O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə202/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

Metrologiya sohasida «O‘zstandart» agentligi vakolatiga: metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish,
metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvo- fiqlashtirish;
milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llab- quvvatlash hamda ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’min- lash qoidalarini belgilash;
o‘lchov vositalari, usullari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash;
davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish; metrologiya masalalari bo‘yicha normativ hujjatlarni, shu
jumladan davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatlarni qabul qilish;
metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
metrologiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish;
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro o‘lchov tizimi va boshqa mamlakatlarning o‘lchovlar tizimi bilan uyg‘unlashuvini ta’minlashga doir chora- tadbirlarni amalga oshirish kiradi.
Mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati beradi, tayyorlovchi ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega bo‘ladi.
Sertifikatlashtirish tizimida foydalaniladigan muvofiqlik sertifi- katlarining, akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohno- malarning namunalari, milliy muvofiqlik belgisining shakllari va hajmlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari, sertifikatlash- tirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari «O‘zstandart» agentligi tomonidan belgilangan tartibda Davlat reyestridan o‘tkazilishi shart.
Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan muvofiqlik sertifi- katlari, muvofiqlik belgilari, sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari haqiqiy emas.
Muvofiqlik sertifikatidan, muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini hamda sertifikatlashtirish organlari va sinov laborato- riyalarining (markazlarining) akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarini arizachi boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga berishi man etiladi.
Quyidagilar «O‘zstandart» agentligining asosiy vazifalari hi- soblanadi:
«Standartlashtirish to‘g‘risida», «Metrologiya to‘g‘risida»,
«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi O‘z- bekiston Respublikasining qonunlari amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini qo‘llash;
standartlashtirish, o‘lchovlar yagonaligi, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko‘rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalar- dagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni,
shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo tizimlar va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirilishini ta’min- lash;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, o‘lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.
«O‘zstandart» agentligi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
«Standartlashtirish to‘g‘risida», «Metrologiya to‘g‘risida»,
«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi O‘z- bekiston Respublikasining qonunlari hamda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarning amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash borasida:
davlat, tarmoq, ma’muriy-hududiy standartlarni va ularga o‘zgartirishlarni, korxonalarning mahsulotlarga bo‘lgan texnik shartlarini, standartlarini va ularga o‘zgartirishlarni, standart- lashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo‘yicha amal qiladigan hujjatlarni, shuningdek norma va qoidalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
bir turdagi mahsulotlar uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha tarmoq tuzilmalarini tashkil etishga ko‘mak- lashadi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni ta’minlaydi;
sertifikatlashtirish va yuklash-tushirishdan oldin inspeksiya o‘tkazish sohasidagi yuridik shaxslarni belgilangan tartibda akkreditatsiya qiladi, yuridik va jismoniy shaxslarning sinov, o‘lchov, tahliliy, kalibrlash va tekshirish laboratoriyalarini attestatsiyadan o‘tkazadi va akkreditatsiya qiladi;
o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ijaraga berish bo‘yicha faoliyatni belgilangan tartibda litsenziyalaydi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi, shuningdek litsenziyalar reyestrini yuritadi;
xalqaro va davlatlararo ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiradi. Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini
amalga oshirish borasida:
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditat- siya qilish va mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga o‘z vakolatlari doirasida rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiq- lashtiradi;
yangi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivoj- lantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni, konsepsiyalarni, istiqbolli dasturlarni ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasining milliy etalon bazasini shakl- lantiradi va rivojlantiradi, milliy etalonlarni xalqaro etalonlar bilan solishtiradi.
Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko‘rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy- texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlash borasida:
respublikada ishlab chiqariladigan va import bo‘yicha olib kelinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish, chet mamla- katlarning sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlari natijalarini e’tirof etish ishlarini tashkil etadi;
o‘z vakolatlari doirasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akrreditatsiya qilish sohasida normativ huj- jatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ro‘yxatdan o‘tkazadi;
shtrixli kodlashtirishni joriy etish siyosatini amalga oshiradi va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarning Davlat reyestrini yuritadi.
«O‘zstandart» agentligi tizimiga quyidagilar kiradi: hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari;
Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda uning hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari:
Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi;
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti;
Milliy etalonlar markazi; Shtrixli kodlashtirish markazi; Axborot-ma’lumotlar markazi.
Hududiy boshqarmalar ikki tomonlama bo‘ysunadilar hamda Agentlikka va tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga hisob beradilar.
«O‘zstandart» agentligini maqomiga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladigan Bosh direktor boshqaradi.
Bosh direktor o‘rinbosarlari maqomiga ko‘ra vazir o‘rinbosar- lariga tenglashtiriladi.
«O‘zstandart» agentligining Bosh direktori va uning o‘rinbo- sarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Bosh direktor va o‘rinbosarlari ayni vaqtda lavozimiga ko‘ra tegishli ravishda Standartlar va o‘lchovlarning yagonaligi ta’min- lanishini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat bosh inspektori va davlat bosh inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadilar.
«O‘zstandart» agentligida tarkibida Bosh direktor, uning o‘rin- bosarlari (lavozimiga ko‘ra) va «O‘zstandart» agentligining boshqa xodimlaridan iborat tarkibi 7 kishi bo‘lgan hay’at tuziladi.
Hay’atning shaxsiy tarkibi Bosh direktor taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Gidrometeorologiya sohasini boshqarish. Gidrometeorologiya sohasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markaziga yuklatilgan.
«O‘zgidromet» markazi O‘zbekiston Respublikasida gidrome- teorologiya sohasidagi vazifalarni hal etish uchun maxsus vakil
qilingan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Markaz to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004- yil 14-aprel qarori bilan tasdiqlangan.
«O‘zgidromet» markazi tizimiga gidrometeorologiya bo‘yicha hududiy boshqarmalar, Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, Toshkent gidrometeorologiya kolleji, «O‘zgidrometpribor» ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi kiradi.
«O‘zgidromet» markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respubli- kasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respub- likasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyish- lariga, gidrometeorologiya sohasidagi xalqaro shartnomalarga hamda o‘zining nizomiga amal qiladi.
Quyidagilar «O‘zgidromet» markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
gidrometeorologiya kuzatishlari davlat tizimini, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari, aholisi va Qurolli Kuchlarini gidro- meteorologik ta’minlashni rivojlantirish va takomillashtirish;
respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarini, korxonalar, muassasalar va fuqarolarni amaldagi va kutilayotgan gidrome- teorologiya shart-sharoitlari va iqlimning o‘zgarishi, tabiiy muhit- ning ifloslanishi darajasi to‘g‘risidagi axborot, xavfli va ofat keltiruvchi gidrometeorologiya hodisalari paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlash;
ma’lumotlarning davlat gidrometeorologiya fondini va atrof tabiiy muhit ifloslanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning davlat fondini shakllantirish va yuritish;
«Yuza suvlar» bo‘limi bo‘yicha suvlarning davlat hisobini belgi- langan tartibda yuritish, davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritish bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish, yo‘naltirish va birlashtirish;
qishloq xo‘jalik ekinlari va yaylov o‘simliklarining holati, ofat keltiruvchi gidrometeorologiya hodisalari paydo bo‘lishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yuza suvlarning ifloslanishi ustidan muntazam kuzatuvlarni tashkil etish va olib borish;
gidrometeorologiya tavsiflari uchun kuzatishlar olib borish, ob-havoni, daryolarning suvliligini, iqlimning o‘zgarishini qisqa va uzoq muddatli prognozlashtirishni yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish.
«O‘zgidromet» markaziga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Bosh direktor boshchilik qiladi.
Bosh direktor uch nafar o‘rinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
«O‘zgidromet» markazi Bosh direktorining o‘rinbosarlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
«O‘zgidromet» markazi Bosh direktori maqomiga ko‘ra vazirga, Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari - vazirning birinchi o‘rinbosariga, Bosh direktorning o‘rinbosarlari - vazirning o‘rin- bosarlariga tenglashtiriladi.
Insonhuquqlarivaerkinliklarinimuhofazaqilish sohasini bosh- qarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazini tuzish to‘g‘- risida»gi 1996-yil 31-dekabr farmoniga asosan, inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirchan vositasini barpo etish, xalqaro huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan ham- korlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va barcha aholining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maq- sadida, BMTning inson huquqlari va boshqaruv tizimini demok- ratiyalash, qo‘llab-quvvatlash dasturlariga muvofiq Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi davlatga qarashli, tahlil, maslahat, idoralararo va muvofiqlashtirish organi hisoblanadi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining asosiy vazifalari quyidagilar:

  • milliy harakat rejasini, shuningdek, Konstitutsiya, qonun- lar va inson huquqlari sohasidagi umum e’tirof etilgan xalqaro huquq normalari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish;

  • inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish;

O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tayyorlash;

  • davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha jamoat birlashmalariga maslahatlar berish;

  • davlat organlarining inson huquqlarini rag‘batlantirish va muhofaza qilish sohasida tahsil berish, targ‘ibot, o‘quv-uslubiy adabiyotlarni nashr etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlarning axborot bazasini barpo etish;

  • davlat organlarining inson huquqlariga rioya etish va bu huquqlarni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ularga tavsiyalar tayyorlash;

  • inson huquqlarini rag‘batlantirish va muhofaza qilishning turli jihatlari yuzasidan tadqiqotlar uyushtirish va o‘tkazish.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi yuridik shaxs bo‘lib, unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tayinlanadigan direktor boshchilik qiladi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining o‘rinbosari bu lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining faoliyati moliyaviy jihatdan respublika budjetidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini saqlab turish uchun ajratilgan xarajatlardan, shuningdek, turli xayriya badallari hisobidan ta’minlanadi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasining materiallari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari va yo‘riqnomalari yuborilishi shart bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga o‘zbek, rus va ingliz tillarida «O‘zbekistonda
demokratiyalash va inson huquqlari» maxsus jurnalini nashr etishga ruxsat berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining so‘roviga muvofiq respublikada inson huquqlarini rag‘batlantirish, amalga oshirish va muhofaza qilish masalalari bo‘yicha zarur axborotni taqdim etishlari kerak.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Davlat teleradiokompaniyasi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga xalqaro aloqalarni amalga oshirish, xorijdagi turdosh tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatish, xalqaro tashkilotlar bilan inson huquqlari sohasida bitimlar tuzishda yordam ko‘rsatadilar.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə