O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə56/133
tarix28.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#135342
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   133
Faoliyat ishlanma

Kerakli jixoz va materiallar: Qog'oz, falga, yelim, qaychi, lego, mavzuga oid rasmlar.
Faoliyatni borishi:

  1. Rasmlarni ko'rish.

  2. Bayramlarni bir – biridan farqlay olish.

  3. Qurilish materiallaridan archa yasash.

  4. Nima uchun archa daraxti katta va kichik ekanligi xaqida tushuncha ega qilish.

Qo'shimcha qism: Bolalar bilan archa o'yinchoqlarini yasash.
E'tiborga molik jihati.
Bolalarni jamoada ishlash qobilyatini rivojlantirish.
Ijodiy qobilyatini tasavvurini rivojlantirish.


Syujetli rolli o'yinlar va drammalash.
Oilada Yangi yil bayrami.”
Maqsad: Oilada Yangi yil bayrami xaqida taqdimot. Bolalarning nutqi, ijodkorligi rivojlanadi.
Kerakli jixoz va materiallar: Bezatilgan archa o'yinchoqlari, musiqa, quticha turli xil sovg'alar bilan.
Faoliyatni borishi:

  1. Oilada Yangi yil mavzusidagi an'analarni o'rgatish.

  2. Rollarni taqsimlash.

  3. Bolalar archani bezatish uchun buyumlarni tanlaydilar.

  4. Bolalar archani bezaydilar.

Qo'shimcha qism: Oilaviy archa atrofida qo'l ushlashib aylanish.
E'tiborga molik jixati:
Jamoa bo'lib xarakatlanishni umumiy natijaga erishishni tarbiyalash.


Nutk va til markazi
Yangi yil” archasiga qanday tayyorgarlik ko'rdik.
Maqsad: Bolalar mustaqil xikoya qilishga o'rganadi. Suxbatlashishga oid nutki rivojlanadi.
Kerakli jixoz va materiallar: “Yangi yil “ bayrami tasvirlangan kartochkalar
Faoliyatni borishi:

  1. Mavzu asosida rasmlarni ko'rib chiqish

  2. Rasmlar asosida suxbatlashish.

  3. Bolalar lug'atini boyitish.

Qo'shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga jamoa bo'lib, 3-4- kartochka asosida xikoya yoki ertak tuzishni taklif
qilishi mumkin.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə