O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə52/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

birinchidan, boshqaruv huquqiy aktlari — yuridik faktlar sifatida namoyon bo‘ladi, huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishida, huquq subyektlari huquqiy maqomiga yangicha tus berishda faktik asos bo‘lib xizmat qiladi (masalan, lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruq – davlat xizmatchisi huquqiy maqomini vujudga keltiradi);
ikkinchidan, boshqaruv huquqiy aktlari — huquq normalarini o‘rnatadi, o‘zgartiradi va bekor qiladi; keng doiradagi shaxslar ishtirok etgan munosabatlarni bir xil tartibga soladi; boshqaruv tartibini, ma’muriy majburlov choralarini qo‘llash imkoniyatini belgilab beradi.
Boshqaruvning normativ yoki individual aktlari u yoki bu subyektning xulq-atvorini, unga huquqlar berish yoki aniq majbu- riyatlar yuklash orqali yoxud har ikkisini ham o‘rnatish orqali tartibga soladi;
uchinchidan, boshqaruv aktlari boshqa huquqiy aktlarning qabul qilinishida xizmat qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida Vazirlar Mahkamasining qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori asosida vazirliklar, davlat qo‘mi- talari yoki boshqa organlarning normativ hujjatlari qabul qilinadi; to‘rtinchidan, boshqaruv huquqiy aktlari ma’lum bir yuridik jarayonda (masalan, sudlar tomonidan fuqarolik, ma’muriy yoki
jinoiy ishlarni ko‘rib chiqishda) dalil sifatida namoyon bo‘ladi;
beshinchidan, boshqaruv huquqiy aktlari u yoki bu harakat- larni amalga oshirishda, shuningdek, boshqa huquqiy aktlarning amal qilishida yoki jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari amalga oshirilishida xizmat qiladi. Masalan, yuridik shaxsni davlat ro‘yxatiga olganlik to‘g‘risidagi qaror mazkur
shaxsning turli fuqarolik-huquqiy yoki ma’muriy-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishga imkoniyat beradi;
oltinchidan, boshqaruv aktlari huquqiy vositalar, jumladan: ma’muriy huquq sohasida davlat siyosatini o‘z vaqtida amalga oshirish; ma’muriy islohotlarni olib borish; davlat boshqaruvi maqsadlariga erishish; ijro etuvchi hokimiyat organlari, mansabdor shaxslar, davlat va mahalliy xizmatchilarning ish faoliyatini tashkil etish; fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Boshqaruv huquqiy aktlarining xususiyatlari uning mohiyati va yuridik tabiatini, shuningdek, uning ijtimoiy munosabatlarga ta’sirining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi.



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə