O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Yoshlar bilan ishlash komissiyasi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə46/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

Yoshlar bilan ishlash komissiyasi — yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib-tashviq qilish, har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlari, yoshlar qatlamlarining talab va ehtiyojla- ridan kelib chiqib, shuningdek, milliy tarkibini hisobga olgan holda ular o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy, ijtimoiy, ekologik ishlarni olib boruvchi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi huzuridagi yoshlar jamoat tuzilmasihisoblanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanganidek, yoshlar bilan ishlash komissiyalari quyidagi vazifalarni bajaradilar:

    • mahallalarda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy ongini, ma’naviy- ma’rifiy bilim doirasini kengaytirish, ularni vatanparvarlik, inson- parvarlik, mehr-oqibat, el-yurt sha’nini ardoqlash kabi milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash;

    • har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini, yoshlar qatlamlarining talab va ehtiyojlarini, milliy tarkibini hisobga olgan holda ular o‘rtasida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;

    • mahallalarda sportni ommalashtirish uchun zarur sharoit yaratishda bevosita ishtirok etish, bunyod etilgan sport inshootlari, bolalar sport maydonchalaridan samarali foydalanish, yoshlarni sog‘lom turmush tarzi talablari asosida tarbiyalash maqsadida jismoniy tarbiya, sportning ommaviy va milliy turlari bo‘yicha musobaqa va turnirlar o‘tkazish;

    • yoshlarning ijtimoiy bandligi masalalariga alohida e’tibor qaratib, band bo‘lmagan yoshlar qatlamlarini ijobiy mehnat faoliyatiga jalb etish, Yoshlar ijtimoiy xizmatlari markazlarida o‘qitib, kasb-hunarga o‘rgatishda yaqindan yordam ko‘rsatish;

    • ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan bolalar, imkoniyati cheklangan nogiron yoshlarga qobiliyatlariga yarasha hunar o‘rgatish, ish bilan ta’minlashda ko‘maklashish;

    • yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizm, aqidaparastlik ko‘ri- nishlarining oldini olish va turli nosog‘lom diniy oqimlar ta’siriga tushib qolgan yoshlar bilan yakka tartibda ishlash, individual suhbatlar o‘tkazishda mahallada istiqomat qiluvchi ko‘p yillik hayotiy tajribaga ega obro‘-e’tiborli insonlar bilan hamkorlik qilish;

    • yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash maqsadida mahalla o‘smir yoshlari o‘rtasida tanlovlar, musobaqalar, ona Vatanni himoya qilish muqaddas burch ekanligini yoshlar ongiga singdirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borish, shuningdek hududlardagi harbiy qismlar rahbariyati bilan kelishgan holda yoshlar ekskur- siyalarini tashkil etish;

    • yoshlarning tibbiy madaniyati va bilimini oshirish, ularni kelajak hayotga tayyorlash maqsadida mutaxassislar va shifokorlar ishtirokida turli davra suhbatlari va tushuntirish ishlari olib borish;

    • hududda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib-tashviq qilish maqsadida yoshlarning ish, o‘qish, yashash tarzi va boshqa yoshlar hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish, yoshlar orasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik, ichkilikbozlik, OITS va giyohvandlik kabi illatlarning asosiy sabablarini o‘rganish va ularning oldini olish bo‘yicha takliflar berish;

    • farzandlari tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi notinch oilalarda tarbiyalanayotgan yoshlarni o‘rganish, ularning o‘qishdan orqada qolmasliklariga yordam berish maqsadida mahalladagi faol yoshlarni biriktirib, jamoat ishlariga jalb etish;

    • nosog‘lom muhit yuzaga kelgan yosh oilalarni aniqlab, zarur hollarda ularning oila a’zolari, mahalla faollari ishtirokida muhokama qilish va shu orqali keng jamoatchilik ta’sirini kuchaytirish;

    • ichki ishlar organlari hisobida turgan, ilgari tartibbuzarlik sodir etgan, oilada va jamoada muntazam ravishda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yuvchi yoshlar bilan profilaktik ish olib borishda ishtirok etish va bu borada mahalla profilaktika noziri, «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi bilan hamkorlik qilish hamda zarur hollarda ularning xulq- atvori, turmush-tarzini o‘z majlislarida muhokama qilish;

    • mahalladagi kam ta’minlangan yosh oila farzandlariga hunar o‘rgatish, ularni mahallada istiqomat qiladigan hunarmandlarga

«Ustoz-shogird» an’anasi bo‘yicha shogirdlikka jalb etish, foydali hunar bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashish;

    • odob-axloqda milliy qadriyatlarimizga zid, nojo‘ya xatti- harakatlarga yo‘l qo‘yayotgan yoshlarni aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora-tadbirlar ko‘rishda amaliy yordam ko‘rsatish;

    • «Oila-mahalla-maktab» konsepsiyasi tamoyillarini hayotga joriy qilishda fuqarolar yig‘iniga doimiy yordam ko‘rsatib borish. Ma’muriy komissiyalar — amaldagi qonunlarda berilgan vakolatlar doirasida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar- ni fuqarolar yig‘ini tomonidan saylanadigan komissiyalar ko‘rib chiqadi. Ushbu komissiyalar tuman markazidan olisda va borish qiyin bo‘lgan yerdagi shaharcha, qishloq va ovullardagi fuqaro-

larning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qoshida tuziladi.
Ma’muriy komissiyalar giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan noqonuniy muomala qilish, ekinzorlarni payhon qilish, spirtli ichimliklarni sotish maqsadida xonaki usulda tayyorlash va sotish, o‘qotar qurollardan foydalanish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbu- zarliklarni aniqlash, ko‘rib chiqish va huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy jazo tayinlash, shuningdek ularni keltirib chiqaruvchi sabab-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish vazifalarini ham bajaradi.


Nazorat uchun savol va topshiriqlar




  1. Nodavlat tashkilotlar tushunchasi va huquqiy holatini yoritib bering.

  2. Nodavlat tashkilotlarning turlarini sanab o‘ting.

  3. Nodavlat notijorat tashkilotlarni tuzish asoslari va tartibi, qanday?

  4. Jamoat birlashmalari tushunchasi va turlarini ko‘rsating.

  5. Siyosiy partiyalar tushunchasi va turlari haqida so‘zlab bering.

  6. Kasaba uyushmalarining vazifalari nimalardan iborat?

  7. Voyaga yetmaganlar ishlar bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar va qanday vazifalarni bajaradi?

  8. «Mahalla posboni» jamoat tuzilmalarini huquqiy holati qanday?

  9. Yarashtirish komissiyalarining vazifalari qanday tashkil etilgan?

  10. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari =aûida sùzlab bering.






  1. bob

FUQAROLAR – MA’MURIY HUQUQ SUBYEKTI SIFATIDA



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə