O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 443,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix21.09.2023
ölçüsü443,27 Kb.
#122713
1   2   3   4   5   6   7
Odob ahloq 31.08.2023 282-буйрук.

Vazir
X.Umarova
Toshkent sh.,
2023-yil 31-avgust,
282-son
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: OE81396385
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: OE81396385
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: OE81396385


3
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan
namunaviy odob-axloq qoidalari
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy
odob-axloq
qoidalari
yangi
tahrirdagi
Oʻzbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”,
“Bola huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida”, “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida
nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”, “Axborot
erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunlari va Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Maʼnaviy-maʼrifiy
ishlar
tizimini
tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, “Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz
maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida” va “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy hamda
tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qarorlari va umumeʼtirof etilgan maʼnaviy-axloqiy tamoyillar asosida umumiy
o‘rta taʼlim muassasasining rahbariyati, pedagog va texnik xodimlari hamda
oʻquvchilari, ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari (keyingi o‘rinlarda
- ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari) uchun ishlab chiqildi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy
odob-axloq qoidalari (keyingi oʻrinlarda – Qoidalar) umumiy oʻrta taʼlim
muassasasi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun odob-axloq tamoyillari,
xulq-atvor meʼyorlariga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Ushbu
Qoidalar
umumiy
oʻrta
taʼlim
muassasasida
(keyingi
oʻrinlarda – taʼlim muassasasi) taʼlim va tarbiyaning oʻzaro uygʻunligini
taʼminlash, oʻqituvchi mavqeyining daxlsizligini eʼtirof etish, doʻstona
va ishchanlik muhitini yaratish, oʻquvchilar tomonidan oʻquv dasturini
muvaffaqiyatli oʻzlashtirish, inson va uning huquqlariga hurmatni oshirish,
odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.
2. Mazkur Qoidalar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi
taʼlim muassasalarida tatbiq etiladi, nodavlat va boshqa turdagi oʻquv muassasalari
uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab
ta’limi vazirining
2023-yil 31-avgustdagi
282-son buyrug‘iga
1-ILOVA


4
3. Qoidalarning maqsadi taʼlim muassasasida sogʻlom ijtimoiy-psixologik
muhitni shakllantirish, oʻquvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida
taʼlim-tarbiya berish, shaxs va uning huquqlarini hurmat qilish, odob-axloq
madaniyati va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, yuksak maʼnaviy-axloqiy
fazilatlarini shakllantirish, oʻquvchilar sogʻligʻini saqlash, ta’lim-tarbiya jarayoni
ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlashga imkon beradigan doʻstona ish muhitini
yaratish va taʼlim muassasasi mulkini asrab-avaylashdan iborat.
4. Qoidalar taʼlim muassasasi va uning hududida, darsda, tanaffusda, darsdan
tashqari mashgʻulotlar paytida, taʼlim va tarbiya bilan bogʻliq tadbirlarda ta’lim-
tarbiya jarayoni ishtirokchilarining oʻzlarini tutishni tartibga soladigan me’yorlar
toʻplami hisoblanadi.
5. Mazkur Qoida talablari ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun taʼlim
muassasasi hududi doirasida majburiy hisoblanadi.

Yüklə 443,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə