Oʻzbekiston respublikasi milliy gvardiyasi jamoat xavfsizligi universiteti


О'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti (JXI)



Yüklə 23,01 Kb.
səhifə2/2
tarix14.06.2023
ölçüsü23,01 Kb.
#117234
1   2
8 МГ Жамоат хавфсизлиги университети

О'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti
(JXI)


bayrog',gerb,madxiya

Asos solingan

15-oktabr 1990

Oʻquv yurti turi

harbiy

Rektori

Mirzayusuf Rustamboyev

Bakalavriat

5 yil

Magistratura

yo'q

Manzili

Toshkent shahriOlmazor tumani, Toshkent xalqa avtomobil yo’li[1] ToshkentOʻzbekiston

Vebsayti

mghti.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoshidagi Jamoat xavfsizligi universiteti (1990-2017 yillarda Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti, 2017-2021 yillarda harbiy-texnika instituti) — professional harbiy xizmatchilar tayyorlovchi texnik bilim yurti[2].

Mundarija

  • 1Tarixi

  • 2Maqomi

  • 3Tuzilishi

  • 4Manbalar

Tarixi[tahrir]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti (TOHTBYU) sobiq Sovet Ittifoqi Vazirlar Kengashining 1990-yil 15-oktabrdagi 1730-sonli koʻrsatmasiga binoan Ichki ishlar vazirligi Oliy kurslari (shartli belgisi 5375-harbiy qism) bazasida tashkil etilib, SSRI IIV Ichki qoʻshinlari Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti deb nomlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 1992-yil 10-yanvardagi Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiktsiyasiga olinib, Ichki ishlar vazirligi tizimiga kirgan. Bilim yurti 1991 yili birinchi navbat kursantlarni qabul qilib, 1995 yili dastlabki bitiruvchilarni tayyorlab chiqargan.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yildagi Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga olindi.
2021-yilda Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta nomlandi.[3]
Maqomi[tahrir]
Bilim yurtining faoliyati Ustav asosida amalga oshiriladi.
• Milliy gvardiya, Oʻzbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari uchun yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shugʻullanadigan, mamlakat xavfsizligi vazifalarini samarali bajarishga qodir boʻlgan oliy harbiy taʼlim muassasasidir.
• Oʻzbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarining qoʻllanish rejalarida oʻquv harbiy qoʻshilmasi va operativ vaziyat keskinlashganda Toshkent mudofaa makonini himoya qilish rejasi doirasida jamoat tartibi va xavfsizligini kuchaytirish, boshqa operativ xizmat vazifalarini bajarish uchun moʻljallangan zahirasi hisoblanadi.
• Bilim yurtining garnizon xizmatidagi ayrim vazifalari Oʻzbekiston Mudofaa vazirining buyruqlari bilan belgilanadi.
• Bilim yurti oʻzining jangovar bayrogʻiga ega.
Tuzilishi[tahrir]
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy texnik bilim yurtining tashkiliy-shtat tuzilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 iyuldagi 356-57 sonli „Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtida kadrlar tayyorlashning samaradorligini oshirishning choralari toʻgʻrisida“gi qarori bilan tasdiqlangan. Bilim yurti tashkiliy jihatdan boshqarma, asosiy oʻquv boʻlinmalar, kafedralar, taʼminot boʻlinmalaridan iborat. Uning tarkibiga shtab, kursant batalyonlari, malaka oshirish fakul`teti, oʻquv jarayonini taʼminlash batal`oni, 16 kafedra, 10 dan ortiq boʻlim va xizmatlar kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti — Oʻzbekiston Respublikasi IIV qoʻshinlari va tegishli Ichki ishlar idoralari, shuningdek reja-buyurtmalar asosida boshqa harbiy mahkamalar va huquqni muhofaza etuvchi idoralar uchun kadrlar tayyorlaydi. Bilim yurtini bitiruvchilariga leytenant harbiy unvoni, oliy maʼlumotli mutaxassis diplomi va B,C toifali haydovchilik guvohnomasi beriladi. Bilim yurtida oʻqish muddati xizmat (mehnat) stajiga kiradi. Oʻqish davrida kursantlar oʻrnatilgan normalar boʻyicha bepul yotoqxona, ovqatlanish, kiyim-kechak, stipendiya va boshqa taʼminotlar bilan taʼminlanadilar. Oʻqish davrida kursantlar bilim yurti xududida joylashgan maxsus binolarda yashaydilar.
Bilim yurtida xozirgi vaqtda quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha harbiy kadrlar tayyorlanmoqda:
— Ichki ishlar vazirligi qoʻshinlari taktik qoʻmondonligi (oʻqish muddati — 4 yil);
— Ichki ishlar vazirligi qoʻshinlari taktik-tarbiyaviy qoʻmondonligi (oʻqish muddati — 4 yil);
— jazoni oʻtash rejimini tashkil etish (yurisprudentsiya) (oʻqish muddati — 4 yil);
— Ichki ishlar vazirligi korxonalarida texnik nazorat va ishlab chiqarishni tashkil etish muhandisligi (oʻqish muddati- 5 yil);
— Aniqlovchi va qoʻriqlovchi elektron tizimlardan foydalanish texnik-muhandisligi (oʻqish muddati — 5 yil).
Manbalar[tahrir]

    1.  http://www.goldenpages.uz/company/?Id=80490&CatId=1774

    2.  Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi harbiy-texnika instituti, archived from the original on 2017-09-15, qaraldi: 2017-09-14

    3.  https://lex.uz/docs/-5377545

Yüklə 23,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə