8
taʼlim muassasasining mulki
(parta, stol, stul, doska, oʻsimliklar, hayvonot
dunyosi va hokazolar)
va oʻquv jihozlari
(kompyuter texnikasi, laboratoriya
jihozlari, sinfxonalardagi stend va bannerlar)
ga zarar yetkazmaslik;
oʻzidan kichiklarga nisbatan izzatda boʻlish, kattalarga esa hurmat
koʻrsatish;
oʻqituvchilar va taʼlim muassasasiga kelgan mehmonlar bilan uchrashganda
salom berish;
taʼlim muassasasi yoʻlaklarida tinchlikni saqlash.
b) dars mashgʻulotlarida:
tegishli darslik va zarur oʻquv qurollari bilan ishtirok etish;
darslarda oʻquv jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ishlarga
chalgʻimaslik;
oʻqituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bermoqchi boʻlganda
qoʻlini koʻtarib ruxsat soʻrash;
sanitariya-gigiyena va texnika xavfsizlik qoidalariga toʻliq amal qilish.
d) tanaffusda:
oʻz oʻqish joyini toza saqlash va tartibga keltirish;
navbatdagi dars boʻladigan sinf xonasiga oʻz vaqtida oʻtish;
fan oʻqituvchisining koʻrsatmasi boʻyicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash.
e) taʼlim muassasasining oshxonasida:
ovqatlanishdan oldin va keyin qoʻllarini yuvish;
umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish;
taomlarni olishda navbatga turish va imkoni boricha ijtimoiy masofani
saqlash;
pedagoglar, oʻzidan kichiklarga va qizlarga hurmat koʻrsatish;
ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
ovqat va ichimliklarni oshxonaning oʻzida isteʼmol qilish;
ovqatlangandan soʻng idishlarni yigʻishtirib qoʻyish.
f) taʼlim muassasasining kutubxonasida:
kutubxona xodimlari bilan xushmuomalada boʻlish;
kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish;
kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.
g) sport zali
(majmuasi)
da:
sport zaliga xos boʻlgan kiyim va poyabzalda kirish;
sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;
mashgʻulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta
topshirish;
sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga toʻliq rioya qilish.
15.
Dostları ilə paylaş: