O`zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati



Yüklə 458,04 Kb.
səhifə15/111
tarix11.05.2022
ölçüsü458,04 Kb.
#86463
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   111
Jismoniy sifatlar

Maksimal urinishlar usuli. Mazkur usul mashg`ulotlarni submaksimal, maksimal va o`ta maksimal og`irliklar bilan o`tkazishga asoslangan. Har bir mashq bir necha marta takrorlanadi. Bir urinishda chegaraviy va o`ta yuqori qarshilikni yengan, ya`ni og`irlik 100% va undan ko`p bo`lgan holda mashqlarni takrorlashlar soni 1-2, ko`pi bilan 3 marta bo`lishi mumkin. Urinishlar soni 2-3, urinishdagi qaytarishlar orasida dam olish 3-4 daq., urinishlar orasida 2 dan 5 daq. gacha. Chegaraga yaqin qarshiliklar bilan mashqlarni bajarishda (maksimaldan 90-95% og`irlik bilan) bir urinishdagi harakatlar qaytarilishi soni 5-6, urinishlar soni 2-5. mashqlarni qaytarish orasidagi dam olish vaqti 4-6 daq. va urinishlar orasida 2-5 daq. harakatlar sur`ati - erkin, tezlik - eng kamdan maksimalgacha. Amaliyotda bu usulning turli yo`llari bor, ularning asosida og`irliklarni oshirishning turli usullari yotadi.

Nazarda tutish kerakki, chegaraviy yuklamalar harakatlar texnikasini nazorat qilishni qiyinlashtiradi, jarohat olish va ko`p shug`ullanib yuborish xavfini kuchaytiradi ayniqsa, bolalarda va boshlovchilarda. Shuning uchun u oliy malakali sportchilarning mashg`ulotlarida asosiy, lekin yagona bo`lmagan usuldir. U haftasiga 2-3 marta qo`llaniladi. Katta vaznlar, ba`zi hollarda 7-14 kunda bir marta ishlatiladi. 100% dan ortiq yuklar bilan mashqlar sheriklar yordamida yoki maxsus moslamalarni qo`llash yo`li bilan o`tkaziladi. 16 yoshgacha bo`lgan bolalarga bunday usulni qo`llash tavsiya etilmaydi.

Qaytarma maksimal urinishlar usuli maksimal dinamik kuchni mushaklar hajmidagi sezilarli ko`paytirmasdan oshirish uchun asosiy hisoblanadi. Uni qo`llash uchun sportchi oldindan tayyorgarlik ko`rgan bo`lishi lozim. Ushbu usul o`smrlarning kuch darajasini baholash uchun o`tkaziladigan nazorat sinovlari asosida yotishi mumkin. Nazorat uchun mashqlar, masalan, poldan shtangani tortish; gorizontal yotgan holda shtanga ko`tarish; yelkada shtanga bilan o`tirib turish.


Yüklə 458,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə