O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə36/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

Davlat xizmatchilarining majburiyatlari ular xizmat faoliya- tining mohiyatini tavsiflaydi, chunki davlat (davlat organi) fuqa- roni unga ma’lum bir mansab majburiyatlarini yuklash maqsadida ishga qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatchilarining majbu- riyatlari turli qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. Majburiyat- larning mazmuni va turlari davlat tashkilotining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, vazifasi va funksiyalariga qarab belgilanadi.
Amaldagi qonunchilikni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, davlat xizmatchilariga umumiy bo‘lgan majburiyatlar - konstitutsiyaviy tuzumni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekiston Respublikasi Konsti- tutsiyasiga, qonunlariga, shuningdek, ularning vakolatlarini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishini ta’minlashdan iborat.
Davlat xizmatchilari egallab turgan lavozimlaridan kelib chiqqan holda belgilangan huquq va majburiyatlarni bajarishga majburdir.
Davlat xizmatchilari majburiyatlarining asosiy xususiyati shundaki, ular nafaqat davlat xizmati sha’niga dog‘ tushiruvchi yoki davlat organiga zarar yetkazuvchi harakatlardan, balki davlat xizmatchilariga nisbatan «davlat va jamiyat manfaatlariga zid harakatlarni sodir etmoqda», degan fikrlarning paydo bo‘lishidan saqlanishi lozim.
Davlat xizmatchisi xizmat majburiyatlaridan sha’niga dog‘ tushirish, davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning faoliyatini qoralashda foydalanishi mumkin emas.
Davlat xizmatchilarining asosiy majburiyatlaridan biri — bu mansab majburiyatlarini vijdonan bajarishidir. Qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarda davlat xizmatchilarining funksiyalari va vakolatlari aniq ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular xizmatchilar tomoni- dan to‘g‘ri va aniq bajarilishi lozim. Mansab majburiyatlarini bajar- maganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik - nojo‘ya harakat, huquqbuzarlik, ba’zi hollarda esa jinoyat hisoblanishi mumkin.
Davlat xizmatchilarining o‘z vakolatlarini amalga oshirish majburiyati davlat organida o‘rnatilgan xizmat tartibiga rioya qilish bilan bevosita bog‘liqdir.
Davlat xizmatchilarining mansab majburiyatlari avvalo fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’min- lash va ularni muhofaza etishdan kelib chiqadi.
Shu bois fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat xizmatchilari uchun muhim kategoriyalardir. Davlat xizmatchilari tomonidan mazkur majburiyatning bajarilishi ijtimoiy munosabat- larning muvozanatini, qonuniylik tartibiga rioya qilinishini ta’minlaydi, umumiy huquq tartibotni kafolatlaydi. Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilingan taqdirda davlatning asosiy vazifalaridan biri bajarilgan hisoblanadi. Davlat xizmatchilari yuqori turuvchi davlat organining (davlat xizmatchisining) farmoyishlari, buyruqlari va boshqa ko‘rsatmala- rini ijro etishga majburdirlar. Davlat xizmati bo‘ysunishga asoslangan iyerarxiya prinsiði bo‘yicha amalga oshiriladi va davlat xizmatchilari o‘zlaridan yuqori turuvchi rahbarlarning vakolat doirasida berilgan buyruqlari, farmoyishlari, ko‘rsatmalari va boshqa qonuniy qarorlarini ijro etishni shaxsiy javobgarlik asosida amalga oshiradilar. Shuning uchun ham ijro etish uchun olingan farmoyish davlat xizmatchisi tomonidan qonuniylik va davlat manfaatlariga mos kelish
nuqtai nazaridan baholanishi lozim.
Davlat xizmatchilari mansab majburiyatlarini bajarib borish maqsadida o‘z malaka darajasini saqlashi va oshirib borishi shart. U xizmat funksiyalari va mansab majburiyatlarini sifatli bajarishga tayyor bo‘lishi, ishchanlik xususiyatlariga ko‘ra egallanadigan davlat lavozimi talablariga mos kelishi kerak.
Nazariy va amaliy ta’lim olish barcha davlat xizmatchilarining xizmat majburiyati hisoblanadi va odatda kasbiy tayyorgarlik
mahorati malaka darajasini berish, maxsus unvon olishda talab qilinadi.
Davlat xizmatchilari o‘zlarining xizmat faoliyatlarini olib borish jarayonida bir davlat organi doirasida ahamiyatiga ko‘ra turlicha funksiyalarni amalga oshiradilar. Davlat xizmatchisi lavozimi bo‘yicha yuqori ko‘tarilganida, uning yanada murakkabroq majbu- riyatlarni bajarishiga to‘g‘ri keladi. Boshqa tomondan, kasblarning evolutsiyasi sodir bo‘lishi, masalan, ba’zilari tugashi, boshqasi paydo bo‘lishi yoki uning mazmuni o‘zgarishi mumkin.
Davlat xizmatchisi xizmat etikasi normalariga rioya qilishi lozim. U davlat siri hamda qonunchilik hujjatlari bilan himoya qilina- digan boshqa sirlarni saqlash majburiyatiga ega. Ayniqsa, davlat xizmatchisi mansab vakolatlarini ijro etish vaqtida o‘ziga ma’lum bo‘lgan tegishli ma’lumotlarni sir saqlashi shart. Ma’lumki, Asosiy qonunimiz - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35- moddasiga binoan har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga egadir. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart. Shu munosabat bilan, davlat xizmatchilari vakolat doirasiga kiradigan turli murojaatlarni (fuqarolarning, korxona, muassasa va tashkilotlarning ariza, shikoyat va takliflarini) o‘z vaqtida ko‘rib chiqishga majbur. Jumla- dan O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunning 12- moddasiga binoan fuqarolarning murojaatlari albatta qabul qilinishi
va ko‘rib chiqilishi kerak_.
Davlat xizmatchilari o‘zlarining mansab majburiyatlarini va funksiyalarini amalga oshirishda:

  1. davlat xizmatining maqsadlariga va vazifalariga qat’iy rioya qilish;

  2. qonunlarga, davlat manfaatlariga, mansab ko‘rsatmalariga asoslanib faoliyat ko‘rsatish, vakolat doirasiga kiruvchi davlat organlari va yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning qarorlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;

  3. o‘z faoliyatini doimo takomillashtirish va kasbiy malakasini oshirib borish;

  4. davlat va xizmat sirlarini saqlash;

  5. fuqarolarning qadr-qimmatini va shaxsini hurmat qilish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va himoya qilish;

  6. ma’muriy hokimiyat sohasida qonuniylikni ta’minlash;

  7. xizmat etikasiga rioya qilish;

  8. boshqaruv madaniyati darajasini oshirib borish, boshqaruv ishiga yangi zamonaviy uslub va shakllarni tatbiq qilish;

  9. qonun bilan o‘rnatilgan ish kuni vaqtida xizmatda bo‘lish;

  10. qonunchilik hujjatlariga tayangan holda murojaatlarni (ariza, shikoyat va takliflarni) o‘z vaqtida va xolis ko‘rib chiqish;

  11. davlat xizmatchilarining maqomi va tegishli davlat mansabi bilan o‘rnatilgan boshqa majburiyatlarni bajarishlari lozim_.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasiga binoan davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustah- kamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi. Mazkur konsti- tutsiyaviy normadan kelib chiqqan holda, davlat xizmatini amalga oshiruvchi fuqarolarning ham qonunchilik hujjatlari bilan o‘rna- tilgan huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan ta’min- lanadi.
Shuningdek Konstitutsiyaga binoan har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansab- dor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-hara- katlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi(44-m.). Davlat xizmatchilari o‘zlarining huquqlari va qonuniy manfaat- larini himoya qilishda qonunchilikda o‘rnatilgan barcha vositalardan
foydalanadilar.
Ular uchun o‘rnatilgan kafolatlar O‘zbekiston Konstitut- siyasidan tashqari, amaldagi qonunchilik hujjatlarida ham o‘z ifodasini topgan va ularning bajaradigan xizmat majburiyatlari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Davlat xizmatchilari uchun kafolat - davlat xizmatchilari maqomining qonun orqali o‘rnatilgan ijtimoiy-huquqiy tomonini tavsiflovchi asosiy holatlardir.
Amaldagi qonunchilikni tahlil qilish orqali davlat xizmat- chilariga o‘rnatilgan quyidagi kafolatlarni ko‘rsatib o‘tish mum- kin:
birinchidan, mansab majburiyatlarining bajarilishini ta’min- lovchi ish sharoitlarining joriy etilishi;
ikkinchidan, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan pul ta’minoti va boshqa xil to‘lovlar (masalan, ijtimoiy, kompensatsiya to‘lovlari va hokazo);
uchinchidan, pul bilan ta’minlanadigan har yilgi mehnat ta’tili;
to‘rtinchidan, davlat xizmatchisi va uning oila a’zolarining tibbiy xizmatdan foydalanishi;
beshinchidan, qayta tayyorlash va malaka oshirish (pul ta’minoti saqlangan holda);
oltinchidan, majburiy ijtimoiy davlat sug‘urtasi va hokazo.



    1. Yüklə 1,19 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə