O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida


Oʻquvchilarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi



Yüklə 443,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix21.09.2023
ölçüsü443,27 Kb.
#122713
1   2   3   4   5   6   7
Odob ahloq 31.08.2023 282-буйрук.

Oʻquvchilarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:
taʼlim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan oʻgʻil
bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq
koʻrsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda boʻyni va barmoqlariga turli xil
taqinchoqlar taqishi;


9
oʻzaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish
(diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo soʻzlarni ishlatishi, turli xil
(jismoniy, ruhiy va boshqa) zoʻravonlikni (bulling) koʻrsatishi;
qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos
boʻlmagan yoki taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli, shuningdek, taʼlim
muassasasi, oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan
munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga
joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi;
dars jarayonida quloqchinlar
(naushnik)
orqali uyali aloqa vositalari va turli
xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining
kamerasi orqali tasvirga olishi;
taʼlim muassasasi kompyuterlarida taʼlim muassasasiga tegishli boʻlmagan
maʼlumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan bolalarning yosh
xususiyatlariga mos boʻlmagan turli videomateriallar, taqiqlangan diniy
maʼlumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zoʻravonlikni
targʻib
qiluvchi,
pornografik
xarakterdagi
har
qanday
video,
audio
va fotomateriallarni tayyorlashi, saqlashi, foydalanishi va targʻib etishi;
taʼlim muassasasi hududida tugʻilgan kun, Oʻzbekiston qonunchiligida
belgilanmagan turli bayram tadbirlarini nishonlashi.
16. 
Pedagog va xodimlarga quyidagilar taqiqlanadi:
jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish,
ruhiy, jismoniy va boshqa zoʻravonlik koʻrsatish;
oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki
kiritmaslik;
“Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf
xonasida ushlab turish;
dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish;
taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan holda kelish;
taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki
mahsulotlarini isteʼmol qilish;
muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi
boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;
taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik
ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish.
17. Tajribali ustozlar va yosh oʻqituvchilarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi
oʻzaro munosabatlari “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida tartibga solinadi.
18. Taʼlim muassasasida dars mashgʻulotlarining boshlanishi va tugashi
maktab Ustavida ko‘rsatilgan qoʻngʻiroqlar jadvali asosida amalga oshiriladi.
19. Taʼlim muassasasida oʻtkaziladigan dars mashgʻulotlari boshlanishida:
oʻqituvchi sinfga kirib kelishi bilan oʻquvchilar hurmat yuzasidan
oʻrinlaridan turgan holda kutib olishlari, bir ovozdan “Assalomu alaykum”
(rus tili
yoki chet tili fanlarida tegishli tilda salomlashish)
deb salom berishlari;
oʻqituvchi “Va alaykum assalom”
(rus tili yoki chet tili fanlarida tegishli
tilda salomlashish)
deb alik olishlari va uning ruxsatidan soʻng oʻquvchilar


10
oʻrinlariga oʻtirishlari, bunda 1-4-sinf oʻquvchilari oʻquv kunining birinchi dars
soatida, 5-11-sinf oʻquvchilari har bir darsda sinfga kirgan fan oʻqituvchisiga xuddi
shunday tartibda munosabatda boʻlishi lozim.
20. Taʼlim muassasasida “Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalinganda oʻquvchilar
pedagogning ruxsati bilan sinf xonasini tark etadilar. Oʻz navbatida, pedagog dars
mavzusini akademik soat reglamentiga muvofiq toʻgʻri taqsimlashi talab etiladi.
Pedagog sinfdan chiqayotganda oʻquvchilar oʻrinlaridan turishlari,
“Xayr, salomat boʻling!” deb hurmat koʻrsatishlari kerak.

Yüklə 443,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə