O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə22/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

Ijro etuvchi organlar vakolatining xususiyatiga ko‘ra: umumiy; maxsus; sohaviy; sohalararo vakolatli organlarga bo‘linadi. Umumiy vakolatli ijro etuvchi organlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar

Kengashi, hokimliklarni kiritish mumkin. Ushbu davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida barcha sohalarga taalluqli qarorlar qabul qilishi mumkin.
Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlariga davlat inspek- siyalari (parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat don inspeksiyasi va b.) va boshqa maxsus davlat organlari kiradi.
Sohaviy ijro etuvchi organlarning vakolatlar doirasi ularning aniq davlat-boshqaruv faoliyati sohasida belgilab qo‘yilgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9- dekabrdagi «Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoniga asosan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa markaziy davlat boshqaruv organlari tasdiqlangan. Ushbu organlarning aksariyati muayyan sohada faoliyat olib boradi.
Sohalararo vakolatli ijro etuvchi organlar davlat organlarining alohida faoliyat yo‘nalishlarida muvofiqlashtirish funksiyasini bajaradi. Masalan, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi aloqa, axborotlashtirish va radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi vazifalarni hal qilish va davlat siyosatini o‘tkazish uchun vakolat berilgan muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi hisoblanadi.

  1. Ijro etuvchi organlar tashkiliy-huquqiy asoslariga ko‘ra

quyidagi organlarga bo‘linadi:

  1. Konstitutsiya asosida tashkil etiladigan organlarga (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi);

  2. qonunchilik hujjatlari asosida tashkil etiladigan organlar (vazirliklar, davlat qo‘mitalari).

Bundan tashqari, ijro etuvchi hokimiyat organlari tashkil etish tartibiga ko‘ra Prezident tomonidan tashkil etiladigan organlarga, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan organlarga, markaziy hamda mahalliy ijro etuvchi organlar tomonidan tashkil etiladigan organlarga bo‘linadi.

  1. Boshqaruv faoliyatini amalga oshirishda qarorlar qabul qilish tartibiga ko‘ra ijro etuvchi hokimiyat organlari:

  • kollegial organlarga;

  • yakkaboshchilik asosida faoliyat olib boradigan organlarga bo‘linadi.

Kollegial organlar faoliyatining mazmuni boshqaruv qaror- larini organning tegishli a’zolari bilan birgalikda kelishuv asosida qabul qilinishi bilan ifodalanadi. Ijro etuvchi organlar faoliyatida yakkaboshchilik prinsiði, organ rahbari (vazir, boshliq)ning yakka o‘zi u yoki bu boshqaruv qarorlarini qabul qilishini anglatadi. Albatta, bunda har bir organ rahbari boshqaruv qarorlarining xususiyatidan kelib chiqib, sohaviy tarkibiy tuzilmalar fikrini inobatga olgan holda, shuningdek har bir vazirlik, davlat qo‘mitasi tuzilmasida mavjud maslahat organi-hay’at muhokamasidan so‘ng shunday qarorlar qabul qilishi mumkin.

  1. Ijro etuvchi organlarni tashkiliy-huquqiy shakllariga ko‘ra muayyan turlarga ajratish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etib o‘tilgan farmonida respublika davlat boshqaruvi organlarining umumiy funksional tavsifi bilan birga tashkiliy - huquqiy shakllari ham belgilab berilgan. Ushbu Farmon asosida ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida bir necha normativ-huquqiy hujjat qabul qilinib, davlat boshqaruv organlarining turli tashkiliy- huquqiy shakllari (vazirlik, davlat qo‘mitasi, agentlik, markaz, inspeksiya, departament) ijro etuvchi hokimiyat tizimida paydo bo‘lishiga asos yaratiladi.

  2. Ijro etuvchi organlar moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlanishiga ko‘ra: budjet organlari va xo‘jalik hisobidagi organlarga bo‘linadi.

  3. Ijro etuvchi organlar qaysi hududda faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha: markaziy va mahalliy organlarga bo‘linadi.




Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə