O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə65/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

Ikkinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikning harakatsizlik nati- jasida kelib chiqishi. Harakatsizlik – insonning belgilangan vazifa, majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlikda ifodalanadigan passiv xulq-atvori. Masalan, mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiq- maganlik, ota-onalarning bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi, hokimiyat vakili- ning qonuniy talablarini bajarmaganlikda ifodalangan huquq- buzarliklar — harakatsizlik natijasida kelib chiqadi.
Xuquqbuzarlikni sodir etish sharoitlari, ma’muriy huquqbu- zarlik obyektiv tomonining elementi sifatida, uni sodir etish vaqti va uslubini nazarda tutadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTK 90-moddasining 2-qismida ov qilish qoidalarini buzishning shartlari, ya’ni tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki uslublar bilan ov qilish yoki baliq tutish ko‘rsatib o‘tilgan.
Ma’muriy huquqbuzarlikning obyektiv tomoni — huquq normalari bilan nazarda tutilgan, mazkur huquqbuzarlikning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan xususiyatlar yig‘indisidir. Obyektiv tomon - qilmishni huquqbuzar xulq-atvorining tashqi ko‘rinishi sifatida ifodalaydi. Obyektiv tomon xususiyatlariga: huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik va ularning sodir etilishi bilan vujudga kelgan zararli oqibat kiradi. Masalan, transport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish

  • harakat tezligini oshirish (harakat), yo‘l belgilariga rioya etmaslik (harakatsizlik)da ifodalanuvchi turli xatti-harakatlarda namoyon bo‘ladi. Bunday qilmishlar yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid solishi,

Ma’muriy huquqbuzarlik obyektiv tomonining tarkibiy qismlariga, huquqqa xilof qilmish (harakat yoki harakatsizlik) va vujudga kelgan zararli oqibatdan tashqari, sodir etilgan qilmish va undan kelib chiqadigan zararli oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish ham kiradi. Bunday bog‘lanishni aniqlash - zararli oqibatlarning kelib chiqishi sharoitlarini, zararli oqibatlarning aynan mana shu yoki boshqa qilmish oqibatida vujudga kelganligini, qilmishning vujudga kelgan oqibatlarga qay darajada ta’sir etganligi va boshqalarni aniqlashga xizmat qiladi. Lekin ma’muriy huquqbuzarlikda sababiy bog‘lanishni aniqlashga hojat yo‘q, chunki qoida bo‘yicha vujudga kelgan zararli oqibatlar nomoddiy va odatda ijtimoiy zarar yoki ijtimoiy xavfli ko‘rinishda bo‘ladi. Shu sababli, huquqqa xilof qilmish bilan uning oqibati o‘rtasida sababiy bog‘lanishning mavjudligiga shubha tug‘ilmaydi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar ikki ko‘rinishga: formal yoki moddiy tarkibli huquqbuzarliklarga bo‘linadi.
Moddiy zarar kelib chiqishini nazarda tutmaydigan ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi – formal tarkibli ma’muriy huquqbuzarlik deb ataladi. Ma’muriy huquqbuzarliklar, jinoyatlardan farqli ravishda, aksariyat hollarda formal tarkibda bo‘lib, uni sodir etish natijasida moddiy zarar kelib chiqishi yoki kelib chiqmasligidan qat’i nazar, javobgarlik nazarda tutiladi. Masalan, transport vositasi haydovchisi tomonidan harakat tezligini oshirish natijasida hech qanday moddiy zarar kelib chiqmagan bo‘lishi mumkin, lekin bu harakatni sodir etish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanib, unga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llaniladi.
Formal tarkibli ma’muriy huquqbuzarliklardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi MJTKda bir necha moddiy tarkibli huquqbuzarliklar ham nazarda tutilgan. Bunday huquqbuzarliklarni sodir etish natijasida moddiy zarar kelib chiqqan bo‘lishi kerak. Masalan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li

bilan oz miqdorda talon-toroj qilish - moddiy tarkibli huquq- buzarlik hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlikning sodir etilganligini aniqlashda qonun chiqaruvchi, huquqbuzarlik obyektiv tomonining boshqa xususiyatlarini ham nazarda tutishi mumkin. Jumladan, sodir etilgan qilmishni ma’muriy huquqbuzarlik sifatida tasniflashda, ushbu qilmishning qaysi vaqtda sodir etilganligi muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 192-moddasida tungi vaqtda — soat 23.00 dan 06.00 gacha - fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, ya’ni baland ovoz bilan qo‘shiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yo‘laklari va eshiklarida, ko‘chalarda ovozi baland qilib qo‘yilgan televizorlar, radiopriyom- niklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolari va ulardan tashqarida juda zarur bo‘lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek, maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan. Agar, mazkur xatti-harakatlar boshqa vaqtda (soat 06.00 dan 23.00 gacha) sodir etilgan bo‘lsa, ushbu huquqbuzarlikning tarkibini vujudga keltirmaydi.
Ayrim hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik belgilashda, huquqbuzarlikni sodir etish joyini aniqlash zarur bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 187- moddasida ko‘chalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, bog‘larda, barcha turdagi jamoat transportida hamda spirtli ichimliklarni quyib sotishga ruxsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan boshqa jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichganlik uchun ma’mu- riy javobgarlik nazarda tutilgan. Mazkur moddada ko‘rsatib o‘tilgan joylardan tashqari, uyda yoki mehmonda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish ushbu modda bo‘yicha javobgarlikni vujudga keltirmaydi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə