O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Davlat boshqaruvi faoliyatining usullari tushunchasi va turlari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə55/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

1-§. Davlat boshqaruvi faoliyatining usullari tushunchasi va turlari


Boshqaruv jarayonida ijro etuvchi organlar oldida turgan vazifalarni muayyan vositalar va usullar orqali amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi usullari ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan boshqariluvchi obyekt- larga va shaxslarga ma’muriy ta’sir ko‘rsatish maqsadida, qonun- chilikda ruxsat etilgan doirada qo‘llaniladigan usul va vositalardir. Boshqaruv usuli huquqiy vosita sifatida davlat boshqaruvi faoliyatining maqsadlariga erishish, vazifalarini bajarish va funk- siyalarini amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. O‘z navbatida, boshqaruv usullari boshqaruv shaklari bilan chambarchas bog‘liq- dir. Chunki muayyan boshqaruv harakatlari natijasida yuzaga kelgan huquqiy oqibat (huquqiy akt) asosidagina boshqaruv usullari qo‘llanilishi mumkin. Aniqrog‘i, boshqaruvning huquqiy shakli bo‘lgan boshqaruv hujjatining qabul qilinishi u yoki bu


usulning qo‘llanilishiga asos bo‘ladi.
Boshqaruv usullari — ijro etuvchi hokimiyat organlari tomo- nidan boshqaruv maqsadlari, vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish hamda vakolatlarini ta’minlash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga boshqaruv usullari muayyan ijro etuvchi organlarning boshqaruv maqsadlariga qanday usul va vositalar bilan erishishini belgilab beradi. Boshqaruv usuli boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga nisbatan maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan ta’sir etish vositasi hamdir.
Boshqaruv usullarining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:

    1. boshqaruv usulidan foydalanishdan asosiy maqsad ijro etuvchi hokimiyat organlarining boshqaruv faoliyatida davlat boshqaruvini ta’minlashdan iborat;

    2. boshqaruv usullari boshqaruv faoliyatida qo‘llaniladi;

  1. davlat boshqaruv subyektlari o‘rtasida maxsus huquqiy munosabatlarni yuzaga keltiradi;

  2. boshqaruv usullarini qo‘llash tartibi asosan huquqiy aktlarda belgilanadi;

  3. davlat boshqaruv usullari boshqaruv subyektlarining vakolatlarini amalga oshirish vositasi hisoblanadi;

  4. boshqaruv usullarining qo‘llanilishini nazarda tutuvchi har qanday aniq holatda boshqaruv obyektining xususiyati (jismoniy shaxs, tashkilot, vertikal bo‘ysunuvning mavjudligi va hokazo.) inobatga olinadi.

Shunday qilib, davlat boshqaruvi usuli deganda davlat boshqa- ruvini amalga oshirish maqsadida boshqaruv subyektining boshqa- ruv obyektiga hokimiyat ta’sirini tushunish mumkin.
Davlat boshqaruv faoliyatida boshqaruv obyektlariga ta’sir ko‘rsatishning ikki asosiy usuli: ishontirish va majburlash usullari qayd etilgan.
Ishontirish — boshqaruv usuli sifatida shaxsning xulq-atvori, ongiga ta’sir etish uchun turli xil tushuntirish, tarbiyaviy va rag‘batlantirish choralaridan foydalanishni nazarda tutadi. Ushbu usul maqsadiga shaxsdan o‘rnatilgan tartib-qoidalarga ixtiyoriy ravishda rioya etishni talab etgan holda uning xulqiga axloqiy ta’sir etish orqali erishiladi.
Ishontirish usulining tushuntirish, tarbiyaviy va rag‘batlanti- rish choralarini qo‘llash natijasida maqsadga erishilmagan taqdirda boshqaruvning maqsad va vazifalari majburlash choralari bilan ta’minlanishi mumkin.
Majburlash choralari intizomiy, moddiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralari sifatida namoyon bo‘ladi. Majburlash choralari muayyan shaxsning huquqqa xilof xatti-harakati uchun ta’sir chorasini qo‘llashni nazarda tutishi yoki ayrim hollarda huquqiy-tartibot, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Boshqaruv usullari ma’muriy va iqtisodiy usullarga ham bo‘linadi. Ma’muriy usullar boshqaruv subyektining obyektga (fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat xizmatchilari) bir tomonlama
davlat-hokimiyat ta’siri ko‘rsatish orqali ifodalanadi. Bunda ushbu usulni qo‘llayotgan boshqaruv subyekti tegishli boshqariluvchilar uchun majburiy bo‘lgan va yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan huquqiy aktlarni qabul qiladi. Qabul qilingan qaror, buyruq yoki farmoyishning bajarilmaganligi intizomning buzilishi hisoblanib, aybdorga nisbatan qonunda belgilangan majburlov choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
Ma’muriy usullar boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga ta’sir ko‘rsatish usuli sifatida boshqariluvchining irodasini boshqaruvchining irodasiga bo‘ysundirishda, ya’ni «hokimiyatga bo‘ysundirishda» namoyon bo‘ladi. Boshqaruv subyekti o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida bir tomonlama ravishda tegishli shakl- lar (hujjatlar) orqali o‘zining hukmron irodasini ifodalaydi, bosh- qariluvchilar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar, topshiriqlar beradi. Ushbu topshiriqlarning mazmunini boshqari- luvchilar uchun beriladigan qaysi harakatlarni qanday usulda va qaysi muddatda bajarish kerakligi yoki qaysi harakatlardan tiyilish lozimligiga doir ko‘rsatmalar tashkil qiladi. Bunday usullar muayyan boshqaruv harakatlarini muvofiqlashtirish, boshqaruv maqsadlariga erishish, tartib va intizomni saqlash uchun nihoyatda zarurdir.
Boshqaruv obyektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etish (ma’mu- riy usul)dan foydalanmay turib davlat boshqaruvining maqsad va vazifalariga erishib bo‘lmaydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etish – bosh- qariluvchining irodasiga bevosita ta’sirni, buyruq xususiyatiga ega ekanligini, berilgan ko‘rsatmalarning bajarilishini rag‘batlantirishni o‘zida ifoda etadi.
Ma’muriy usullarni quyidagi asoslarga ko‘ra tasniflash mumkin: a)ma’muriy usullar ifodalash shakliga ko‘ra: huquqiy (norma-
tiv-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan, huquqiy mazmunga ega), tashkiliy (boshqaruv subyekti tomonidan tashkiliy-boshqaruv harakatlarini amalga oshirish) usullarga bo‘linadi.
b)ma’muriy usullar ma’muriy-huquqiy xususiyatlariga asosla- nib: normativ va individual usullarga bo‘linadi.
d)ma’muriy usullar boshqaruv obyektiga ta’sir ko‘rsatish darajasiga ko‘ra: imperativ, ya’ni taqiqlarni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ma’muriy buyruqlarni, davlat-hokimiyat ko‘rsatmalarlarini nazarda tutuvchi, shuningdek, tegishli harakatlarni sodir etish yoki tegishli xulq-atvorni amalga oshirishga majburlovchi usullar; vakolat beruvchi, ya’ni ma’lum bir harakatlarni amalga oshirish yoki boshqaruvning tegishli aktini qabul qilishga ruxsat beruvchi usullar; rag‘batlantiruvchi va tavsiya beruvchi, ya’ni rag‘batlantirish yoki ma’lum bir harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar beruvchi usullarga bo‘linadi.
Davlat boshqaruvining maqsad va vazifalariga bilvosita ta’sir etish, ya’ni iqtisodiy usullar orqali ham erishiladi. Iqtisodiy usullar boshqariluvchilarga ularning manfaatlarini qondirish, turli imtiyozli shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutuvchi bilvosita ta’sir usulidir.
Iqtisodiy usullarning qo‘llanilishi natijasida:
boshqaruv natijalariga erishish uchun boshqariluvchi shaxs- larning ongi va irodasiga ta’sir ko‘rsatishga;
boshqariluvchi subyektlarning manfaatlariga, ehtiyojlariga ta’sir ko‘rsatish orqali, ularning namunali xulq-atvorda bo‘lishini ta’minlashga;
ma’lum bir harakatlarni amalga oshirish va qarorlar qabul qilishni belgilovchi boshqaruv aktlari chiqarishga erishiladi.
Iqtisodiy usullarning qo‘llanilishi ma’muriy yoki boshqa usullar bilan chambarchas bog‘liq. Iqtisodiy usullar orqali muayyan imtiyozlarning, shart-sharoitlarning o‘rnatilishi natijasida boshqaruvning samaradorligiga ma’muriy usullar yoki boshqa ta’sir choralari qo‘llanilishi oqibatida erishish mumkin (masalan, soliq- larni o‘z vaqtida to‘lash huquq subyektlarining majburiyati yoki ular majburiy choralar bilan ta’minlangan bo‘lsa-da, iqtisodiy usul sifatida soliq imtiyozi o‘rnatish usulining qo‘llanilishi natijasida boshqaruv jarayonida muayyan samarali natijaga olib kelishi mumkin).
Iqtisodiy usullarga mehnat jamoalarini ham, alohida xodimlarni ham moddiy rag‘batlantirishda foydalaniladigan usullarning barchasi kiradi. Iqtisodiy usullar tizimi foyda, ish haqi, mukofotlar, kredit, baho kabilarni o‘z ichiga oladi. Birlamchi davlat yoki mahalliy ishlab chiqarish tashkiloti (korxona, birlashma) darajasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda iqtisodiy rag‘batlantirish,
xo‘jalik mustaqilligi, soliqqa tortish siyosati kabilar alohida o‘rin tutadi.
Iqtisodiy rag‘batlantirish boshqaruv usuli sifatida rejali ravishda ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan hamda mehnat jamoalari va har bir xodimning ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda uning samaradorligini oshirishdan manfaatdorligini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar tizimidir.
Iqtisodiy rag‘batlantirish ijtimoiy (mehnat jamoalarining man- faatlari) va shaxsiy manfaatlarning; xodimlarning yuksak ongliligiga asoslangan iqtisodiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishning; mehnat jamoalari va mansabdor shaxslarning belgilangan topshiriqlar va majburiyatlarni bajarmaganligi hamda ishdagi xatolari uchun moddiy javobgarligini nazarda tutuvchi iqtisodiy jazolarning uyg‘unligiga asoslanadi.
Mehnatni moddiy rag‘batlantirish ham alohida ahamiyatga ega. U mehnatga ishning miqdori va sifatiga qarab haq to‘lash prinsiðining qo‘llanishini, mehnat natijalarining to‘g‘ri bahola- nishini, ish haqining korxona, birlashma, tashkilot foydasi bilan aloqadorligini bildiradi. Moddiy rag‘batlantirish turlaridan birini organ, korxona, muassasa va tashkilotlar xodimlarini ish haqi fondidan mukofotlash, yil natijalari bo‘yicha mukofotlash hamda moddiy rag‘batlantirish fondidan beriladigan bir martalik to‘lovlar tashkil qiladi. Rag‘batlantirish fondlarining hajmi rentabellik darajasiga, shuningdek mehnat unumdorligining o‘sishi, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatining yaxshilanishi kabilarga bog‘liqdir. Mehnat jamoasi (korxona, birlashma) xo‘jalik mustaqilligi asosida faoliyat ko‘rsatib, ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadlar hisobidan mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot hamda loyiha va konstruktorlik ishlari, mahsulot va texnikaning yangi turlarini o‘zlashtirish, boshqaruv apparatini saqlash uchun
sarflanadigan xarajatlarni to‘liq qoplaydi.
Olinadigan foyda budjet, banklar bilan hisob-kitob qilish, ishlab chiqarishni texnikaviy jihatdan takomillashtirish va rivojlan- tirish, iqtisodiy rag‘batlantirish fondlari va zaxiralarini tashkil qilish uchun ishlatiladi. Daromadlarning xarajatlardan ko‘pligi ishning rentabelli ekanidan dalolat beradi. Moddiy manfaatdorlik ikki
tarkibiy qismdan iborat: moddiy rag‘batlantirish va moddiy javobgarlik. Moddiy rag‘batlantirish choralari xodimlarga samarali mehnati uchun mukofotlar ko‘rinishida beriladigan moddiy ne’mat- larning ko‘payib borishini nazarda tutadi. Moddiy javobgarlik choralari esa xodimlarning faoliyati zarar keltirgan hollarda ular oladigan moddiy ne’matlar miqdorining kamaytirilishini nazarda tutadi.
Boshqaruvning iqtisodiy usullariga kredit kiradi. Kredit yordamida qo‘shimcha kapital sarflashni talab etadigan ishlab chiqarish vazifalari hal qilinadi. Kreditdan foydalanish evaziga ishlab chiqarish va tovarlar shaklidagi fondlarning pul shaklidagi fondlarga aylanish jarayoni tezlashadi, ishlab chiqarish va muomala vaqti qisqaradi, pul mablag‘larining aylanishi tezlashadi. Kredit ishlab chiqarishni kengaytirish hamda fan-texnika taraqqiyotini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larining yirik manbaidir. Boshqaruvda boshqa iqtisodiy usullar, chunonchi, soliqqa tortish siyosati ham muhim o‘rin tutadi. Ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun soliqning maqbul foizini belgilash ushbu tashkilot- ning mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishdan manfaatdor bo‘lishiga yordam beradi va aksincha, soliqni asossiz ravishda ko‘paytirish ishlab chiqarish faoliyatini rag‘batlantirmaydi. Jamiyat uchun muhim bo‘lgan ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish
maqsadlarida davlat imtiyozli soliqlar belgilaydi.
Boshqaruvning iqtisodiy usullaridan foydalanish ularning samaradorligini nazorat qilishining amaliy tizimi bo‘lishini talab etadi. Ma’lumki, moddiy mukofot, ayniqsa individual mukofot miqdorini oshirish, agar u to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, odatda kutilgan natijaga erishilishini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, iqtisodiy usullarni noto‘g‘ri qo‘llash moddiy mukofotlashning kutilgan samara bermasligiga olib kelishi mumkin. Masalan, asossiz ravishda moddiy mukofot berish ko‘p hollarda salbiy oqibatlarga olib keladi, moddiy rag‘batlantirishning ta’sir kuchini kamaytiradi. Mukofot miqdorining haddan tashqari kamligi odatda rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ichki ishlar organlarida xodimlarni xizmatda erishgan katta yutuqlari uchun pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash, lavozim maoshini oshirish kabi moddiy rag‘bat- lantirish shakllari keng qo‘llaniladi.
Boshqa iqtisodiy choralar cheklangan sohalarda qo‘llaniladi, chunki ichki ishlar organlari ishlab chiqarish faoliyati bilan ula- rning ishlashi uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga kerak bo‘lgan darajadagina shug‘ullanadilar. Ular davlat budjeti hisobidan mo- liyalashtiriladilar, shu sababli kredit, soliqqa tortish, foyda, baho kabi usullarni joriy etishning obyektiv sharoitlariga ega emaslar.
Shu bilan birga, boshqaruvning iqtisodiy usullari O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimiga kiruvchi ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalarining faoliyatida to‘liq hajmda qo‘llaniladi.
Boshqaruvning ma’muriy va iqtisodiy usullari bilan bir qatorda, insonga ma’naviy, ruhiy ta’sir ko‘rsatish usullari keng qo‘llaniladi. Shu sababli boshqaruv ta’siri ko‘rsatishning ijtimoiy- psixologik usullari mustaqil guruh sifatida ajratiladi.
Boshqaruvning ma’muriy, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullari boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga ta’sir ko‘rsatishining turli usullarini ifodalaydi hamda o‘zaro bog‘liqdir. Ushbu usullarning har biri irodaviy yo‘nalishga, iqtisodiy mazmunga ega bo‘lishi hamda ijtimoiy-psixologik ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqaruv amaliyotida usullar bir-biridan ajratilgan holda qo‘llanilmaydi. Barcha usullar yagona vazifaga ega, ya’ni boshqaruv maqsadlariga erishishga xizmat qiladi. Ularni muayyan boshqarish subyektlari qo‘llaydilar hamda shu boshqarish obyekt- larining xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatadilar. Bir boshqaruv subyektiga bir vaqtning o‘zida bir necha usullar qo‘llanilishi mumkin. Boshqaruvning barcha usullari mazmuni, aniq maqsadga yo‘naltirilganligi va tashkiliy shakliga ko‘ra amaldagi qonunchilik hujjatlariga mos kelishi kerak.
Turli xil boshqaruv vaziyatlari, tarmoqlari va sohalarida u yoki bu usullardan ko‘proq foydalanish mumkin. Masalan, ishlab chiqarishni boshqarish sohasida iqtisodiy usullar afzal deb topiladi, boshqaruvning ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash sohalarida ijtimoiy-psixologik usullar keng qo‘llaniladi; mudofaa, ichki ishlar, milliy xavfsizlik sohalarida ma’muriy usullar ustunlik qiladi.
Boshqaruvning muayyan usullarini tanlash va ularni amalda qo‘llash subyektiv va obyektiv xususiyatga ega bo‘lgan bir qator omillar bilan bog‘liq.
Subyektiv omil boshqaruv ta’siri ko‘rsatish usullaridan foydalanishda alohida ahamiyatga ega. Yetarlicha malakaga ega bo‘lmagan xodimning boshqaruv usullaridan foydalanishga avtoritar yondashuvi salbiy oqibatlarga, boshqaruv maqsadlarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli rahbarlar tayyorgar- ligining sifati va darajasi, ularning bilimdonligi, shuningdek rahbarlarning qabul qilayotgan boshqaruv qarorlari, ularni amalga oshirish usullarini tanlashi uchun mas’uliyatini oshirish katta ahamiyatga ega.
Boshqaruv usullari boshqaruvning real jarayonida qo‘llaniladi. Bunda boshqaruv tizimi oldida turgan maqsad va vazifalar, boshqaruv subyekti va obyektining xususiyatlari, muayyan hayo- tiy vaziyatning tabiati va o‘ziga xos jihatlari, mavjud usullardan foydalanish samaradorligi, boshqaruv tizimining amal qilishidagi ichki va tashqi holatlar hamda boshqaruv subyektining ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan boshqa obyektiv omillar inobatga olinishi lozim. Shu sababli boshqaruv usullaridan foydalanishning subyektiv omillari obyektiv shart-sharoitdan kelib chiqishi kerak. U ijtimoiy boshqaruvning obyektiv qonuniyatlari va ehtiyojlariga bo‘ysun- dirilishi lozim. Har qanday qaror amaliy tajriba va ishni har
tomonlama o‘rganishga asoslanishi zarur.
Ichki ishlar organlarining boshqaruv tajribasida, boshqaruv- ning boshqa tizimlarida bo‘lgani kabi, boshqaruv usullarini tanlash va qo‘llashda quyidagi vazifalar hal qilinadi: boshqaruv ishini hal qilish uchun eng samarali usullarni yoki ularning eng maqbul majmuini aniqlash; boshqaruv jarayonida tanlangan usullardan mohirlik bilan foydalanish.
Boshqaruv usullaridan o‘zgarib borayotgan obyektiv sharoit- larni va ichki ishlar organlari faoliyatida yuz berayotgan o‘zgarish- larni hisobga olmay turib foydalanish boshqaruv usullarini qo‘llashda bir xillikka, binobarin, ularning amaliylik xususiyati pasayishiga olib keladi. Aksincha, ulardan boshqaruv jarayonidagi o‘zgarishlarni, to‘plangan tajribani inobatga olgan holda foydala- nilsa, samarali bo‘ladi. Bularning barchasi, pirovardida, ijtimoiy boshqaruv mexanizmi hamda uning tarkibiy qismi bo‘lgan bosh- qaruv usullarini takomillashtirish bilan bog‘liqdir.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə