O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


-rasm. Parallel to’g’ri chiziqlar mavzusini o’qitishda foydalanilgan namoishli tajriba



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə6/12
tarix27.05.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#113575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mirzayeva Xurshida nev

1-rasm.
Parallel to’g’ri chiziqlar mavzusini o’qitishda foydalanilgan namoishli tajriba.

2-rasm.
Perpendikulyar chiziqlar mavzusini o’qitishda foydalanilgan namoishli tajriba.

Darsni tashkil ertish bo’yicha F.A.Orexov tavsiyalarini keltiramiz: o'quvchilarning ishini kuzatib turish darsning ajralmas qismidir. O'qituvchi tomonidan o’quvchilarning butun dars davomidagi harakatlarini kuzatish natijasida jurnalga baho qo’yiladi. O’quvchilarning kuchli va bo’sh tomonlarini ko’rsatish bilan o’qituvchi ularning faoliyatini rag’batlantiradi. Kuchli o’quvchilar asosiy ishni bajarganlaridan so’ng ularga qo'shimcha, bir oz qiyinroq ishni tavsiya qiladi. Tirishqoqligi, ishni muddatidan ilgari va sifatli bajarganligi uchun bolalarni rag’batlantirish katta ahamiyatga ega. Ayrim ishlarni bajarib bo’lgandan so’ng bir oz bo’sh vaqt berilishi foydali, bu orqada qolgan o’quvchilarning o’rtoqlariga yetib olishlariga imkon beradi.
Tanaffuslarni sekin-asta qisqartirib borib, butun sinf o’quvchilarining bir me’yorda va yetarlicha tez ishlashlariga erishish mumkin. Tanaffuslardan o’z-o’zini tekshirish, ishlarni o’zaro tekshirish va o’quvchilarning o’zaro yordamlari uchun foydalanish mumkin. Topshiriqlarning rejasini va mazmunini o’quvchilarga tushuntirish. Topshiriq teksti turli usullar bilan, ya'ni ko’rsatmali qurolni, modelni namoyish qilish bilan bir vaqtda og’zaki tushuntiriladi, didaktik material ko’rinishida barcha o’quvchilarga tarqatiladi, topshiriq qismlar bo’yicha bir ishni bajarishdan oldin o’qib beriladi, doskaga yoziladi. Topshiriq o’quvchilarga tushunarli, ixcham, shu bilan birga batafsil qilib tushuntirilishi lozim. Kirish suhbati butun ishning amaliy va mantiqiy rejasini tuzib olish maqsadini ko’zda tutadi. Topshiriqni bajarish jarayonida ko’pincha uning ayrim bosqichlarini aniqlashtirib olishga ehtiyoj tug’iladi. O'qituvchi bolalarning ishlarini kuzatib borib, ularga ishning borishi davomida tushuntirishlar beradi, topshiriq o’quvchilarga qiyinchilik qilgan hollarda esa topshiriqning bir qismi (yoki butun topshiriq) doskada o’quvchi tomonidan bajariladi. Biroq asosiy e'tiborni ishni mustaqil bajarishga qaratish kerak. Bolalar har bir ishni bajarib bo’lganlaridan so'ng, qilingan ishni umumlashtirish maqsadida yakunlovchi suhbatlar o’tkazish zarur. Hosil qilingan chizmalardan foydalanib, qilingan ish va olingan natijalarning mohiyati haqida so’zlab berishni bolalarga taklif qilish foydalidir.
Parallel va perpendikulyar chiziqlarni bajarishda darslik bilan ishlash.
Bir qator parallel va perpendikulyar chiziqlar darslikdagi mashqlarni o’z ichiga oladi. Shu sababli darslikdagi qator topshiriqlarni parallel va perpendikulyar chiziqlar bilan qo’shib bajarish mumkin. Ba'zi chizmalarni, ayniqsa darsliklardagi katak chiziqlarda berilgan chizmalarni ko’chirib chiqish maqsadga muvofiqdir, chunki o’quvchilarda figuraning eng xarakterli nuqtalari koordinatalarini topish malakalari, berilgan figuraga teng figura yasay olish malakalari mustahkamlanadi. Shu bilan birga ular o’rganilayotgan materialning mohiyatiga tushunib boradilar. O’qitishda individual yondashish. Darsda individual yondashish,o'quvchilaming individual xususiyatlarni hisobga olish o’qituvchi ishining mas'uliyatli va muhim jihatlaridan biridir. Parallel va perpendikulyar chiziqlar, birinchidan,bolalarning individual xususiyatlarini o’rganish uchun qulay sharoit yaratadi.
Haqiqtan ham, o'quvchilar parallel va perpendikulyar chiziqlar tipidagi topshiriqlarni bajarayotganlarida o’qituvchi ularning ishini kuzatib borish - imkoniga ega bo'lib, parallel va perpendikulyar chiziqlarning o’ziga xos xususiyatlarini qayd qilib boradi,bolalar duch kelayotgan qiyinchiliklarni ko’radi. Bu kuzatishlar o’qituvchiga har bir o’quvchining imkoniyatini aniqlash va bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olishi lozim. Jumladan, o'quvchilar asosiy topshiriqni bajarganlaridan so’ng ularga alohida topshiriqlarni berish foydalidir.
Bunday qo’shimcha topshiriqlar sifatida (masalan, berilgan chizma bo’yicha) boshqa masala tuzish va uni yechishni yoki masalaning boshqacha yechilishini topishni, bitta masala yechilishining turli usullarini taqqoslashni berishi mumkin. Materialni tanlashda bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olib jadval usulda bosilgan didaktik materiallar, shuningdek, o'qituvchining o’quvchilar bilan birga tayyorlagan didaktik material katta yordam berishi mumkin. Bilim, malaka va ko’nikmalarni hisobga olish.
Parallel va perpendikulyar chiziqlar o’quvchilarning bilmlari, malakalari va ko’nikmalarini ratsional aniqlashga imkon beradi. Parallel va perpendikulyar chiziqlarni o’quvchilar mustaqil bajarayotganlarida o’qituvchi o’quvchilar duch kelayotgan qiyinchiliklarni kuzatish imkoniga ega bo'ladi,ish qanday ketayotganligini baholaydi,qiynalayotgan o’quvchiga yordam beradi va h.k.
Bilimlarni tekshirish va baholashga kam vaqt ketadi. Ishlarni tekshirish va baholashni tezlashtirish uchun o’lchashlar va hisoblashlar natijalarini oldindan tayyorlab qo’yish muhimdir. Parallel va perpendikulyar chiziqlar mavzusini o’qitish bilimlarni tematik jihatdan hisobga olish imkonini beradi.
Eng yaxshi ishlarni ko’rsatish.Vaqti-vaqti bilan eng yaxshi ishlarni (daftarlarni, alohida chizmalarni modellarni) ko’rsatishni tashkil etish lozim.Bunday ko’rgazmani stendlarda va vitrinalarda tashkil etish mumkin.




Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə