O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)



Yüklə 143,31 Kb.
səhifə6/8
tarix30.12.2023
ölçüsü143,31 Kb.
#166781
1   2   3   4   5   6   7   8
TTM Fan dasturi (2)

3.

V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:

  • texnologiya fanining umumiy o`rta ta’lim maktablarida o`qitilishi va fan o`qituvchisining faoliyati, o`quv ustaxonalarining moddiy texnik ta’minoti to`g’risida tasavvurga ega bo`lishi;

  • texnologiya ta’limining rivojlanishi va istiqbollari, texnologiya fanida didaktik tamoyillar, dars shakllari, metodlari, texnologiya fanida tuziladigan o`quv-me’yoriy hujjatlar, davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilish mezonlari va unga qo`yiladigan talablarni, metodik ishlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • o`quvchilarning mehnat tayyorgarligi bo`yicha o`quv rejasi va dasturlar mazmunini; o`quv jarayonini tashkil etish va texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlarni ishlab chiqish, texnologiya fani darslarini olib borish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak;

  • talaba amaliy malaka hosil qilishi va amalda qo`llay olishi; texnologiya fani mashg’ulotlarini o`tkazish; o`quv jarayonini rejalashtirish; o`quvchilar bilimini baholay olish; mahalliy, tabiiy materiallardan foydalanish; darslarni tahlil qilish; darslarni pedagogik va axborot texnologiyalar asosida tashkil qilish va o`tkazish malakalariga ega bo`lishi kerak;

4.

VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
Ma’ruza;
Keys-stadi;
Amaliy mashg’ulotlar;
Individual loyihalar;
Taqdimotlar qilish;
Guruhlarda ishlash;
Jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish;

5.

VII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar va tushunchalar haqida mustaqil mushohada yuritish, joriy va oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha variantlar asosida yozma topshiriqlarni bajarishi zarur.


Yüklə 143,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə