O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi


Sport faoliyatining psixologik tavsifi



Yüklə 146 Kb.
səhifə5/15
tarix08.09.2023
ölçüsü146 Kb.
#121465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-kurs Sport psixologiyasi o\'quv dasturi

Sport faoliyatining psixologik tavsifi
18-mavzu. Sport faoliyatining psixologik tavsifi
Sport faoliyati to‘g’risida umumiy tushuncha. Ekstremal faoliyat tо‘g‘risida umumiy tushuncha. Real va ramziy xavflar to‘g’risida tushuncha. Har bir sport turlaridagi ekstremal faoliyatlarning ahamiyati.
19-mavzu. Irodaviy zo‘r berishning sport faoliyatidagi ahamiyati
Sport faoliyatidagi irodaviy zo‘r berish va uning ahamiyati. Har qanday ixtiyoriy xatti-harakat uni amalga oshirish uchun juda kam miqdorda bo‘lsa-da, kishidan irodaviy zo‘r berishni taqozo etadi. Odamning irodaviy intilishlari, ya’ni xatti-harakatlari uning mushaklari harakatlaridan farq qiladi. Albatta, har qanday irodaviy zo‘r berishda ham, sezilar-sezilmas darajada muskul harakatlari mavjud bo‘ladi.
20-mavzu. Sportdagi xissiy-emotsional kechinmalarning xususiyatlari
Sport faoliyati kuchli va yorqin emotsional kechinmalari bilan ajralib turadi. Sportni his tuyg‘ularsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Sport faoliyatining kuchli his tuyg‘ularga boyligi, ularning emotsional jozibadorligi - bu sportning inson shaxsiyatiga ijobiy ta’sir qilishidagi eng muhim shartlardan biridir.Sportdagi xissiy emosional kechinmalarning xususiyatlari.

21-mavzu. Sport faoliyatidagi motivlar


Motiv - bu o‘ta murakkab psixologik birikma bo‘lib, u mazmun jihatdan kishi tomonidan amalga oshiriladigan hatti-harakatning, faoliyatning asosi bo‘lib hisoblanadi (ya’ni ushbu harakatga sabab bo‘lgan asoslarni ifodalaydi). Energetik jihatdan esa motiv - tanlangan maqsadga erishish uchun da’vatdir.Motiv to‘g’risida umumiy tushuncha. Sportdagi motivlarning rivojlanish dinamikasi. Sport bilan shug’ullanishning dastlabki bosqichi. Ixtisoslashgan va tanlangan sport turlari bosqichi, sport mahorati bosqichi.
22-mavzu. Sport motivlarining individual xususiyatlari
Sportdagi motivlarning individual xususiyatlari. Motivatsiya jarayonlariga oid ilmiy tadqiqotlarni umumlashtirar ekan, taniqli psixolog Yu.Yu.Palayma sport faoliyatiga nisbatan quyidagi to‘rtta motivatsiya guruhlarini alohida ajratib ko‘rsatadi Individualistik motivlar, kollektivistik motivlar, jarayonli motivlar, natijaviy motivlar.

Yüklə 146 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə