O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə44/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

«Mahalla posboni» jamoat tuzilmalari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qarorlarining ijrosini ta’minlash maq- sadida bevosita quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar:

    • davlat hokimiyat organlari, hududda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa jamoat tuzilmalari, korxona, muassasa, tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

    • mahallalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yuzasidan turli hasharlar va tadbirlarni amalga oshirish;

    • shaharcha, qishloq, ovul va mahalla miqyosida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar, to‘y va boshqa marosimlarda tartibni saqlash;

    • qariyalar, nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga xo‘jalik yuritishda yordam berish;

    • jinoyat va huquqbuzarliklardan, yo‘l transport, yong‘in, tabiiy, texnogen va boshqa hodisalardan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish;

    • jinoyat va jamiyatga zid boshqa g‘ayriijtimoiy qilmishlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish;

    • hududda faoliyat olib borayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish.

«Mahalla posboni» jamoat tuzilmalari, shuningdek hududiy ichki ishlar organlarining quyidagi yo‘nalishlardagi faoliyatida bevosita ishtirok etib, yordam ko‘rsatadilar:

    • jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash;

    • mulkni qo‘riqlash;

    • huquqbuzarliklarning oldini olish;

    • sodir etilgan jinoyatlarni ochish;

    • yong‘in va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash;

    • pasport tizimi, sanitariya, ekologiya qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;

    • bolalar qarovsizligi va nazoratsizligining oldini olish;

    • voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;

    • aholining huquqiy madaniyatini oshirish.

«Mahalla posboni» tuzilmasi a’zolari orasidan o‘zining ishchanlik va boshqaruvchilik xususiyatlari bilan ajralib turuvchi, o‘z safdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘la oladigan shaxslar mahalla fuqarolar yig‘ini kengashining qarori bilan rahbar etib tayinlanadi hamda unga mahalliy budjet hisobidan tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisining maoshiga teng miqdorda oylik ish haqi belgilanadi.
Bundan tashqari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzurida fuqarolarning oilada va mahallada tinch-osoyishta hamda hamjihatlikda yashashlarini ta’minlash, oilaviy kelishmov-
chiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib-tashviq qilish maqsadida tuziladigan yarashtirish komis- siyalari ham faoliyat ko‘rsatadi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə