O’zbekiston respublikasi oily va


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar



Yüklə 198,5 Kb.
səhifə6/15
tarix09.03.2022
ölçüsü198,5 Kb.
#84396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2 5213348792715186895

Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Mazkur fan asosan nazariy va amaliy xarakterga ega bo’lib, hozirgi kundagi ko’pgina amaliy dasturlarni vujudga kelishiga ushbu fanning o’rni muhim hisoblanadi. Bundan tashqari mazkur fan mexanika yo’nalishida mutaxassislar tayyorlashning o’quv jarayonida bakalavrlarning yuqori darajadagi matematik tayyorgarligi va ko’pgina maxsus fanlar bo’yicha chuqur bilimlar egasi bo’lishida asosiy o’rin egallaydi.

Talabalar mazkur fanni o’zlashtiriщlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informasion texnologiyalarni tadbiq etish muhim ahamiyatga ega. Fanni o’qitishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, ma’ruzalar o’qish vaqtida kompter va proyektorlardan foydalaniladi.

Analitik mexanika kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:

Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirayotganda ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qitish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashishligini nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarni o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv: shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlantirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyati, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.


Yüklə 198,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə