O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə31/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

Siyosiy ma’noda — davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan faoliyat bo‘lib, davlatning maqsad va vazifalariga mavjud siyosiy kuch va vositalar orqali erishish; davlat xizmati jamiyatdagi muvozanatning asosiy ko‘rinishidir.
Huquqiy ma’noda — davlat-xizmat munosabatlarini huquqiy o‘rnatish bo‘lib, mansab majburiyatlari, xizmatchilarning vako-


1 Бaxpax Д.Н. Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî. – Ì., 1993. – C 97.
2 Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî / Мîд.ðåд. Þ.Ì.Êîçлîâа. – Ì., 1973. – C. 136-137.
latlari, davlat organlari vakolatli funksiyalarining bajarilishi ta’minlanadi. Davlat xizmati murakkab ijtimoiy-huquqiy institutlardan biri bo‘lib, uni o‘rganish davlat xizmatining ijtimoiy va huquqiy asoslarini tahlil etishni talab qiladi. Bu institut davlat- xizmat munosabatlarini tartibga soluvchi normalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, u orqali xizmatchilarning huquqlari, majburiyatlari, ularga belgilanadigan cheklovlar, javobgarlik hamda davlat xizmatini o‘tash, ya’ni xizmat munosabatlarining vujudga kelishi va bekor bo‘lishi tartibga solinadi. Demak, davlat xizmati huquqiy institut bo‘lib, turli huquq sohalarining normalaridan tashkil topgan kichik institutlarni o‘z ichiga oladi.
Tashkiliy ma’noda — davlat xizmati davlat apparatining tashkiliy-funksional elementlari bilan aloqada bo‘ladi. U quyidagi elementlardan tashkil topgan tizim sifatida namoyon bo‘ladi: davlat apparati faoliyatining tashkiliy va protsessual asoslarini tashkil etish, lavozimlarning qurilishi va ularning huquqiy ko‘rinishi, xodimlarni aniqlash, baholash. Davlat xizmati davlatni mustahkamlashning huquqiy asosi bo‘lib, davlat hokimiyatini belgilaydi va fuqarolik jamiyatining normal ishlashini ta’minlaydi1 .
Davlat xizmati tushunchasi keng ma’noda davlat organlari tomonidan boshqaruvning kadrlar funksiyasini amalga oshirish, davlat organlari apparatida doimiy yoki vaqtincha mansabni egallab turgan hamda davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan barcha shaxslarning faoliyatidir.
Davlat xizmati davlat apparatini boshqarishni tashkil etish va huquqiy tartibga solish bo‘yicha davlat faoliyatining asosiy turlaridan biri bo‘lib, davlat oldida turgan vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatining asosiy maq- sadi - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan belgilangan prinsiðlar va boshqa holatlarga asoslanib, davlat funksiyalarini amalga oshirish, uning vazifalarini bajarish, jamiyat va fuqarolar ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlashdan iboratdir.


1 Бaxpax Д.Н. Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî. – Ì., 1993. – C 102
Davlat xizmati tushunchasi funksional ma’noga ham ega. Unga ko‘ra davlat xizmati - davlat faoliyatining, davlat organlarining, ma’muriy-boshqaruv tuzilmalari faoliyatining alohida turi hisob- lanadi.
Davlat xizmatining umumiy xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
birinchidan, davlat xizmatchilarining davlat xizmatini davlat organida nazarda tutilgan shtat jadvali asosida olib borishi;
ikkinchidan, davlat xizmatchilarining belgilangan pul mukofoti evaziga davlat organi vakolatlarini, mansab majburiyatlarini amalga oshirishi1 .
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir necha moddalari bevosita davlat xizmati bilan bog‘liq bo‘lib, uning asosiy prinsiðlarini mustahkamlaydi. Masalan, davlat xizmatida qonuniylik, inson va fuqarolar huquqlari va erkinliklarining ustun- ligi, davlat xizmati sohasida vakolatlarning taqsimlanganligi, davlat xizmatida ishtirok etuvchi fuqarolarning tengligi va boshqa konstitutsiyaviy prinsiðlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatini tashkil etishning asosiy prinsiðlaridan biri - bu davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulligidir. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Bu holat huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy belgisidir. Davlat, uning organlari insonlar uchun zarur bo‘lgan shart- sharoitlarni yaratib beradi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan O‘zbe- kiston Respublikasida Konstitutsiyaning va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi (15-m.). Davlat xizmatchilari amaldagi qonun- chilik hujjatlariga tayanib, faqatgina davlat organining vakolati doirasida o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari, zimmalariga yuklan- gan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlari, berilgan huquqlardan to‘g‘ri foydalanishlari, belgilangan tartibga rioya qilishlari lozim. Qonuniylik prinsiðiga binoan davlat xizmatini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi




1 Qarang: Xoжueв ℈.T. Даâлаò õèçìаòè. ¤³óâ ³уллаíìа. – T., 2004. 17-á.
huquq normalariga asoslanishi hamda jamiyat va fuqarolarning manfaatlarini ta’minlagan holda amalga oshirilishi lozim.
Davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ko‘rsatib o‘tilgan davlat hokimiyatining tizimi asosida, ya’ni hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hoki- miyatiga bo‘linishi asosida tashkil qilinadi. Davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Hokimiyat organlari bir-biridan mustaqil bo‘lib, ularning har biri davlat oldida turgan ma’lum bir vazifa va funksiyalarni amalga oshiradilar. Huquqiy demokratik davlat qurishning muhim belgilaridan biri - bu davlat vakolatlarini hokimiyat organlari o‘rtasida taqsimlashdir.
Qonunchilikka binoan fuqarolar davlat xizmatida bevosita ishtirok etishlari mumkin. Bunday ishtirok davlat xizmatida ma’lum bir faoliyatni amalga oshirish yoki davlat organlariga murojaat qilish orqali amalga oshirilishi mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 32-moddasiga binoan fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita va o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Konstitutsiyaning 35-moddasiga binoan esa har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif, shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarigina davlat xizmatida bevosita ishtirok etish huquqiga ega bo‘lib hisoblanadilar.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə