O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Davlat xizmatchisi tushunchasi, xususiyatlari va turlari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə33/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

§. Davlat xizmatchisi tushunchasi, xususiyatlari va turlari




Davlat xizmatchilari — huquqning individual subyektlaridan iborat bo‘lgan ijtimoiy guruh bo‘lib, ma’lum bir haq evaziga davlat organlarining vazifa va funksiyalarini amalga oshiradilar.
Tuziladigan har bir tashkilot normal faoliyat ko‘rsatishi uchun maxsus tayyorlangan xizmatchilardan iborat ma’lum personaliga ega bo‘lishi lozim. Tashkilot turiga qarab huquq
Davlat xizmatchisi, keng ma’noda, davlat vazifa va funksiya- larini nafaqat davlat organlarida, balki davlatning boshqa tashkilot, muassasa va korxonalarida amalga oshiradigan huquqning individual subyektidir.
Davlat xizmatchisi - bu davlat organlari vakolatlarini bajarishni ta’minlash bo‘yicha muayyan kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsdir. Davlat xizmatchisi va davlat (davlat organi) o‘rtasida davlat- xizmat munosabatlari vujudga kelib, ular o‘zaro huquq va majbu- riyatlarga ega bo‘ladi.
Davlat xizmatchisi, tor ma’noda davlat xizmatida davlat lavo- zimini egallagan, ya’ni davlat ma’muriyatining tuzilmalari tizimida ma’lum bir mansabni egallaydigan, pul mukofoti evaziga maz- kur davlat organining funksiyalarini amalga oshiradigan shaxsdir. Davlat xizmatchilarining aksariyati ijro-farmoyish berish (tashkillashtirish) vakolatlarini va ijtimoiy-madaniy faoliyatni amalga oshirish bilan shug‘ullanadilar. Faqatgina ayrim davlat xizmatchilari maxsus davlat lavozimlarini egallaydilar, masalan, odil sudlov va prokuror nazoratini (ya’ni, huquqni muhofaza
qilish faoliyatini) amalga oshiradilar.
Ko‘pgina yuridik adabiyotlarda davlat xizmatchisiga quyidagicha ta’rif beriladi:
Davlat xizmatchisi — bu davlat ma’muriyati apparatida bevosita yoki bilvosita ma’lum bir haq evaziga domiy yoki vaqtincha xizmat majburiyatlarini amalga oshiruvchi shaxsdir1 . Bunda «xizmatchi tomonidan xizmat majburiyatlarining bajarilishi» asosiy tushuncha sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat xizmatchisi tushunchasini uch ma’noda ko‘rib chiqish mumkin:
birinchidan, davlat-huquqiy nuqtai nazaridan davlat xiz- matchisi – bu davlatning (davlat organlarining) xususiyati va

obyektlarining quyidagi, ya’ni davlat (davlat organlari), mahalliy

organlar, jamoat birlashmalari, nodavlat, tijorat, notijorat, diniy, xususiy, xalqaro tashkilotlarning xizmatchilarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Davlat va mahalliy organlarning xizmatchilari davlat va mahalliy organlar oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshiradilar.
1 Qarang. Gmapunoв Œ.H. Слóæåáíîå пðаâî. – Ì., ÁÅÊ, 1996; Аnexun А.M., Kapmonuyкuũ А.А., Koзnoв Œ.M. Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî. – Ì., 1998; Бaxpax Д.H., Poccuncкuũ Б.B., Gmapunoв Œ.H. Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî. – Ì., 2004; Koзnoв Œ.M. Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî. – Ì., 2003; Ia6puvuaзe Б.H., 7epnявcкuũ А.I., Kum-Kumзn А.H. Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî. – Ì., 2004.

ahamiyati bo‘yicha turli vakolatlarga ega bo‘lgan «xizmatkori» hisoblanadi. Davlat xizmatchilari davlat ma’muriyatining ichidagi turli ijtimoiy munosabatlarda yoki tashqi aloqalarda davlat nomidan harakat qiladilar. Davlat xizmatchisi – davlat va jamiyat taraqqiyotining mahsuli bo‘lib, davlat funksiyalarini amalga oshiradi;
ikkinchidan, ma’muriy-huquqiy nuqtai nazardan davlat xizmatchisi - maxsus hokimiyat, tashkil etuvchi-farmoyish beruvchi vakolatlarga ega. Davlat xizmatchisi yurisdiksiyaviy (huquqni muhofaza qiluvchi) choralar va vakolatlarni amalga oshirish hamda ma’muriy-huquqiy sanksiyalarni qo‘llash huquqiga ega bo‘lgan hokimiyat vakilidir;
uchinchidan, jinoiy-huquqiy nuqtai nazardan davlat xizmat- chisi - jinoiy javobgarlikning maxsus subyekti hisoblanadi (davlat xizmatchisi - mansabdor shaxslar - mansabdorlik jinoyatlari uchun javobgarlikka tortiladilar).
Har bir davlat xizmatchisi egallab turgan lavozimidan kelib chiquvchi ma’lum bir vazifani bajarishi kerak. Davlat lavozimi - bu davlat xizmatchisining ish (xizmat) joyi hisoblanadi. Har bir davlat lavozimi davlat xizmatining asosiy elementlaridan biri bo‘lgan shtat birligiga kiritiladi. Shtat jadvali davlat organi (tashkiloti)da tashkil etilgan lavozimlardan iborat. Davlat tashkilotlarida lavozimlar davlat hokimiyati subyektlari tomonidan farmoyish berish tartibida tashkil etiladi.
Xizmatchi ma’lum bir lavozimni uzoq vaqt davomida (masalan, butun faoliyati davomida) egallashi mumkin. Davlat xizmatchisi davlat organida faoliyat yuritishi jarayonida lavozim bo‘yicha harakatlanishi mumkin. Davlat xizmatida malaka darajalari joriy etilgan. Malaka darajalari davlat xizmatchisining bir lavozimdan ikkinchi lavozimga o‘tishini (masalan, yuqoriga yoki pastga qarab harakatlanishini) belgilab beradi. Malaka darajasi butun kasbiy faoliyat jarayonida davlat xizmatchisini davlat bilan bog‘lab turadi hamda davlat va jamiyatdagi munosabatlarning muvozanatini ta’minlaydi. G‘arbiy Yevropa davlatlarining ko‘pchiligida, agar davlat lavozimi bekor qilinadigan bo‘lsa, lavozimni egallagan shaxs ishdan bo‘shatilishi mumkin emas, chunki u olgan malaka darajasi
boshqa davlat lavozimini egallash huquqini beradi. Malaka darajasi davlat xizmatchisi uchun himoya hisoblanadi. Aynan mana shu jihatlari bilan malaka darajasi davlat lavozimidan ajralib turadi1 .
O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatchisi tushunchasini quyidagicha belgilash mumkin:
Birinchidan, davlat xizmatchisi — 18 yoshga to‘lgan, davlat tilini bilgan, muayyan bilimga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi. Davlat xizmatchisi davlat-xizmat munosabatlarining bir tomonini tashkil etadi. Davlat organi hamda xizmatchi o‘rtasida mehnat shartnomasi tuzilib, unga ko‘ra xizmatchi davlat organining vakolatlarini, davlat funksiyalarini bajaradi; davlat qurilishining ma’lum bir maqsadlariga erishish uchun maxsus vazifalarni hal etadi. Davlat (davlat organi) esa, o‘z navbatida, xizmatchining huquq va manfaatlarini o‘rnatadi va ta’minlaydi, ijtimoiy-huquqiy kafolatlar, javobgarlik, pul mablag‘i bilan ta’minlash kabi majburiyatlarga ega bo‘ladi. Davlat xizmatchisi ma’muriyatning vakili, davlat mexanizmining bir qismi hisoblanadi. Davlat xizmatchilarining barcha harakatlari davlat nomidan va uning ko‘rsatmasi asosida amalga oshiriladi, davlat esa davlat xizmatchisi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va tegishli hollarda ularga nisbatan majburlov choralarini qo‘llaydi. Davlat xizmatchisi faqatgina davlat organida davlat lavozimini egallashi mumkin.
Ikkinchidan, davlat xizmatchisining faoliyati davlat xizmatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga mos kelishi kerak. Uchinchidan, davlat xizmatchisi qonunda o‘rnatilgan tartibda davlat xizmatining pul bilan ta’minlanadigan davlat lavozimini egallaydi. Qonunchilikda davlat xizmatchisi faoliyatining mazmuni, uning huquqiy holati, faoliyatining maqsadi, vazifasi va asosiy yo‘nalishlari, huquqlar, majburiyatlar, javobgarlik, cheklovlar, kafolatlar belgilab beriladi. Davlat lavozimlarini faqatgina davlat
xizmatchilari egallashlari mumkin.
To‘rtinchidan, davlat xizmatchisiga qonunchilikda belgilangan tartibda malaka darajalari beriladi.


1 Qarang: Xoжueв ℈.T. Даâлаò õèçìаòè. ¤³óâ ³уллаíìа. – T., 2004. – 48- 49-á.
Beshinchidan, davlat xizmatchisi davlat funksiyalarini, davlat organlarining vakolatlarini bajaradilar, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’muriy-siyosiy sohalarda (davlatning moliyaviy faoliyati, madaniyatni rivojlantirish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, bojxona, bank ishi, soliqqa tortish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ichki ishlar, tashqi siyosiy faoliyat va hokazolarda) davlat vazifalarini amalga oshiradilar.
Oltinchidan, davlat xizmatchisi aksariyat hollarda yuridik oqibatlarni keltirib chiqaruvchi harakatlarni amalga oshiradi (masalan, boshqaruv qarorlarini qabul qiladi, jazoga tortadi). Bunday harakatlar yuridik fakt sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Davlat xizmatchisining bunday harakatlari davlat va jamiyat hayotida turli ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltirishi, o‘zgartirishi yoki bekor qilishi mumkin.
Yettinchidan, davlat xizmatchilarining faoliyati, odatda ishlab chiqarish xususiyatiga ega emas. Lekin ularning faoliyati umuman ishlab chiqarish bilan bog‘liq emas, degan xulosani bermaydi. Chunki, davlat xizmatchilari ishlab chiqarish jarayonini yo‘nal- tirish, boshqarish, loyihalarini tayyorlash va boshqa funksiyalar orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat xizmatchilari o‘z faoliyatlari orqali kishilar ongiga, iqtisodiy hayotga, ishlab chiqarishning texnologik jarayoniga, mehnat jamoalarining tashkil etilishi va faoliyat yuritishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Barcha davlat xizmatchilarini turli asoslarga ko‘ra guruhlarga bo‘lish, ya’ni tasniflash mumkin. O‘zbekiston Konstitutsiyasidan kelib chiqqan holda, ya’ni hokimiyatning uchga bo‘linishini e’tiborga olib, barcha davlat xizmatchilarini uch guruhga bo‘lishimiz mumkin:

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə