O`zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati



Yüklə 458,04 Kb.
səhifə25/111
tarix11.05.2022
ölçüsü458,04 Kb.
#86463
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111
Jismoniy sifatlar

Tezlik kuchini rivojlantirish. Tezlik kuchi - nisbatan katta bo`lmagan tashqi qarshiliklarga qarshi tezkor harakatlar sharoitida namoyon bo`ladi va AMAning mushaklarni start va tezlanuvchi kuchini belgilovchi hususiyatlari bilan tasdiqlanadi.

Tezlik kuchini rivojlantirish uchun dinamik urinishlar usulidan foydalaniladi. Bu usul mashg`ulot mashqlarini maksimal tezlikda, nisbatan katta bo`lmagan - 30%gacha og`irlik bilan bajarishga asoslangan. Bunday usul tezlik kuch layoqatini, tez va portlash kuchini rivojlantirish uchun qo`llaniladi.

Asosiy shartlardan biri og`irlik harakat amallari tehnikasiga halaqt bermasligi uni buzmasligi, hamda amal bajarilish tezligini pasaytirmasligi lozim.

Tezlik kuchini og`irliklardan foydalanib rivojlantirishning bir necha texnologik yo`llari mavjud.



1-yo`l. Vazn-30-70% (mashqda qo`llaniladigan tashqi qarshilikka nisbatan). Harakatlar 6-8 marta o`rta sur`atda bajariladi. Seriada 2-4 yondashuv bajariladi, tanafus 3-4 daq. Bir mashg`ulotda 2-4 seria, faol hordiq 5-7 daq.

2-yo`l. Statodinamik hususiyatili mashqlar asos qilib olingan, maksimaldan 60-80%, oraliqda 2-3 izotermik kuchlanish bajarilib, tezlikda 30% og`irlik bilan harakatlaniladi. Izotermik kuchlanishni bajarish uchun maxsus moslamada yuk ushlab turiladi. Bir yondashuv 4-6 harakatdan iborat, dam olish ixtiyoriy. Seria 2-4 yondashuvni o`z ichiga olgan, tanafus 3-4 daq. Bir mashg`ulotda 2-4 seria bo`lib, orliqdagi tanafus 5-7 daq.

3-yo`l. Mashq asosan start kuchini va, hususan, mushaklarning start kuchini rivojlantirishga yo`naltirilgan. Vazn-60-65%. Harakatning boshlanishidagi qisqa muddatli portlash urinishi bajariladi. Mashqni qo`llash texnologiyasi yuqoridagi yo`lga o`xshash.

Tezlik kuchini rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishishning muhim sharti mashqni takrorlash oldidan mushaklarni bo`shashtirishdir.

Tezlik kuchini rivojlantirishning eng ko`p tarqalgan va sodda vositasi sakrashdir. Ularni qo`llash jarayonida asosiy texnologik omil itarilish tezligi va harakat quvvatini oshirmaslikka intilish. Maksimal tezlik va portlash kuchini rivojlantirishda ikki muhim shartni yodda tutish lozim.

Birinchisi har bir shug`ullanuvchi o`zining boshlang`ich jismoniy va, hususan, tezlik-kuch tayyorgarligini e`tiborga olishi lozim va shundan kelib chiqqan holda, ma`lum ta`sirga ega mashqlarni tanlashi kerak. Shuni nazarda tutish lozimki, agar mashqlarning ta`sir kuchi katta bo`lsa, organizmga zarar yetishi, kam bo`lsa, umuman samara bermasligi mumkin.

Ikkinchisi - mushaklar yuqori tezlikli, ta`sirchan, portlash yuklamalaridan keyin, o`ziga xos charchashdan halos bo`lishi, yangi yuklamalarga tezkorlik bilan tayyorlanishi kerak. Buning uchun doimo va maqsadli ravishda egiluvchanlikka mashqlar bajarish kerak, turli tortilishlar, cho`zilish, aylanma harakatlar bilan tanafuslarni to`ldirish maqsadga muvofiq.


Yüklə 458,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə