O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə40/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

Voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiya - bolalarning nazoratsiz, qarovsiz qolishlari, huquqbuzarliklari va jamiyat uchun zararli xatti-harakatlarining oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetma- ganlarni ijtimoiy-pedagogik jihatdan reabilitatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiruvchi yuqorida ta’kidlanganidek, mahalliy hokimliklar huzurida jamoatchilik asosida ish olib boruvchi tuzilmadir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000-yil

  1. sentabrdagi «Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida»gi 360-sonli qarorining qabul qilinishi esa mazkur komissiyalarning faoliyatini zamon talablari asosida tashkil etishga, takomillashtirishga xizmat qildi. Shuningdek, mazkur qaror asosida komissiyalar faoliyati izchil amalga oshiri- lishini ta’minlash maqsadida ularning tarkibida mahalliy budjet hisobidan alohida mas’ul kotib lavozimi joriy etildi.

Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

    • voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning nazoratsiz, qarovsiz qolishi hamda ular o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib

chiqishi sabablari, shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini amalga oshirish;

    • davlat idoralari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlarining voyaga yetmaganlarning nazoratsiz qolishi va ular huquqbuzarliklarining oldini olish masalalari yuzasidan faoliyatini muvofiqlashtirish;

    • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligining ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari va Ichki ishlar vazirli- gining muassasalarida voyaga yetmaganlarning saqlanishi, ularni o‘qitish, tarbiyalash shart-sharoitlari ustidan nazoratni tashkil etish;

    • voyaga yetmagan yoshlarning ongi, tafakkurini shakllanti- rish, yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda huquqiy savod- xonligini oshirish maqsadida ma’naviyat va ma’rifat ishlarini jonlantirish;

    • jazoni ijro etish joylaridan bo‘shatilgan yoki maxsus o‘quv- tarbiya muassasalaridan qaytgan voyaga yetmaganlarni turar joy va ish bilan ta’minlashda yordam berish, shuningdek, voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha qonunda ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.

Sir emas, sobiq Ittifoq davrida jazoni ijro etish muassasalari- dan bo‘shatilgan shaxslar, hatto amnistiya orqali jazodan ozod etilgan bo‘lsa ham, yashash joyiga qaytgach, jamiyatda «ijtimoiy pillapoya»ning eng quyi pog‘onasidan joy olishardi1 . Mustaqillikdan keyin Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan jazoni o‘tash joylari- dan qaytib kelgan shaxslarni ish va turar joy bilan ta’minlash, ularni hayotga qayta ko‘niktirish ishlari yetarli tashkil qilinmaganligi tanqid ostiga olingach2 , bu boradagi ishlar takomillashtirilib, huquqiy jihatdan mustahkamlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-apreldagi «Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi Maxsus komissiyalar, «Mahalla posboni» jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari


1 Kpucmu Hunьc. Áîðьáа ñ пðåñòóпíîñòьþ kаk èíдóñòðèя. Âпåðåд, k Ãóлаãó çападíîãî îáðаçца / Мåð. ñ. аíãл. – Ì., 2001. – C.74–75.
2 Kapumoв И.A. ßíãè÷а ôèkðлаø âа èøлаø – даâð òалаáè. T.5. –T., 1997.
– 273–274-á.
huzuridagi yarashtirish komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 180-sonli Qarorining qabul qilinishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Mazkur qarorning qabul qilinishi bilan jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respub- likasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shahar hokimliklari huzurida Maxsus komissiyalarning faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə