O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə60/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

Ichki ishlar organlari tomonidan qo‘llaniladigan ma’muriy cheklash choralari. Bu choralarga ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish, transport vositasini boshqarishdan chetlatish, transport vositasini ushlab turish, majburiy davolash kabi choralar kiradi. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish — huquqbuzarning shaxsiy erkinligini vaqtincha cheklab qo‘yishdir. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish to‘g‘risida bayonnoma tuzilishi kerak. Ushlab turilgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, u ushlab turilgan joy haqida uning qarindosh-urug‘lariga ish yoki o‘qish joyidagi ma’muriyatga xabar beriladi. Voyaga yetmagan shaxs ushlab turilgani haqida uning ota- onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar albatta xabardor
qilinadi.
Ma’muriy ushlab turish ichki ishlar organlari, chegara qo‘shinlari, harbiy soqchilikning katta mansabdor shaxsi, harbiy avtomobil nazoratining mansabdor shaxsi, harbiy avtomobil nazoratining mansabdor shaxslari tomonidan qo‘llanishi mumkin. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish uch soatdan oshmasligi kerak. Mayda bezorilik qilgan shaxslar ularning ishi sudya yoki ichki ishlar organi boshlig‘i (boshliq o‘rinbosari) tomonidan
ko‘rib chiqilgunga qadar ushlab turilishi mumkin.
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish muddati huquqbuzar bayonnoma tuzish uchun olib kelingan paytdan boshlanadi, mast holdagi shaxslar uchun esa bu muddat ular hushyor tortgandan boshlab hisoblanadi.
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 288-moddasida ko‘rsatilgan. Unga asosan,
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish uch soatdan ortiq davom etishi mumkin emas. Ayrim hollarda alohida zarurat munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishning boshqacha muddatlari belgilanishi mumkin. Chegara tartibini yoki O‘zbekiston Respublikasi davlat chega- rasi orqali o‘tish punktlaridagi tartibni buzgan shaxslar bayonnoma tuzish uchun uch soatgacha ushlab turilishi mumkin, huquqbu- zarning shaxsini va huquqbuzarlik holatlarini aniqlash uchun zarur hollarda esa - ushlash paytidan boshlab yigirma to‘rt soat ichida prokurorga yozma tarzda ma’lum qilib, uch sutkagacha yoki huquq- buzarda o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, prokuror-
ning sanksiyasi bilan o‘n sutkagacha ushlab turilishi mumkin.
MJTKning 56–58, 61, 90-moddalarida, 164-moddasining
3-qismida, 170, 18Z, 184, 184², 184³, 191, 194, 195, 201,
204–206, 210-moddalarida, 225-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoxud o‘zining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirgan shaxslarning huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudya yoki ichki ishlar organi boshlig‘i (boshliq o‘rinbosari) tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar, lekin uzog‘i bilan 24 soatgacha ushlab turilishi mumkin.
Transport vositalarini ushlab turish O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 291-moddasiga asosan transport vositalarini haydov- chilar tomonidan MJTKning 125-moddasining 4 va 5-qismlarida, 126, 131, 135, 1351, 136, 1Z7, 1763-moddalarida, 194-
moddasida (militsiya xodimining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaslik hususidagi qismi) nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, shuningdek qonunchilik hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda - ichki ishlar organlari tomonidan ushlab turiladi.
Majburiy davolash. O‘zbekiston Respublikasining «Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida»gi 1992-yil 9-dekabr qonuniga asosan1 surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni O‘zbekiston Respub- likasi Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus davolash-oldini olish
muassasalarida mehnatga muqarrar jalb etish orqali majburiy davolash belgilab qo‘yilgan. Jamoat tartibini, boshqa shaxslarning huquqlarini buzayotgan, yoxud aholining osoyishtaligiga, salo- matligiga va ma’naviyatiga xavf tug‘dirayotgan surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarga nisbatan majburiy davolash qo‘llaniladi.
Shaxsni surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvand- likka mubtalo bo‘lgan bemor deb topish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda tegishli davolash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Shaxs majburiy davolashga jo‘natish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan hollarda, u ichki ishlar idoralarining ko‘magida o‘n kun mudat ichida narkologiya muassasasida majburiy tarzda tekshirilishi kerak.
Mazkur toifadagi shaxslarni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi materiallar tibbiy xulosa bo‘lgan taqdirda ichki ishlar organlari tomonidan ularning o‘z tashabbusiga ko‘ra, yoki bemor- ning oila a’zolari yoxud qarindoshlarining, mehnat jamoalarining, sog‘liqni saqlash muassasalarining iltimosnomalari asosida tayyorlanadi va rasmiylashtiriladi.
Sudning shaxsni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi qarori ichki ishlar organlari tomonidan bu qaror qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab kechi bilan o‘n kun muddat ichida ijro etiladi.


Nazorat uchun savol va topshiriqlar

  1. Davlat boshqaruvi faoliyatining usullari deganda nimani tushunasiz?

  2. Davlat boshqaruvi usullarining turlarini sanab bering.

  3. Boshqaruv usullarining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda ifodalanadi?

  4. Ishontirish usuli haqida tushuncha bering.

  5. Ma’muriy majburlash usuli tushunchasi, turlari haqida so‘zlab bering.

  6. Ma’muriy majburlash usulining o‘ziga xos xususiyatlari qanday?

  7. Ma’muriy majburlash choralarini tasniflab bering.

  8. Ichki ishlar organlari tomonidan qo‘llaniladigan ma’muriy majburlash choralari haqida tushuntirib bering.

  9. Ma’muriy nazoratni amalga oshirish tartibi qanday?

  10. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish tartibi va muddatlari haqida so‘zlab bering.



T o ‘ r t i n c h i b o ‘ l i m MA’MURIY HUQUQBUZARLIK VA MA’MURIY JAVOBGARLIK




  1. bob

MA’MURIY HUQUQBUZARLIK



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə