O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Davlat xizmatchilarini rag‘batlantirish va javobgarlikka tortish asoslari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə37/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

§. Davlat xizmatchilarini rag‘batlantirish va javobgarlikka tortish asoslari


Davlat xizmati sohasida davlat xizmatchilarini rag‘batlantirish va javobgarlikka tortish alohida ahamiyatga ega.
Davlat xizmati huquqiy institutini ko‘rib chiqish vaqtida, rag‘batlantirish masalasiga to‘xtalib o‘tmaslik mumkin emas, chun- ki aksariyat davlat xizmati to‘g‘risidagi normalarni o‘z ichiga olgan qonunchilik hujjatlarida aynan shu atamadan foydalaniladi.
Rag‘batlantirish — davlat organining mansabdor shaxs yoki boshqa subyektning xizmatchi ehtiyojlariga, manfaatlariga, iroda- siga, amaliy maqomiga, shuningdek, uning davlat-xizmat faoliyati- ga ta’sir ko‘rsatishidir.
Rag‘batlantirish — intizomning, mehnat sifatining yaxshilani- shiga ko‘maklashadi, xizmatchilarni tashabbuskorlik va javobgarlik ruhida tarbiyalaydi.
Rag‘batlantirish hamma vaqt ma’lum bir huquqiy asosga tayanadi. U — o‘z vaqtida, obyektiv va ahamiyatli bo‘lishi kerak. Rag‘batlantirishning qo‘llanilishi boshqaruv ishining yuqori natijalariga erishish vositasiga aylanishi lozim. Bu ma’noda rag‘batlantirish muvozanatga keltirishning turi (shakli) sifatida namoyon bo‘ladi.
Rag‘batlantirish individual yoki jamoa (kollektiv) tarzida, mazmuniga ko‘ra esa — moddiy, ma’naviy yoki aralash bo‘lishi mumkin.
Davlat xizmatchilariga nisbatan rag‘batlantirish choralarini qo‘llash bunday chorani qo‘llash huquqiga ega bo‘lgan organ yoki rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ular qonunchilikda belgilangan tartibda va vakolat doirasida rag‘batlantirish choralarini qo‘llashlari mumkin.
Amaldagi qonunchilikda davlat xizmatchilarining ma’naviy va moddiy shakldagi turli rag‘batlantirish choralari nazarda tutilgan.
Rag‘batlantirish uchun davlat xizmatchisining:

  • o‘z oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi;

  • vazifa va ko‘rsatmalarni muddatidan oldin bajarishi;

  • tashabbuskorligi;

  • vazifalarni vijdonan bajarishi va intizomliligi asos bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabr qonuni bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 180-moddasiga binoan ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llash tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa mahalliy hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda belgilab qo‘yiladi. Xodimlar mehnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi.
Amaldagi qonunchilikda davlat xizmatchilarini nafaqat rag‘batlantirish, balki yuridik javobgarlikka: intizomiy, ma’muriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortish ham nazarda tutilgan.
Davlat xizmatchilarining yuridik javobgarligi deganda ularning qonunga xilof qilmishiga nisbatan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan u yoki bu turdagi jazo choralarini qo‘llash tushuniladi.
Yuridik adabiyotlardan kelib chiqqan holda, qonunga xilof qilmishni, ikkiga: ya’ni huquqbuzarlik va jinoyatga bo‘lish mumkin. Davlat xizmatchilarining yuridik javobgarligi ularning qonun talablarini bajarmasligi, mansab majburiyatlariga befarq qarashi,
davlatga, jamoat birlashmalariga moddiy zarar yetkazishi, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishi oqibatida vujudga kelishi mumkin.
Davlat xizmatchilari javobgarligining asoslaridan biri - fuqaro- larning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishiga olib keladigan harakat yoki harakatsizlikdir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘- risida»gi 1995-yil 30-avgust qonunining 1-moddasiga binoan har bir fuqaro davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashki- lotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti- harakatlari (qarorlari) bilan o‘z huquqlari yoki erkinliklari buzil- gan deb hisoblasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Davlat xizmatchilarining javobgarligi ularning qonuniylik yoki xizmat intizomini buzgan taqdirda, mansab majburiyatlari bajarilmaganida yoki lozim darajada bajarilmaganida vujudga kelishi mumkin.


Nazorat uchun savol va topshiriqlar




  1. Davlat xizmati deganda nima tushuniladi?

  2. Davlat xizmatining o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.

  3. Davlat xizmati prinsiðlarini sanab bering.

  4. Davlat xizmatining maqsadi nimalardan iborat?

  5. Davlat xizmatining asosiy vazifalarini nimalar tashkil etadi?

  6. Davlat xizmatchilari deganda kimlar tushuniladi?

  7. Davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi qanday?

  8. Davlat xizmatchilarining huquqlari nimalarda o‘z ifodasini topgan?

  9. Davlat xizmatchilarining majburiyatlari nimalardan iborat?

  10. Davlat xizmatchilariga o‘rnatilgan kafolatlar qanday huquq manbalaridan joy olgan?

  11. Davlat xizmatchilarini tasniflab bering.

  12. Davlat xizmatchilarini rag‘batlantirish turlari haqida so‘zlab bering.

  13. Davlat xizmatchilarining yuridik javobgarligi haqida tushuntirib bering.






  1. bob

NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə