O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishlari yo‘nalishi



Yüklə 160,05 Kb.
səhifə20/21
tarix30.08.2023
ölçüsü160,05 Kb.
#121135
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Kamolova G

Mashhura: Abdulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarida keltirilishicha,

  • Jamshid (qadimgi Eron shohlaridan biri) temir eritib, qurol yasashni, ip yigirib, kiyim tikishni, uy, hammomlar qurishni ixtiro qildi, so`ng kishilarni o`z qobilayati, hunariga qarab guruhlarga ajratadi. Nihoyat, bir kuni taxt yasatib unda osmonga ko`tariladi, bu farvardinning birinchi kuni edi. Hamma juda baxtiyor shu kuni yangi yil boshi bo`lib, an`anaga aylanib qoladi. (“Farvariddin” pahlaviycha so`z bo`lib, u hamal burjiga oiddir, ya`ni bahorning birinchi oyi 21-martdan 22-aprelgacha bo`lgan davrdir.)

  • Shahodat: Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar ” kitobida quyidagilarni yozgan: “ U kunni “Navro`z” deb atashning sababi Jamshid podshoh bo`lgach, majusiylar dinini yangiladi va bu kun “Navro`z” – “Yangi kun” deb ataldi”.

  • Ashurov Sh: Sharqning buyuk donishmandi, falakkiyot bilimdoni Umar Xayyom o`zining “Navro`znoma” asarida “Navro`z” so`zi birinchi marta Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi (er.avv. III-II asrlar) “Avesto”da tilga olinganligini qayd etadi. Navro`z bayram sifatida tilga olingan “Avesto”da inson hayotining mazmuni 3 ma`noda mujassam topmog`i lozimligi ham qayd etilgan. Bular – ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amallardir.

  • Shavqiddin: Navro`z kunida bir soat bor: shu soat Feruz (baxt falag) ruhlarni maxluqotlarni yaratishga haydaydi. U kunning eng saodatli soatlari quyosh soatlari. Uning tongida yorug`lik imkoni boricha yerga yaqinlashadi, odamlar unga qarash bilan o`zlarini baxtli sanaydilar.

  • Akmal: Biz ko`hna tarix sahifalariga Navro`zni Izlab sayir etar ekanmiz, nigohimiz XII asrning mashhur tilshunos olimi M.Koshg`ariyning “Devonu lug`ati turk” sahifalariga tushadi. Chunki jahonga mashhur bu asarida Navro`zni insonlar qalbidan joy olgan qo`shiqlarni talqin etadi.

  • Rasul: Tarix, zamonlar, asrlar guvohki, Navro`z ezgulik, poklik, muhabbat timsolida ulug`lanib, nihonlanib kelinmoqda. Hamisha shoirlar Navro`zni maxf etib keladilar.

  • Tongni uyg`otib,

  • Dilga so`z keldi.

  • Dilni kuylatib ,

  • Gul Navro`z keldi.

  • 1-boshlovchi (Sarvinoz): Qoyil agar Navro`z haqida ta`riflar yodlanadigan bo`lsa unda Lutfiy, “Gul va Navro`z” dostonni yozib mamlakatga osoyishtalik, mehnatkash xalqqa farovon, baxtli, saodatli hayot tilardi.

  • 2-boshlovchi (Umid): Alisher Navoiy Navro`zni samimiy sevgida, Farhod-u Shirinlarning, Layli-yu Majnunlarning otash qalbida izladi.

  • 1-boshlovchi (Sarvinoz): Xullas, Navro`z Beruniydan Durbekka qadar, Navoiydan Nasimiygacha, Zulfiya, Abdulla Oripov, boringki, qaysi bir ijod ahlini oling, Navro`zni tarannum etmagan bo`lsa.


  • 2-boshlovchi (Umid): O`rtoqjon, keling, endi navbatni xalq qo`shiqlariga beraylik.

  • 2 – shart “Raqs”

  • 2 – shartda o`quvchilar sumalak raqsini ijro etib beradilar.


  • 3 – shart “Milliy udum va o`yinlar ”

  • Aytishuv(qizlar va yigitlar o`rtasida).

  • Yigitlar (Umid): Anor ekan joyning ichin o`ydim-o`ydim,

  • Qizlar ziyofati uchun serka so`ydim.

  • Sen esimga tushganingda dol bo`yida,

  • Ichib turgan choyimni yerga qo`ydim.

  • Qizlar (Sarvinoz): Kun isisa, suv bo`yida salqinlaymiz,

  • Betni yuvsak, oydek bo`lib yarqillaymiz.

  • Navbahorda o`lan degan ko`p bo`ladi,

  • To`ylab yursak siz chechanga yaqinlaymiz…

  • Yigit va qizlar aytishuvi avliga chiqqan mahal sahnada Bahoroy va Navro`zjonlar paydo bo`ladi.

  • Abdurasulov Sh: To`xtanglar, biz tomon kelayotgan kim bo`ldi?

  • Mashhura: Iye, tanimadingmi, ular har gal qarshi oladiganimiz Bahoroy va Navro`zjonlar-ku!

  • Hamma: Xush kelibsan ,Bahoroy, Xush kelibsan, Navro`zjon.

  • Bahoroy: Mana men go`zal bahor,

  • Yetib keldim sizlarga.

  • Jon kiritdim daraxtlaru,

  • G`unchalar,ildizlarga.

  • Oppoq o`rik gullarim bilan,

  • Iliq quyosh nurlarim bilan.

  • Yashillanib,goh olovlanib,

  • Kamalekdek ming xil tovlanib

  • Mehmon bo`lib keldim sizlarga.

  • Navro`zjon: Assalomu aleykum beg`ubor qalblari o`yin kulguga, qo`shig`u raqsga, san`atga ixlosmand, xadrli yoshlar! Mana o`lkamizda so`lim bahor. Hammayoqda go`zallik, yangilanish,yasharish. Yoshu-qari,barcha-barchaning qalbida shodlik,beg`uborlik. Yurtimizning har bir go`shasida, har bir mahalla, xonadonida baxtiyorlik, quvonch, sho`x kuy va qo`shiqlar avjida.

  • Bahoroy:Nimasini aytasiz. Hazrat Alisher Navoiy aytganidek,Har tuning qadr o`lubon,Har kuning o`lsun Navro`z! Azizlar, biz sizning Navro`zni, bahodirni maxf etuvchi qo`shiq va raqslaringizni miriqib tomosha qildik, endi xalqimizning Navro`zga oid qanday milliy an`ana va udumlarni bilasiz?

  • Sarvinoz:Navro`zda o`tganlarni xotirlaydilar.

  • Shahodat: Navro`zda qarindosh-urug`larnikiga boriladi.

  • Mashhura: Navro`zda qariyalarga bayram taomlari jo`natiladi.

  • Rasul: Navro`zda g`iybat qilinmaydi.

  • Shavqiddin: Navro`zda otni ,itni urmaydilar.

  • Sherzod: Navro`zda bug`doy undirilib, sumalak pishiriladi.

  • Ashrov Sh: Navro`zda yangi liboslar kiyiladi.

  • Abdurasulov Sh: Navro`zda yaxshi niyyatlar qilinadi.

  • Umid: Navro`zda ko`cha va dalalar tozalanadi.

  • 1-boshlovchi (Sarvinoz): do`stlarim kelinglar, Navro`zda o`ynaladigan o`yinlarni o`ynaymiz. 

  • Qizlar:kim oladi-yo, kim oladi deb o`rtaga ro`molchani tashlaydilar.

  • Keyin Rasul va Akmal men olaman-o shuginaniyo deb,ikkovlari ham yengiladi.Shunda polvon bobo bolalar bilan so`rashib, ro`molchani oladi va bolalar polvon boboni maxtashadi.

  • Polvon bobo: Qani,men bilan kim sinashadi?

  • O`zbek kurashi polvonlaridan biri (Shavqiddin): Mana,biz bor deydi va u boboni hurmatini qilib, yengilib beradi va bobo ketadi.

  • Navro`zjon: Ofarin bolajonlar,siz rostanam o`z milliy urf-odatlringizni qadrlar ekansiz.

  • Bahoroy: Navro`z shunday bir xalq bayramiki, u faqat hamma davralardan shodiyonalargina, farovonliklargina, baxt-iqbolga daxldor onlarnigina saralab oladi, o`ziga singdiradi,doimo boyib boradi. Shu bois ham Navro`zga to`ylar ulanib ketadi.

  • Shunda bolalar Navro`zjon va Bahoroy bilan xayrlashadilar.

  • Qizlar (Sarvinoz): Balli, yigitlar, endi bizga ruxsat. Bugun biz mahallamiz faxri-onaxonimiz Rizvon buvinikiga Navro`zning shoh taomi sumalak pishirmoqchi edik.

  • Yigitlar (Umid): Ho-o,shunday ketari yo`q,biz sizlarga bayram uchun shuncha ntomosha ko`rsatdi, siz ham biz uchun biror sovg`a tayyorladingizmi? 

  • Qizlar Navro`zga xos bo`lgan milliy laparlardan “Yallama-yorim”ni, xalq qo`shiqlaridan “Do`ppi tikdim”ni ijro etib, raqsga tushib beradilar. So`ng yigitlardan ruxsat so`rab uyga ketadila.

  • Sherzod:Qizlar sumalakka ketdi,endi biz nima qilamiz?

  • Rasul:Biz ham ketamiz.

  • Shavqiddin:qayoqqa?

  • Umid: Ko`pkariga.Unda mening bobom ishtirok etadi.

  • 1-boshlovchi (Sarvinoz): Kelinglar, endi Navro`zni qutlab,dasturga yakun yasaylik.

  • Hamma:Poyi qadamlari, qutlug` mehmonim,

  • Navro`zing muborak, O`zbekistonim.










  • Xulosa.

  • Azal-azaldan bayramlar bizning o’zbek xalqimizda keng nishonlanib kelmoqda. Yosh avlodga milliy bayramlar orqali tarbiyalash ularga bayramlarni qanday o’tkazishni, milliy xalq o’yinlari vositalari orqali yosh avlodning qimmatli xususiyatlari: vatanparvarlik, mehnatsevarlik, moslashuvchanlik, tezlik, kuch-quvvat, sabrtoqat, bardoshlilikni tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratilgan. Bu xususiyatlar yoshlarni shavqatsiz tabiiy va hayotiy sharoitlarda qat‘iyatli va bardoshli bo’lishlarini ta‘minlagan. Byramlar Xalqaro sport xayotiga oid voqealarga, mamlakatimizda nishonlanadigan taniqli sanalarga, maktab xayotidagi muxim xodisalarga bag‘ishlab o‘tkaziladi .Bayramlar Mazmunga boy tadbirlar asosida sog‘lomlashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak, unda barcha tomoshabinlar xam faol ishtirok etishlari zarur. Milliy bayramlar tantanasi tarkibida sport bloki yoki sport bo‘yicha namoyish qilish niyatidagi chiqishlar dasturidan o‘rin oladi. Xalq sayllari - anoana tarzida Respublikamiz, viloyatlarimiz, tumanlarimiz, aloxida muzofat yoki xudud miqiyosida bir kunlik, ko‘p kunlik dastur asosida tashkillanadi.














  • Yüklə 160,05 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə