O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Davlat boshqaruvida ma’muriy majburlash va uning xususiyatlari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə57/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

3-§. Davlat boshqaruvida ma’muriy majburlash va uning xususiyatlari


Ma’muriy majburlash davlat majburlovining muhim tarkibiy qismi sifatida ma’muriy huquq normalariga muvofiq qo‘llaniladigan huquqiy majbulov turidir.


Yuridik adabiyotlarda «ma’muriy majburlash» atamasining talqiniga oid bir necha yondashuvlarni uchratish mumkin. Ma’mu- riy majburlashga, eng avvalo, ma’muriy-huquqiy normalar bilan
mustahkamlangan huquqiy majburlovning sohaviy turi sifatida qaraladi. Huquqiy tizimning alohida tarmog‘i sifatida ma’muriy huquqning tartibga solish predmeti nuqtai nazaridan ma’muriy majburlash davlat boshqaruvini amalga oshirishda joriy etiladi. Ma’muriy majburlov choralarini ma’muriy qonunchilikda mus- tahkamlanganligini inobatga olgan holda, ushbu majburlov turini tartibga soluvchi normalar ma’muriy huquqning mustaqil huquqiy instituti ma’muriy-huquqiy majburlov instituti sifatida ham e’tirof etiladi. Shu o‘rinda ma’muriy-huquqiy majburlash bilan ma’muriy majburlash tushunchalarini bir-biridan farqlash mumkin. Bu tushunchalar o‘rtasidagi farqlarning yuzaga kelishiga, «ma’muriy majburlash» atamasining huquqiy asoslari, qo‘llash tartibi va subyektlari nuqtai nazaridan talqin qilinishida turli yondashuv- larning mavjudligi sabab bo‘lmoqda.
Bu borada ma’muriy huquq lug‘atida ma’muriy majburlashni
«jamiyatning hayotiy faoliyatida (jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligi, ruxsat berish tizimi, sanitariya, yong‘in xavfsizligi va b.) ijtimoiy normalar va qoidalarni bajarish maqsadida ijro etuvchi hokimiyat sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning munosib xulq-atvorda bo‘lishini majburiy ta’minlash usuli» deb ta’rif berilgan2. Ushbu tushunchadan ko‘rinib turibdiki, ma’muriy majburlashning alohida belgilaridan biri uni ijro etuvchi hokimiyat sohasida qo‘llanishidir. Shu bilan birga ma’muriy huquq fanida ijro etuvchi hokimiyat davlat hokimiyat organlarining tizimi sifatida ifodalanadi. Shu bois, ma’muriy majburlashni ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining turli sohalarida qo‘llanishini qayd etish mumkin.
Ma’muriy majburlash – qonunchilik hujjatlari bilan qo‘riqla- nadigan ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qilish maqsadida, ma’muriy huquq normalarida belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari tomonidan, qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda sudlar tomonidan qo‘llaniladigan davlat majburlovining alohida turidir. Mazkur tushunchada ma’muriy majburlashning maxsus belgilari sifatida uni qo‘llovchi subyektlar hamda majburiy choralarni qo‘llash tartibini belgilovchi normalarni qayd etish mumkin.
Ma’muriy majburlash bilan ma’muriy-huquqiy majburlash o‘rtasidagi farq xususida rus olimi Baxrax D.N. fikr yuritib, Ma’muriy-huquqiy majburlash — huquqqa xilof xatti-harakat sodir etilishi munosabati bilan ma’muriy huquq normalarida belgilangan majburlash choralarini funksional hokimiyat subyekt- lari tomonidan qo‘llaniladigan davlat majburlovining alohida turidir» deb qayd etadi. Ushbu tushunchada u ma’muriy-huquqiy majbur- lov subyekti sifatida «funksional hokimiyat»ni ko‘rsatib, faqat davlat organlarigina ma’muriy majburlash subyekti bo‘la olishi mumkin degan fikrni ilgari surgan.
Ma’muriy majburlash muammolari xususida juda ko‘p ilmiy izlanishlar olib borgan yana bir rus olimi M.I.Yeropkin ma’muriy majburlash «jamoat xavfsizligini ta’minlash yoki ma’muriy xatti- harakat uchun javobgarlikka tortish, huquqqa xilof xatti- harakatlarni to‘xtatish maqsadida fuqarolar, mansabdor shaxslar- dan yuridik majburiyatlarini bajarishga majbur etishdan iborat qonunda nazarda tutilgan choralarni davlat boshqaruvi organlari, sudlar, ayrim davlat-hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan jamoat tashkilotlari tomonidan qo‘llanilishi» deb ta’rif beradi_. Ushbu tushunchada ma’muriy majburlashning «huquqqa xilof xatti- harakatlarni to‘xtatish» maqsadida qo‘llanilishi bilan birga uni
«jamoat xavfsizligini ta’minlash yoki ma’muriy xatti-harakat uchun javobgarlikka tortish» maqsadida ham qo‘llanilishini nazarda tutuvchi maxsus belgilari sifatida qayd etilgan. Bunda muallif ma’muriy majburlashni qo‘llash fuqarolar va mansabdor shaxs- larning yuridik majburiyatlari bajarilishini ta’minlash vazifasini o‘taydi deb ta’kidlaydi.
Huquqshunos olim H.R.Alimov esa, ma’muriy majburlashga
«davlat boshqaruvi jarayonida ma’muriy huquqbuzarlikning oldini olish va aybdorlarni ma’muriy javobgarlikka tortish maqsadida kishilarning ongiga va xulqiga ruhiy, moddiy yoki jismoniy ta’sir ko‘rsatish» deb tushuncha bergan.
Yu.I. Starilov va V.G. Rozenfeldlar ma’muriy majburlashga ta’rif berib, uning qonunchilikda nazarda tutilgan ma’muriy sanksiyalarni qo‘llash tahdidi bilan subyektlar ongi va xulq-atvoriga ta’sir etish hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish maqsadida
qo‘llanilishini ifodalovchi belgilarini ko‘rsatib o‘tadi_. Ma’muriy majburlashni qo‘llovchi subyektlar doirasiga vakolatli organlar va mansabdor shaxslar qatorida jamoatchilik vakillarini ham kiritadi. Shunday qilib, ma’muriy majburlash tushunchasiga oid keltirilgan fikrlarni umumlashtirib, davlat majbulovining tarkibiy qismi hisoblagan ma’muriy majburlashning quyidagi xususiyat-
larini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

  1. Ma’muriy majburlash davlat boshqaruvi sohasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qilish maqsadiga ega davlat majburlovining alohida turidir. Ma’muriy-huquqiy norma- larda davlat organlari tomonidan huquq-tartibotni ta’minlashda qo‘llaniladigan keng doiradagi majburiy ta’sir etish choralari belgilagan. Ta’kidlash joizki, ushbu majburlov turi nafaqat ma’muriy-huquqiy normalar va munosabatlarni, balki boshqa huquq sohasi (mehnat, fuqarolik, yer va b.) normalarini ham qo‘riqlaydi.

  2. Ma’muriy majburlash davlat boshqaruvi sohasida ijtimoiy munosabatlarni huquqqa xilof xatti-harakatlardan himoya qilish, shuningdek jamoat xavfsizligini ta’minlash vositasi va kafolati hisoblanadi.

  3. Ma’muriy majburlash xizmat bo‘ysunuvi doirasidan tashqarida funksional hokimiyat subyektlari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu munosabatlar tashkiliy bo‘ysunuv bo‘lmaganida amalga oshiriladi.

  4. Ma’muriy majburlash subyektlari faqat vakolatli davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari hisoblanadi. Shuning uchun ham ma’muriy majburlashga xos xususiyatdan biri – sudlov tashqi tartibining qo‘llanilishidir.

  5. Ma’muriy majburiy ta’sir etish nafaqat alohida shaxslarga balki, tashkilotlar, jamoa subyektlariga ham qo‘llaniladi.

  6. Ma’muriy majburlash ma’muriy-huquqiy va ma’muriy- protsessual huquq normalari bilan tartibga solinadi, ularda ma’mu- riy majburlash choralarini qo‘llash tartibi va asoslari aniq belgilanadi. Ayrim hollarda alohida choralarni (masalan, maxsus ma’muriy cheklash choralari) qo‘llashning normativ-huquqiy tartibga solinishi tarmoqlararo xususiyatga ega (masalan, pul mablag‘larini xatlash fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadi).

  7. Ma’muriy majburlash choralari jamoat xavfsizligiga yoki shaxs hayotiga tahdid soladigan holatlarning yuzaga kelishi, ma’muriy huquqbuzarliklarning sodir etilishi (yoki sodir etilishi arafasida), shuningdek jinoyatlarning oldini olishda qo‘llaniladi.

  8. Ma’muriy majburlash choralarini qo‘llash tartibi nisbatan oddiyligi bilan farqlanadi. Masalan, ma’muriy-protsessual majburlovda jinoyat-protsessual majburlovga qaraganda huquqiy cheklovlar hajmi kamroq.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ma’muriy-huquqiy majburlovni jismoniy va yuridik shaxslarga yuklatilgan yuridik majburiyatlarlarni og‘ishmay bajarishini ta’minlashga qaratilgan, ma’muriy huquq normalarida belgilangan majburiy choralarni vakolatli subyektlar tomonidan qo‘llanilishini nazarda tutuvchi huquqiy majburlovning sohaviy turi deb qarash mumkin.
O‘z navbatida, ma’muriy majburlash – huquqiy majburlov- ning sohaviy turi sifatida huquqqa xilof xatti-harakatlarning sodir etilishi yoki jamoat xavfsizligiga yoxud shaxsning xavfsizligiga tahdid soladigan holatlar yuzaga kelishi munosabati bilan aybdor shaxslarning yuridik majburiyatlarini og‘ishmay bajarishini ta’min- lashga qaratilgan ma’muriy va ma’muriy — protsessual huquq normalarida belgilangan majburiy ta’sir choralarining funksional hokimiyat subyektlari tomonidan qo‘llanilishida ifodalangan davlat boshqaruvi usulidir.
Ma’muriy majburlash choralarini tasniflash ma’muriy huquqda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, alohida ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etadi. Aytish joizki, bugungi kunga qadar ma’mu- riy-huquqiy fanda ma’muriy majburlash choralariga nisbatan umu- me’tirof etilgan yagona fikr, qarash yo‘q. Shu bilan birga, soha olimlarining ko‘pchiligi ma’muriy majburlash choralarini tasnif- lashda asosiy mezon sifatida huquq-tartibotni ta’minlash usuli va ushbu choralarni qo‘llash maqsadini asos qilib oladilar.
Ma’lumki, dastlab rus olimi M.I. Yeropkin ham ma’muriy majburlash choralarini tasniflashda huquq-tartibotni ta’minlash usulidan kelib chiqib, ma’muriy majburlash choralarini uch guruhga taqsimlagan:

  1. ma’muriy oldini olish choralari;

  2. ma’muriy cheklash choralari;

  3. ma’muriy jazo.

Ma’muriy-huquqiy majburlov choralarini ta’sir etish usuliga ko‘ra oldini olish, cheklash, jazo turlariga ajratish haqidagi fikrni yana bir necha olimlar qo‘llab-quvvatladi.
Yuridik adabiyotlarda ma’muriy majburlash choralarining ushbu tasnifidan tashqari boshqa tasniflari ham mavjud. Jumladan, D.N.Baxrax ma’muriy majburlashning uch turini, ya’ni ma’muriy jazo, ma’muriy cheklash, tiklovchi choralarni qayd etadi. A.P.Korenev esa, ma’muriy majburlash choralarini ma’muriy oldini olish, ma’muriy cheklash, ma’muriy jazo, ma’muriy-protsessual ta’min- lash choralariga ajratadi.
Ushbu tasnifda keltirilgan ma’muriy-protsessual ta’minlash choralari O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘ri- sidagi kodeksining 285-moddasida sanab o‘tilgan. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ishlarni yuritishni ta’minlash choralari ma’muriy oldini olish (shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish, ashyolarni ko‘zdan kechirish), ma’muriy cheklash(ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish, transport vositasini boshqarishdan chetlatish) choralarida o‘z ifodasini topgan.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə