O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Davlat xizmatining mazmuni va asosiy prinsiðlari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə30/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

§. Davlat xizmatining mazmuni va asosiy prinsiðlari


Davlat xizmati mohiyatini va uning asosiy xususiyatlarini aniqlashdan oldin, insonlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali faoliyat turlari to‘g‘risida tushuncha hosil qilish lozim. Bularni quyidagi shakllarga bo‘lish mumkin:

  1. tovarlar, moddiy boyliklar ishlab chiqarish, ma’lum bir xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish;

  2. nomoddiy (ma’naviy) boyliklar yaratish (masalan, kitob- lar, maqolalar yozish, kino va videofilmlar yaratish, ssenariylar tayyorlash);

  3. ijtimoiy-madaniy faoliyatni amalga oshirish (masalan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va hokazolar);

  4. davlat xizmatini amalga oshirish:

    1. ijtimoiy-madaniy sohalarni (ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish) boshqarish;

    2. iqtisodiyot sohalarini (sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari) boshqarish;

d) ma’muriy-siyosiy sohalarni (mudofaa, davlat xavfsizligi, adliya, ichki ishlar, tashqi ishlar) boshqarish;

  1. nodavlat, jamoat, diniy, xalqaro, xorijiy tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatish;

  2. jamiyatning turli sohalarida ma’lum bir ehtiyojlarni qon- dirish maqsadida ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanish va boshqalar1 .

D.N.Baxraxning fikricha, insonlarning, shuningdek, davlat va jamiyatning maqsadga muvofiq faoliyat yo‘nalishlaridan biri – xizmatdir. Bu tushuncha turli ma’nolarda: insonning faoliyat turi, ijtimoiy-huquqiy institut, davlat organlarining maxsus tizimi


1 Ànexun À.M., Êoçnoв Œ.Ì., Êapìonuyкuũ À.À. Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî Ðîññèéñkîé Ôåдåðацèè. – Ì., 1996. – C 76-236.
sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Xizmat - boshqaruv, davlat faoliyatini amalga oshirish, boshqaruvni ta’minlash, aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatishdan iborat1 .
YU.M.Kozlovning fikricha, davlat xizmati — davlat organlarida amalga oshiriladigan hamda ishchilarining mehnatidan mazmuni va shakli jihatidan farq qiladigan har qanday faoliyat tushuniladi2 . Davlat xizmatiga bunday yondashish mehnat faoliyatining ikki shakliga asoslanadi: birinchidan, bevosita moddiy boyliklarni, tovarlarni yaratish (ishlarni bajarish); ikkinchidan, boshqaruv, rahbarlik, kontrol va nazoratni amalga oshirish. Bunda ma’naviy boyliklarning yaratilishi yoki davlat organlarining funksiyalari
amalga oshirilishi mumkin.
Davlat va mahalliy organlaridagi xizmatning zaruriyati - davlatning mavjud bo‘lishidan, uning vazifa va funksiyalaridan, shuningdek, davlat organlarini (qonunchilik, ijro etish va sud hokimiyati) tashkil etish ehtiyojidan kelib chiqadi.
Aynan xizmatchilar ko‘pgina davlat organlari tuzilmasida, muassasa va tashkilotlarida, boshqaruv hamda boshqariluvchi tizim ichida personal sifatida harakat qiladi; ularning o‘z vazifalarini vijdonan bajarishi esa, davlat va jamiyatda huquqiy tartibotni o‘rnatishda xizmat qiladi.
D.N.Baxraxning fikricha, davlat xizmati tushunchasini bir necha ma’nolarda ko‘rib chiqish mumkin:
Ijtimoiy ma’noda — davlat xizmati ijtimoiy kategoriya bo‘lib, davlat tashkilotida ma’lum bir lavozimni egallab turgan shaxs tomonidan davlatning ko‘rsatmasiga ko‘ra ijtimoiy foydali faoliyatni amalga oshirishdan iborat.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə