O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Nodavlat notijorat tashkilotlari — ma’muriy huquq subyekti sifatida



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə38/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

1-§. Nodavlat notijorat tashkilotlari — ma’muriy huquq subyekti sifatida


Nodavlat notijorat tashkiloti (jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir.
Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyat- larni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘zining faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining
«Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi 1999-yil 14-aprel qonuni, boshqa qonunlar va qonun osti normativ-huquqiy hujjatla- ri asosida olib boradilar. Siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar hamda boshqa ayrim nodavlat notijorat tashkilotlarini tuzish, ularning faoliyatini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respubli- kasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonu-
niy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida ijtimoiy foydali dasturlariga davlat ko‘mak ko‘rsatishi mumkin.
Davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek
nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilik hujjatlariga muvofiq xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga kirishi, ular bilan to‘g‘- ridan to‘g‘ri xalqaro aloqalar o‘rnatishi, hamkorlik to‘g‘risida te-
gishli bitimlar tuzishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkiloti yuridik shaxs bo‘ladi va u, agar uning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tashkil etiladi.
Qonunchilik hujjatlarida nodavlat notijorat tashkilotlarga quyidagi huquqlar berilgan:

  • o‘z a’zolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;

—ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;

  • davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;

  • o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish;

  • ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

  • ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;

  • o‘z ramziy belgilarini ta’sis etish;

  • o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig‘ilishlar, konferensiyalar o‘tkazish;

  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlar.

Shu bilan birga, qonunchilik hujjatlarida nodavlat notijorat tashkilotlariga quyidagi majburiyatlar yuklatilgan:

  • qonunchilik hujjatlariga rioya etish;

  • o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi axborot bilan tanishish erkinligini ta’minlash;

  • nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi o‘tkazayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berish;

  • soliq va statistika organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etish va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar.

Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonasi u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida bo‘linma bo‘lib, mazkur tashkilotning manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Nodavlat notijorat tashkilotining filiali u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida bo‘linma bo‘lib, uning barcha vazifalari yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini amalga oshiradi. Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonalari va filiallari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs
maqomiga ega bo‘lishi mumkin.ið
Qonunlarga muvofiq nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi. Mustaqillik yillari O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilot- larining faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonun- chilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining «Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2008-yil 10-iyul Qo‘shma qarorida mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish jamiyatni erkinlashtirishda faol ishtirok etishiga ko‘mak- lashish, ularni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish uchun mustaqil tizim va obyektiv sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu Qo‘shma qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respubli- kasi Oliy Majlisi huzurida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va Fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi
tuzildi hamda ularning asosiy vazifalari belgilab berildi.



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə