O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Davlat boshqaruvi faoliyatining boshqa shakllari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə53/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

3-§. Davlat boshqaruvi faoliyatining boshqa shakllari


Boshqaruv faoliyatini (harakatlarini) amalga oshirishning huquqiy shakllaridan biri — ma’muriy-huquqiy shartnomalar tuzish hisoblanadi. Hozirgi sharoitda ma’muriy-huquqiy shartno- malarning ahamiyati – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ommaviy huquqning, shuningdek, ommaviy-huquqiy munosabat- larda shartnomalar rolining o‘sib borishi bilan izohlanadi.
Ommaviy-huquqiy normalarning o‘rnatilishi nafaqat ijro etuvchi hokimiyat sohasida intizom va javobgarlikni kuchaytirishga, balki shartnoma vositalarini qo‘llash orqali boshqaruv vazifalarini hal etishning huquqiy mexanizmlarini yaratishga yo‘naltirilgan.
Ma’lumki, xususiy huquq sohasida shartnoma subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi odatiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Bu munosabatlar, qoida bo‘yicha, fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadi hamda uning ishtirokchilari teng huquqlarga ega bo‘ladilar.
Ommaviy-huquqiy tartibga solish esa, normativ va imperativ xususiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatmalar vositasida amalga oshiriladi. U umumiy maqsadlarga erishish va ommaviy manfaatlarni qondirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning irodasi va xulq-atvoriga hokimiyat-boshqaruv ta’sirini ko‘rsatadi.
Ommaviy huquqda huquqiy tartibga solishning alohida usuli hisoblangan — shartnomalardan ham foydalaniladi. Ommaviy- huquqiy sohada shartnomalar, ommaviy manfaatlarni qondirish maqsadida, boshqaruv funksiyalarini (masalan, muvofiqlash- tirish, bo‘ysunuv, tashkil etish, taqsimlashni) o‘z zimmasiga oladi. Ma’muriy-huquqiy shartnomalar muammosiga nafaqat moddiy ma’muriy-huquqiy normalar, ya’ni munosabat ishtirok- chilari, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, ijro etish tartibini o‘rnatuvchi normalar orqali, balki unga ma’muriy- protsessual huquq nuqtai nazaridan ham yondashish lozim bo‘ladi.
Ma’muriy-huquqiy shartnomalar jarayoni — boshqaruvning ma’lum bir turi sifatida, ma’muriy jarayon tarkibga kiradi.
Demak, ma’muriy-huquqiy shartnoma — bu ma’muriy- protsessual jarayonning bir turi bo‘lib, o‘zining moddiy qismi (mazmuni)ga ega. Amaldagi qonunchilikda uning aynan protsessual qismini rivojlantirish, dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Ma’muriy-huquqiy shartnomalar muammosiga bag‘ishlangan adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, aksariyat mualliflar vakolatlarning taqsimlanishi va yuqoridan quyiga berilishi, ma’lum sohalarda turli subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish, resurslar- dan foydalanish maqsadida ularni birlashtirish bilan bog‘liq gorizontal munosabatlarda ifodalanishini ko‘rsatib o‘tadilar.
Ma’muriy-huquqiy shartnomalarning mazmuni ularning xususiyatlarida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Yuridik adabiyotlarda berilgan tushunchalarga tayanib, ma’muriy-huquqiy shartnomalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ma’muriy-huquqiy shartnomalarga maxsus majburiyatlar (shartlar)ni nazarda tutadigan va oddiy fuqarolik-huquqiy shartno- malar doirasidan tashqari chiqadigan shartnomalarni kiritish mumkin.
Mazkur shartnomalarda davlat va jamiyat manfaatlarini qondi- rishni nazarda tutgan davlat vazifalarini amalga oshirish ifodalanadi.
Bugungi kunda, ijro etuvchi hokimiyat organlarining ma’lum bir majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish to‘g‘risida qabul qilgan qarorlarini — huquqiy akt sifatida tan olish hamda uning majburiyligini qonunchilikda o‘rnatish zarurati vujudga keldi.
Bunday qarorlar majburiy ijro etilishi, davlat budjeti mablag‘- laridan tegishli organlar orqali ta’minlanishi kerak.
Ma’muriy-huquqiy shartnomalarning majburiy shartlari ikkinchi ishtirokchi tomonidan bajarilmaganligi — mazkur shartnomalarda ko‘rsatib o‘tilgan iqtisodiy sanksiyalarni harakatga keltirishi, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan shartnomaning bir tomonlama tartibda bekor qilinishiga olib kelishi lozim.
Ma’muriy-huquqiy shartnomalarga — davlat xizmati bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni kiritish darkor.
Davlat xizmati to‘g‘risidagi shartnomalarda ijtimoiy ehtiyojlarni va fuqarolarning manfaatlarini qondirish, jamoat tartibini saqlashni ta’minlash bo‘yicha vakolatlar va funksiyalarning ijro etuvchi hokimiyat organlaridan xo‘jalik birlashmalariga va boshqa shaxslarga o‘tkazilishi nazarda tutiladi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə