O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov


Insonlarning bir-birlarini tushunish va



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/66
tarix30.04.2022
ölçüsü325,56 Kb.
#86302
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

2. Insonlarning bir-birlarini tushunish va 
idrok etish mexanizmlari 
Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida muloqot orqali xo-
dim o‘z xizmat burchini bajaradi, qonun asosida muloqot tartibga soli-
nadi. Muloqotning vositalari huquqni muhofaza qilish organlari 
faoliyatida nafaqat «til», shuningdek yuqorida aytib o‘tganimizdek, 
imo-ishora, eng asosiysi muloqot davomida shaxsning yuzidagi 
o‘zgarishlar ham muhim hisoblanadi. Huquqni muhofaza qilish organi 
xodimlarining muloqoti xizmat faoliyati davomida quyidagi xusu-
siyatlarni o‘z ichiga oladi. 
Til 
so‘z belgilari tizimi bo‘lib, u psixik faoliyatni ifodalovchi, shu 
bilan birga, nutqda foydalaniladigan aloqa vositasidir. Biroq nutqning 
buzilishi muloqot jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bosh miya qo-
big‘ining ayrim qismlari zararlanishi natijasida nutqning izdan chiqi-
shidan iborat psixopatologik nuqson 
afaziya 
deyiladi. Nutqning buzi-
lishi insonning yozma nutqiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nutqdagi 
turli buzilishlar natijasida yozuvning izdan chiqishi 
agrafiya 
deyiladi. 
Agrafiya holatida odam yozish qobiliyatini butunlay yo‘qotadi 
yoki so‘zlardagi harflarni tushirib qoldiradi, harflarni bir-biriga qo‘sha 
olmaydi. Agrafiya katta odamlarda bosh miya po‘stlog‘i faoliyatining 
buzilishi natijasida ro‘y bersa, bolalarda u duduqlik natijasida kelib 
chiqadi. 
Muloqot aniq ijtimoiy munosabatlar tizimi orqali belgilanadi. U 
ijtimoiy axloq normalari asosida tartibga solinadi. Individ hayotida 
muloqotning vazifalari turlicha. Shu boisdan, muloqotning quyidagi 
vazifalarini ko‘rsatishimiz mumkin. 
Muloqotning psixologik vazifalari: 
– informatsion; 
– regulyativ; 
– signal; 
– nazorat; 
– tarbiya. 
Informatsion 
vazifa axborotni qabul qilish va uni tarqatishdir. 
Regulyativ 
vazifa muloqotni tartibga solish va boshqalar bilan 
to‘g‘ri munosabatni tashkil qilishdan iborat. 
 
129


 
Signal 
vazifasining ko‘magida biz bo‘lib o‘tayotgan katta aha-
miyatga ega voqealar, hodisalar haqidagi signalni qabul qilamiz va 
uzatamiz. 
Nazorat 
vazifasi ko‘magida axborotni qabul qilish va tarqatish 
jarayoni nazorat qilinadi. 
Tarbiya 
qilish vazifasi muloqot orqali shaxsni shakllantirish jara-
yoni bo‘lib, nihoyat darajada muhim omil hisoblanadi. 
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining muloqotidagi 
psixologik xususiyatlar: 
1) muloqotning kasbiy yo‘nalganligi; 
2) muloqotning huquqiy jihatdan tartibga solinishi; 
3) muloqotning majburiyligi; 
4) muloqot maxsus obyektining mavjudligi
5) muloqotda psixologik to‘siqlarning mavjudligi; 
6) jinoyatchilarning maxsus tili va tatuirovkalarning ahamiyati 
hamda xususiyatlarini bilish zarurligi. 
Ichki ishlar organlari xodimining faoliyatida bo‘ladigan muloqot-
ning muhim xususiyatlaridan biri uning kasbiy yo‘nalganligidir. Zero-
ki, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari jinoyat qilgan 
shaxslarni, guvohlar va jabrlanuvchilarni aniqlash maqsadida boshqa 
shaxslar bilan muloqotda bo‘ladilar. Organ xodimlari haqiqatni ochib 
tashlashga harakat qilsalar, aksincha, jinoyatchilar jinoyatni yashirish-
ga, yolg‘on ma’lumot berishga, jinoiy javobgarlikdan qutulishga hara-
kat qilishadi. 
Tergovchi protsessual qonunlarning normalari asosida harakat qi-
ladi. Shaxsga nisbatan bo‘lgan salbiy munosabatiga qaramasdan, xo-
dim muloqot qilishga majbur. 
Muloqotning uzoq davom etishida ziddiyatli holatlar tez-tez uch-
rab turadi. Har qanday muloqotning biron-bir maqsadi bo‘ladi. Mulo-
qotga kirishgan har bir shaxs, uning yakuniy holatiga qarab turlicha 
xulosa chiqarishi mumkin. Huquqni muhofaza qilish organlari xodi-
mida muloqotga kirishish, jinoyat sodir bo‘lgandan so‘ng boshlanadi.  
Muloqot jarayonida obyektning maxsus tomonlarining borligi 
ham muhim hisoblanadi. Shuni aytish joizki, ko‘p hollarda bunday 
shaxslar jamiyatdagi axloqsiz, odobsiz va vijdonsiz kishilardir. Mu-
loqot jarayonida har xil psixologik to‘siqlar mavjud. Ko‘proq ular 
sun’iy ravishda vujudga keladi. 
 
130


 
Muloqot jarayonida quyidagi psixologik to‘siqlar mavjud: 
1) motivatsion to‘siqlar; 
2) aqliy (intellektual) to‘siqlar; 
3) emotsional to‘siqlar; 
4) tarbiyaviy jarayondagi to‘siqlar. 
Motivatsion to‘siqlar 
shaxslarning muloqotga kirishishdan bosh 
tortishi, muomalani to‘g‘ri, aniq ko‘rinishda olib borilishini xohlamas-
ligi jarayonida namoyon bo‘ladi.  
Aqliy to‘siqlar 
shaxsning xodimga nisbatan bilim doirasining 
kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va huquqiy savodxonligi 
mazmunan boy bo‘lgan taqdirda yuzaga keladi. 
Emotsional to‘siqlar 
muloqotga kirishuvchilarning psixologik va 
emotsional-irodaviy holatlaridan kelib chiqadi (agressivlik, qo‘rquv, 
asabiylashish, xo‘rlanish va boshqalar). 
Tarbiyaviy jarayonlardagi to‘siqlar 
huquqni muhofaza qilish or-
ganlari xodimlari «tarbiyasi qiyin» o‘smirlar, nosog‘lom oilalar va 
muqaddam sudlangan shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlar olib 
borayotgan vaqtda uchraydi. 

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə