o‘rganishda 
tarix fani ma’lumotlariga tayanadi. 
Dinshunoslik boshqa ijtimoiy fanlardan farq qiluvchi xususiyatlarga 
ega. Ular quyidagilardan iborat: 
– dinshunoslik dinni ijtimoiy-ruhiy voqelik sifatida kompleks tarzda, 
boshqa ijtimoiy fanlar esa dinni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganadi. 
Jumladan, huquqshunoslik dinning huquq bilan bog‘liq jihatlarini, falsafa 
diniy dunyoqarashni, ruhshunoslik (psixologiya) diniy hissiyot va 
kechinmalarni, dinshunoslik esa dinning barcha jiatlarini bir-biriga bog‘liq 
holda o‘rganadi; 
11


– dinshunoslik dinni o‘rganishga ilmiy jihatdan xolisona yonda-
shuvga asoslanadi. Masalan, ilohiyot xudo va diniy qadriyatlarni 
himoyalab, ularning ustuvor qadriyat ekanligini isbotlashga harakat qilsa, 
ateizm dinning insoniyat uchun zararli ekanligini isbotlashga intiladi. 
Ammo ikkala yondashuv ham ilmiy yondashuvga ziddir. 
Dinshunoslik fanini o‘rganish ichki ishlar organlari xodimlari uchun 
ham katta ahamiyatga ega. Bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Birin-
chidan, dinshunoslik ichki ishlar organlari xodimlarining din to‘g‘risidagi 
bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishga yordam beradi, muammoga 
mustaqil munosabatni vujudga keltiradi. Ikkinchidan, bu fan ichki ishlar 
organlari xodimlarining fuqarolar bilan muomalada, ularning diniy 
tuyg‘usi, qadriyatlarini hurmat qilish va o‘zaro ishonchga asoslangan 
munosabatlarni o‘rnatishlariga ko‘maklashadi. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, din murakkab, ko‘p tarmoqli ij-
timoiy ong shaklidir. Shuning uchun ijtimoiy fanlar dinni o‘rganishga 
doimo jiddiy e’tibor beradilar. Dinshunoslik dinni o‘rganishda boshqa 
fanlarning yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy munosabatlarning yanada 
rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda. 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə