O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va uning prinsiðlari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə70/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

§. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va uning prinsiðlari




O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risi- dagi qonunchilik hujjatlariga MJTK, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari kiradi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlash, ma’muriy huquqbuzar- liklar to‘g‘risidagi ishlarni o‘z vaqtida va obyektiv ko‘rib chiqilishi- ni, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun MJTK qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanday ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari quyidagi prinsiðlarga asoslanadi:

    • qonuniylik;

    • fuqarolarning qonun oldida tengligi;

    • demokratizm;

    • insonparvarlik;

    • odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi.

Qonuniylik — davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya qilishidir. O‘zbekiston Respublikasi MJTKning bir necha normalarida bevosita ushbu
prinsiðning talablari belgilab qo‘yilgan. Jumaladan, MJTKning 8-moddasiga ko‘ra ma’muriy huquqbuzarlik uchun hech kim qonunchilik hujjatlarida belgilangan asoslar va tartibdan boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish chorasiga tortilishi mumkin emas. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish qonuniylikka rioya qilish asosida olib boriladi. Tegishli vakolat berilgan organlar va mansabdor shaxslar ma’muriy ta’sir ko‘rsatish choralarini o‘z vakolatlari doirasida qo‘llaydilar. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llanish chog‘ida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuqori turuvchi vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib turilishi bilan, prokuror nazorati bilan, shikoyat berish huquqi bilan ta’minlanadi.
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi. O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. MJTKning 272-moddasiga asosan, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish barcha fuqarolarning jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, irqi, millati, tili, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida va shu ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) oldida tengligi asosida ko‘rib chiqiladi.
Demokratizm prinsipi. Ushbu prinsiðning mazmuni shundan iboratki, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ochiq ko‘riladi. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish- ning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida bunday ishlar huquqbuzarning ish, o‘qish joyidagi jamoalarida yoki yashash joyida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Insonparvarlik prinsipi. Vakolatli organ (mansabdor shaxs) ma’muriy jazo choralarini qo‘llashda javobgarlikning yengillashti- ruvchi holatlariga, huquqbuzarning moddiy ahvoliga e’tibor bergan holda ayrim huquqbuzarliklar uchun belgilangan sanksiyadan ham yengilrog‘ini qo‘llaydi yoki ogohlantirish bilan kifoyalanadi. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taalluqlidir. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun
javobgarlikni belgilovchi yoki kuchaytiruvchi hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi.
Odillik prinsipi. Ushbu prinsið vakolatli organlar (mansabdor shaxs) har bir ishni har tomonlama, to‘la va obyektiv ravishda aniqlab chiqishi, ishni qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etishi, ma’muriy ta’sir choralarini qo‘llashda qonunda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda huquqbuzarlikning xususiyati, huquqbuzarning shaxsi va boshqa holatlarni to‘la o‘rganib jazo qo‘llashini anglatadi.
Sodir etilgan huquqqa xilof xatti-harakat uchun qonunda belgilangan muddatlarda, inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlash maqsadida ma’muriy ta’sir choralarining qo‘llanilishi ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiðini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga asosan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining vakolatlariga quyidagilar kiradi: ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining prinsiðlarini aniqlash va umumiy qoidalarini belgilab berish; ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladigan harakat yoki harakatsizlikni, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organlar tizimini (mansabdor shaxslarni), mazkur ishlarni yuritish va chiqarilgan qarorlarning ijrosi tartibini belgilash; ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari sohasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakolatlarini belgilash; viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari hamda hokimlari ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan qaror qabul qilishlari mumkin bo‘lgan masalalar doirasini belgilash.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari sohasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagi vakolatlar belgilangan:

  1. jamoat tartibini saqlash masalalari bo‘yicha, basharti bu masalalar O‘zbekiston Respublikasi MJTK bilan tartibga solinmagan bo‘lsa, shuningdek tabiiy ofatlar va epidemiyalarga qarshi kurash masalalari bo‘yicha ma’muriy javobgarlik belgilash;

  2. O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 90, 109, 110, 161, 162-moddalariga, 164-moddasining 2-qismiga, 168-moddasiga binoan buzilishi ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladigan qoidalarni belgilash. Ushbu huquqbuzarliklar bo‘yicha mahalliy davlat hoki- miyati organlarining qarorlari bilan belgilanadigan jarimaning eng ko‘p miqdori fuqarolarga — eng kam ish haqining uch baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oshmasligi kerak.




  1. Yüklə 1,19 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə