O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida


-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining



Yüklə 443,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix21.09.2023
ölçüsü443,27 Kb.
#122713
1   2   3   4   5   6   7
Odob ahloq 31.08.2023 282-буйрук.

2-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining
Qoidalarga rioya qilishi
6. Taʼlim muassasasida shaffoflik, hamjihatlik, bagʻrikenglik, oʻzaro
ishonch, izzat-hurmat, xavfsiz, doʻstona muhitni yaratish ta’lim-tarbiya jarayoni
ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlaridagi muhim shartlardan biri hisoblanadi.
7. Taʼlim muassasalari har bir oʻquvchiga eʼtiborli va odilona munosabatda
boʻladi, taʼlim-tarbiya jarayonida barcha oʻquvchilarning bilim olishlari uchun teng
imkoniyatlarni yaratadi.
Taʼlim muassasasining ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari:
taʼlim-tarbiya jarayonida vujudga kelgan muammolarni, shu jumladan,
intizom bilan bogʻliq muammolarni Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari va qonun
osti hujjatlariga va ushbu Qoidalarga koʻra hal etadi;
oʻquvchilarning jismoniy, fiziologik va psixologik rivojlanish darajasi,
ularning shaxsiy hayotini hurmat qilish, ota-onalarining (oila) qonuniy
manfaatlarini hisobga olish, oʻquvchi haqidagi shaxsiy maʼlumotlar maxfiyligini
saqlashga amal qilishi kerak.
8. Oʻquvchini oʻquv jarayonida ishtirok etishidan chetlatish, uni oʻz kuchi
bilan erishgan imtiyozidan mahrum qilish, asossiz imtiyoz berishga yoʻl
qo‘yilmaydi.
9. Taʼlim muassasasi hududida har bir ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari
hamda tashrif buyuruvchi boshqa fuqarolar shaxsiy mobil aloqa vositalarini
ovozsiz holatga keltirishlari, ta’lim muassasalarida ichki imkoniyatlaridan kelib
chiqqan holda (maktab foyesi, ma’naviyat xonasi, sinf xonalari va boshqa
qulflanadigan joylarda) qulfli qutilar tashkil etilishi, ta’lim muassasasining
binosiga kirilganda mobil aloqa vositalarini topshirish va dars jarayonlari
tugagandan so‘ng qabul qilib olish tartibini yo‘lga qo‘yish tavsiya etiladi.
Ta’lim muassasasida pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi
boshqa shaxslar tomonidan mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya


5
etilishini maktab rahbariyati, o‘quvchilar tomonidan mobil telefondan foydalanish
qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan
nazorat qiladi.
Oʻqituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan
foydalanish holatlari davom etganda fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, direktor
o‘rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog) ishtirokida oʻquvchining telefoni
(smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qoʻyiladi va holat yuzasidan maktab
direktori hamda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari
ogohlantiriladi.
Maktabning “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi
va kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida holat muhokama etilib, tegishli
tushuntirishlar olib borilganidan soʻng mobil aloqa vositalari oʻquvchining
ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga qaytarib beriladi.
Shunday holat oʻquv yili davomida bir o‘quvchi tomonidan ikki va undan
ortiq marotaba takrorlanganda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy
vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi
kodeksining tegishli moddasi asosida maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, oʻquvchi
ichki ishlar organlarining profilaktik roʻyxatiga olinadi.
10. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari taʼlim muassasasida quyidagilarga
amal qilishlari lozim:
pedagog shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari;
oʻzaro munosabatlarda yagona jamoa sifatida hurmat, doʻstlik, hamjihatlik,
halollik va adolat tamoyillariga rioya etishlari;
turli xil zoʻravonlik va kamsituvchi (bulling) xatti-harakatlariga yoʻl
qoʻymaslik;
pedagog va oʻquvchilar tasdiqlangan mashgʻulotlar jadvali asosida ishga va
darsga oʻz vaqtida kelishlari;
taʼlim muassasasining hududi va yoʻlaklarida tartib bilan yurishlari;
bir-biri bilan salomlashishlari, bunda, oʻquvchilar pedagoglarga, kichik
yoshdagilar katta yoshdagilarga birinchi boʻlib salom berishlari (
ushbu holatlarda
qoʻl berib soʻrashish istisno boʻlib, yoshi katta shaxslar yoki xotin-qizlar birinchi
boʻlib qoʻl uzatganidan keyingina ularga javoban qoʻl uzatishlari tavsiya etiladi
);
pedagog va texnik xodimlardan ish vaqtida kasb etikasi hamda maktabning
ustavi bilan tasdiqlangan talablarga koʻra kiyinishlari;
kiyimlarning oʻta tor yoki oʻta keng bichimda boʻlmasligi;
kiyimlarning toza va dazmollangan boʻlishi.
Taʼlim muassasa ustavida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining mehnat
faoliyati davomida kiyinish madaniyatiga boʻlgan talablar aks ettirilmagan boʻlsa,
quyidagilar namunaviy talab sifatida tavsiya etiladi:
erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim
(imkon
qadar qora, toʻq koʻk rangdagi),
koʻylak
(oq, havorang va shu kabi),
boʻyinbogʻ,
poyabzal
(qora rangda boʻlishi tavsiya etiladi)
kiyishi;
ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka
(imkon
qadar qora, toʻq koʻk rangdagi),
havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim


6
(imkon qadar qora, toʻq koʻk rangdagi),
tanani ochiq koʻrsatib turmaydigan yupqa
(harir) boʻlmagan kofta
(oq, havorang va shu kabi),
koʻylak, past poshnali yoki
poshnasiz poyabzal
(qora rangda boʻlishi tavsiya etiladi)
kiyishi;
(Taʼlim muassasa Ustavi bilan taʼlim muassasasi rahbariyati va pedagog
xodimlari formasining rangi va qoʻshimcha belgilariga oʻzgartirishlar kiritilishi
mumkin).
umumeʼtirof etilgan milliy-anʼanaviy shakllarga va maʼnaviy-axloqiy
tarbiyaga zid keladigan yoki sport
(dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida
jismoniy tarbiya va chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlari
oʻqituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, taʼlim muassasasi
hududida oʻtkaziladigan turli sport va koʻngilochar tadbirlar bundan mustasno)
kiyimlarida boʻlmasligi lozim.
Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining tashqi koʻrinishi
boʻyicha quyidagi talablar belgilanadi:
tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan
boʻlishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin
(gʻayrioddiy)
ranglarga boʻyalmagan
boʻlishi;
erkaklarning soqoli olingan boʻlishi;
ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki
metall buyumlar taqib yurmasligi;
oʻz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga sabab boʻladigan holatlarga yoʻl
qoʻymasliklari;
pedagoglar
oʻzining
pedagogik
va
psixologik
sohadagi
bilim
va ko‘nikmalarini doim takomillashtirib borishi, shu bilan birga malakasini hamda
professionallik darajasini oshirishga koʻmak beradigan tadbirlarda muntazam
ishtirok etishi;
pedagoglar huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlari bilan tanishib borishi, ularga ogʻishmasdan amal
qilishi, mavjud barcha standartlar, bayonlar, tavsiyalardan xabardor boʻlishi lozim.
11. Taʼlim muassasasi hududida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining
munosabatlari oʻzaro hurmat va xushmuomalalik tamoyillariga asoslanishi lozim,
biror bir taraf tomonidan boshqasining shaxsiyatiga zoʻravonlikni (bulling) aks
ettiruvchi va kamsituvchi (diskriminatsiya) xatti-harakatlarning sodir etilishiga yoʻl
qoʻyilmaydi;
oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari taʼlim muassasasidagi
dars jarayoniga aralashishi mumkin emas, tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan
bahsli vaziyatlar faqatgina muassasa rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari)
hamda muassasa psixologi bilan dars jarayoniga xalaqit bermagan holatda hal
etiladi;
tomonlar bahsli vaziyatlar yuzasidan kelishuvga erishmagan holatlarda
oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakili va taʼlim muassasasiga biriktirilgan ichki
ishlar organlarining inspektor-psixologiga murojaat etiladi;


7
taʼlim muassasasi oʻquvchi manfaatlari yoʻlida barcha maʼlumotni
oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga yetkazadi;
pedagog taʼlim muassasasi, oila va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlarda
pozitiv va faolligini namoyish etishi lozim.
12. Pedagoglar dars mashgʻulotlari boshlanganidan soʻng besh daqiqa ichida
oʻquvchilarning davomatini aniqlash, surunkali va muntazam dars qoldirayotgan
oʻquvchilar haqida muassasa rahbariyatiga yozma ravishda ma’lumot taqdim etishi
talab etiladi.
13. 

Yüklə 443,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə