O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Jazo o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy- maishiy jihatdan va ishga joylashtirishda yordam ko‘rsatish



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə41/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

Jazo o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy- maishiy jihatdan va ishga joylashtirishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus komissiya — mahalliy davlat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda jamoat tuzilmalarining jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarni ishga joylashtirishda va ularning ijtimoiy-maishiy ta’minotida yordam ko‘rsatish jarayonida qatnashishini ta’minlovchi mahalliy hokimliklar huzurida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilmadir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari huzuridagi jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan va maxsus komendatura hisobidan chiqarilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi markazlari jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha Maxsus komissiyalar- ning ishchi organi hisoblanadi.
Maxsus komissiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun ijtimoiy moslashuv markazlari, huquqni muhofa- za qilish organlari, mehnat birjalari, ijtimoiy ta’minot, fuqarolar- ning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, kasaba uyushmalari, yoshlar va boshqa jamoat birlashmalari hamda mehnat jamoalari vakillaridan rais (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, tegishli hokimliklar hokimi o‘rinbosari), rais o‘rinbosari, mas’ul kotib (Ichki ishlar vazirligining joylardagi jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslar bilan ishlash bo‘linmalarining boshlig‘i) va komissiya a’zolaridan kamida olti kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Maxsus komissiyalar tuman markazidan ancha olisda joylash- gan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzurida ham tuzilishi mumkin.
Maxsus komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • ishga joylashtirish, ijtimoiy ta’minot, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va huquqni muhofaza qilish organlari, jazoni ijro etish muassasalari, jamoat birlashmalarining, jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarni, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan shaxslarni ishga joylashtirish va ularga ijtimoiy-maishiy jihatdan zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar ma’muriyati bilan ularning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish va ta’minlash;

    • jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun ijtimoiy moslashuv markazlari ishini bevosita tashkil etish va ularning faoliyati ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;

    • ushbu shaxslarni ishga qabul qilishni rad etishning qonuniyligi va asosliligini tekshirish; ularning qonuniy huquq va manfaatlari kamsitilishining oldini olish; tegishli davlat organlari tomonidan ilgari sudlangan shaxslarning shikoyatlari, arizalari va xatlari o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqilishini nazorat qilish;

    • korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda axloq tuzatish ishlariga hukm etilgan, shuningdek, jazoni o‘tash joylaridan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilingan shaxslar bilan tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi va olib borilishi ustidan nazorat o‘rnatish.

Ma’lumki, 2001-yil 25-aprelda O‘zbekiston Respublikasi
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarning yangi ijtimoiy harakati tuzildi.
Jamoat birlashmalarini bir qancha guruhlarga bo‘lish mumkin:

  1. ommaviy jamoat birlashmalari (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmasi);

  2. kooperativlar (iste’mol qiluvchi kooperatsiya, uy-joy shir- katlari uyushmalari);

  3. ixtiyoriy (ko‘ngilli) jamoalar va ularning ittifoqlari (mahalla posbonlari, tibbiyot xodimlarining ilmiy jamoalari, sport jamoalari, Qizil yarim oy jamiyati va boshqalar);

  4. ijodiy ittifoqlar, birlashmalar (jurnalistlar, kinochilar, kompozitorlar, yozuvchilar, rassomlar va boshqalar);

  5. xalq tomonidan tashkil qilingan jamoat birlashmalari (mahalla qo‘mitalari, ota-onalar qo‘mitalari, o‘rtoqlik sudlari va hokazo).

Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ularning faoliyatini taqiqlab yoki cheklab kuyish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi. Siyosiy
Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə