O`zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Portlash kuchini va mushaklarning ta`sirchanlik sifatini rivojlantirish



Yüklə 458,04 Kb.
səhifə23/111
tarix11.05.2022
ölçüsü458,04 Kb.
#86463
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   111
Jismoniy sifatlar

Portlash kuchini va mushaklarning ta`sirchanlik sifatini rivojlantirish.

Portlash kuchi - insonning eng qisqa fursatda eng katta kuchini namoyon qilish sifati. Mushaklarning ta`sirchanlik sifati - asab-mushak appa-ratining (AMA) o`ziga xos hususiyati, mushaklarning shiddatli mexanik cho`zilishidan so`ng keskin namoyon bo`ladigan kuchli harakat urinishi.

Portlash kuchi inson harakatlarida mushaklarning izotermik va dinamik ishi tartiblarida namoyon bo`ladi. Dinamik tartibda, odatda, turli kattaliklardagi tashqi qarshiliklarni yengishga to`g`ri keladi. Vaqt bo`yicha portlash urinishining namoyon bo`lish tavsifi tashqi sharoitlarga, maksimal kuchni rivojlanganlik darajasiga bog`liq bo`ladi va ishlayotgan mushaklarning boshlang`ich start kuchining namoyon bo`lishi bilan ifodalanadi. Har qanday sharoitdagi portlash urinishlarida inson start kuchini imkon qadar to`la ishlatishga harakat qiladi. Tezlanish kuchining namoyon bo`lish hususiyati tashqi qarshilikning kattaligiga hamda avval ta`kidlanganday, ishlayotgan mushaklarning maksimal kuchiga bog`liq. Zamonaviy ilmiy natijalar, start kuchining rivojlanishi mushaklar kuchi namoyon bo`lishining tezlanuvchi va maksimal yo`llariga nisbatan qiyin kechadi.

Og`irliklar bilan va sakrash mashqlari takror seriali usulda bajariladi, ularning eng ko`p tarqalganlari quyida keltirilgan.

1-yo`l. Vazn maksimaldan 60-80% yondashuvda maksimal tezlikda 4-6 takrorlash bajariladi. Takrorlashlar orasida mushaklarni bo`shashtirish lozim. Takrorlashlar sur`ati o`rtacha. Har bir seriyada 2-4 yondashuv, oraliqda 4-6 daq. tanaffus. Mashg`ulotda 2-4 seriya, oraliqlarda 6-8 daq tanafus.

2-yo`l. Vazn 60-80% mashqlar oqimi tartibda, ya`ni mushaklarning yon beruvchi tartibidan yengib o`tuvchi tartibiga o`tish bilan bajariladi. Og`irlikni balandlikning 1/3 qismiga qadar ko`tarib, keskin tushirish kerak va o`sha zahoti ko`taruvchi yengib o`tuvchi tartibga o`tish lozim. Yondashuvda 3-5 takrorlashlar bajariladi. Seriya 2-3 yondashuvdan iborat, oraliqda 4-6 daq tanafus. Mashg`ulot 7-8 daq, tanafusli 2-4 seriadan iborat.

3-yo`l. Mushaklar oyoqlarni rostlovchilar uchun mashg`ulot. Yelkada og`irlik bilan balandlikdan sakrab tushish. Vazn 30-60% oraliqda bo`lishi mumkin. Har bir sakrab tushish amortizatsiyali o`tirishdan so`ng, yon beruvchi tartibdan darhol yengib o`tuvchiga o`tish bilan bajariladi. Yondashuvda 4-6 marta sakraladi. Har bir seriada 2-3 mashq bo`lib, oraliqda 6-8 daq faol hordiq.

4-yo`l. Oyoq mushaklarining portlash kuchini rivojlantirish uchun sakrash mashqlari. Mashqlar maksimal og`irliklar bilan bir va ko`p marta sakrash orqali bajariladi.

Bir martalik sakrashlarni joyida o`tkazish mumkin. Bir seriada 4-6 marta sakraladi, serialar orasida kuch qayta tiklangunga qadar tanafus qilinadi. Mashg`ulot davomida 3-5 seria bajariladi.

Ko`p martalik sakrashlar 4 martadan 10-12 martagacha bir oyoqda yoki ikki oyoqda bajariladi. Yondashuvda 3-4 marta sakraladi, seriada 2-3 yondashuv mavjud, tanafuslar 3-4 daq. Serialar miqdori qattiq charchash alomatlari paydo bo`lgunigacha.

Portlash kuchini va mushaklarning ta`sirchanlik sifatini rivojlantirishda “jadal” usul alohida ajralib turadi. U pastga tushayotgan og`irlikning kinetik energiyasidan foydalanishga mo`ljallangan. Balandlikdan sakrab “qo`nayotganda” amortizatsiya vaqtida mushaklarning Yuk energiyasini Yutish jarayoni Yuz beradi. Shunday qilib, mushaklarda ortiqcha potentsial kuchlanish hosil bo`lib, darhol mushaklarning faol holatga o`tishiga sabab bo`ladi. “Jadal” usul “amortizatsion” kuchni rivojlantirishda ham qo`llaniladi. Mazkur usul chuqurlikka sakrash mashqlarini bajarishda ko`p qo`llaniladi, ularning eng ko`p tarqalgan yo`llari quyidagilar.




Yüklə 458,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə