O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə62/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

To‘rtinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik - jismoniy shaxs tomonidan sodir etiladigan qilmishdir. O‘zbekiston Respublika- sining MJTKga binoan ma’muriy huquqbuzarlikning subyekti sifatida faqatgina jismoniy shaxslar namoyon bo‘lishi mumkin.
Beshinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikda aybning mavjudligi, ya’ni ma’muriy huquqbuzarlik qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etiladigan ongli, irodali qilmish hisoblanadi.
Oltinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik jazoga sazovor qilmish- dir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi MJTK 10-moddasining 1-qismiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonunchilik hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan qilmish tushuniladi.
Shunday qilib, ma’muriy huquqbuzarlik deganda — qonun hujjatlariga binoan, ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan shaxsga, fuqaroning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihu- quqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Huquqbuzarlikning barcha xususiyatlari hisobga olinib, shaxsni amaldagi qonunlarga binoan jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas, deb hisoblangan taqdirda, bu huquqbuzarlikka nisbatan ma’muriy javobgarlik amalga oshiriladi. Javobgarlikka tortish - huquqbuzarlikning asosiy xususiyatlaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTK 10-moddasining 2-qismiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik uchun, agar bu huquqbuzarlik o‘z xususiyatiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmasa, ma’muriy javobgarlik kelib chiqadi. Lekin jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladigan holatlar mazkur Kodeksda nazarda tutilmagan. Faqatgina, MJTK 271-moddasining 8-bandida ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs xususida shu fakt
yuzasidan jinoyaiy ish qo‘zgatilgan bo‘lsa, ma’muriy huquq- buzarlik to‘g‘risida ish yuritishni boshlash mumkin emasligi, boshlangan ishning esa tugatilishi lozimligi belgilangan.
Bundan tashqari, yuridik adabiyotlarda «huquqbuzarlik» va
«nojo‘ya xatti-harakat» terminlari ko‘rsatib o‘tilgan. Bu terminlar mazmuni va xususiyatlari jihatidan o‘xshab ketadi. Lekin huquqbu- zarlik keng tushuncha bo‘lib, huquq nazariyasiga binoan, barcha huquqbuzarliklar jinoyat yoki nojo‘ya xatti-harakat sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Ma’muriy, intizomiy huquqbuzarliklar ma’muriy, intizomiy nojo‘ya xatti-harakat sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’muriy huquqbuzarlik o‘z nomi ham g‘ayrihuquqiy xatti- harakatdir. Bu qilinishi taqiqlangan narsani sodir etish yoki huquqiy norma bilan buyurilgan narsani qilmaslikdir. Kodeksning ba’zi moddalari muayyan turdagi huquqbuzarliklarga ta’rif berishda giðotezani (dispozitsiyani) va huquqiy norma sanksiyasini o‘z ichiga oladi, lekin ko‘pincha u «qoidalarni buzish...» degan havola qiluvchi ifodani qo‘llaydi (so‘ngra aynan qanday qoidalar haqida gap
borayotgani ko‘rsatiladi va sanksiya qo‘llaniladi).
O‘zbekiston Respublikasi MJTKda ma’muriy huquqbuzarlik- lar tajovuz qiladigan ijtimoiy munosabatlar doirasi atroflicha tavsiflab berilgan. Ularga aholining sog‘lig‘iga, mulkiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi, sanoat, qurilish, issiqlik va elektr energiyasidan foydala- nishdagi, savdo va moliya kabi sohalardagi ma’muriy huquq- buzarliklar kiradi.
Qonun chiqaruvchi ma’muriy huquqbuzarliklarga umumiy tavsif berishda ularni jinoyatlardan farqli o‘laroq ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar deb atamagan. Bu bilan huquqbuzarliklarning mazkur ikki turi o‘rtasidagi farktlar qayd etilgan. Amaldagi qonun- chilik hujjatlarida esa javobgarlikning sodir etilgan aybga muvofiq- ligini ta’minlash va davlat majburlovining haddan tashqari kengayi- shiga barham berilishi nazarda tutilgan. Ma’lumki, sodir etilgan jinoyatlar uchun sanksiyalar jinoyatga oid qonunchilik hujjatlarida
«jazolash» deb atalgan, xususan, «jazo» sifatida tavsiflangan. Ma’muriy huquqda esa «jazolash» va «jazo» atamalari yo‘q va jinoyatlar bilan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun beriladigan sanksiyalar shu bilan sifat jihatidan farq qilishi ta’kidlangan.
Ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning qonunlarga rioya qilish, umumiy yashash qoidalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, huquq- buzarlarning ham, boshqa shaxslarning ham yangi huquqbuzar- liklar sodir etishining oldini olish maqsadida faqat «javobgarlik me’yori» tatbiq etiladi. Binobarin, qonun chiqaruvchi ma’muriy jazo qo‘llash maqsadini aniqlash vaqtida jinoiy jazo maqsadidan farqli o‘laroq, «tuzatish va qayta tarbiyalash» ko‘rsatib o‘tilmaydi, bu ham jinoyat sodir etgan shaxslarga qo‘llaniladigan choralar bilan ma’muriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan (bular, odatda, tuzatish va qayta tarbiyalashga muhtoj emas) qo‘llaniladigan choralar o‘rtasidagi farqni bildiradi. Biroq, ma’muriy huquqbuzarliklar orasida jinoyatlarga tutashib ketadigan- lari va ularga yaqinlari ham bo‘ladi. Ana shu «chegara mintaqasi»ga nisbatan huquqbuzarliklarni to‘g‘ri tasniflash muammosi juda muhim va ayni vaqtda murakkabdir.
MJTK Maxsus qismining ko‘pgina moddalaridagi ma’muriy huquqbuzarliklar bilan ularga yaqin jinoyatlar o‘rtasida aniq chegara mavjud emas. Bunday chegara hamisha ham ko‘zga tashlanavermaydi va ular faqat Jinoyat kodeksi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risi- dagi kodeksning tegishli moddalari qiyoslangandagina ko‘zga tashlanadi. Qonun chiqaruvchi chegara chiziqlari sifatida quyidagi belgilardan foydalanadi: og‘ir oqibatlarning mavjudligi, ana shunday oqibatlarning ro‘y berishi mumkinligi; huquqbuzarlik yetkazgan zararning miqdori; ma’muriy jazo qo‘llanilgan taqdirda huquqbuzarlikning takrorlanishi yoki bir necha marta sodir bo‘lishi, qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilishi, ya’ni qasddan ayb ekanini bila turib sodir etilishi jinoyat hisoblanadi (jinoyat belgilari orasida kamdan-kam hollarda foydalaniladi). MJTKning 10-moddasiga ko‘ra ma’muriy hukuqbuzarlik sodir qilganlik uchun qonunchilik hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, bu javobgarlik boshqa jinoiy, intizomiy, moddiy va boshqa javobgarlikdan farqli bo‘lgan ma’muriy javobgarlikdir. Chunki hamma uchun majburiy bo‘lgan qoidalarning barchasi ham ma’muriy javobgarlik orqali muhofaza qilinavermasligini hisobga olish kerak.
Qonunda ma’muriy huquqbuzarlik belgilari ifodalangan harakat yoki harakatsizlikning subyektiv tomoniga katta e’tibor beriladi va shuni hisobga olgan holda ma’muriy huquqbuzarlikni u bilan tashqi tomondan o‘xshash obyektiv g‘ayrihuquqiy xulq-atvordan, u bilan rasman o‘xshash bo‘lgan harakatlardan farq qilinadi. Masalan, oxirgi zarurat, zaruriy mudofaa va g‘ayrihuquqiy holatda, qonunga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik yo‘q va shu sababli ma’muriy javobgarlik istisno qilinadi.
Ma’muriy javobgarlik ommaviy huquqiy xususiyatga ega. Bu davlat va uning vakolatli organlari oldidagi javobgarlikdir. Agar ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish bilan biron-bir kishiga mulkiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, u holda bu zararni qoplash masalasi alohida (zararning miqdori va ishni hal qiladigan organga qarab) hal etiladi yoki ma’muriy tartibda huquqbuzarlik haqidagi ishni ko‘rib chiqish bilan bir vaqtda sud tomonidan umumiy da’vo bildirish tartibida hal qilinadi. Birinchi holda biz yangi huquqiy hodisani, ma’muriy ishdagi fuqarolik da’vosini bildirishga o‘xshash bir holatni ko‘ramiz. Zararni bunday qoplash ma’muriy javobgarlik hisoblanmaydi.
Qonunchilik hujjatlarida huquqbuzarni ma’muriy javobgar- likdan ozod qilish mumkinligi ham nazarda tutilgan. Ma’muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo‘lgan taqdirda organ, mansabdor shaxs umuman ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin, bu esa ma’muriy jazo hisoblanmaydi. Bu o‘rinda ma’muriy huquqbuzarlik yaqqol ko‘rinib tursa ham uning uchun javobgarlik belgilanmagan. Mazkur xatti-harakat uchun qonunchilik hujjatlarida aynan ma’muriy javobgarlik ko‘zda tutilganligi va uning o‘zi shu sababli ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishi fakti bunday xatti-harakat uchun javobgarlikning boshqa turi bo‘lgan intizomiy javobgar- likning qo‘llanishini aslo istisno qilmaydi. Ma’muriy huquqbu- zarliklar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bunday huquqbuzarlik sodir etganida ayrim toifadagi xodimlar uchun ma’muriy javobgarlik emas, balki bevosita intizomiy javobgarlik qo‘llanishini nazarda tutadi, bu esa huquqqa zid xatti-harakatlarga bir vaqtning o‘zida ma’muriy hamda intizomiy xatti-harakat sifatida ikki tomonlama baho berish bilan bog‘liqdir. Masalan, harbiy xizmatchilar hamda
ichki ishlar organlarining oddiy askar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy emas, balki intizomiy javobgar bo‘ladilar. Qonunchilik hujjatlarida yuridik jihatdan ikki tomonlama baho beriladigan, ya’ni ham intizomiy, ham ma’muriy jazo beriladigan ayni bitta xatti-harakatga nisbatan taqiqlash mavjud emas.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə