O’zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Magistratura bo’limi I- 501-22-guruh magistranti ravshanova nigora


Narxning mazmuni, vazifalari va turlari



Yüklə 29,99 Kb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü29,99 Kb.
#142859
1   2   3   4
kdv m

1.Narxning mazmuni, vazifalari va turlari
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o’zlarining namoyon bo’lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste’molchilarni rag’batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.
Tovarning harid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o’zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, kadr-qiymatga egaligini ko’rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx o’zida faqatgina naflilik yoki sarflarning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul ko’rinishida ifoda etadi.
Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo’lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi o’z tovari uchun ketgan sarflarni qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko’proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bo’lgan qiymatni pul shaklida o’zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarf qilayotgan pulining har bir birligiga ko’proq naflilikka (iste’molqiymatiga) ega bo’lishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to’g’ri kelgan nuqtada, darajada narx o’rnatilib, tovar pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo’ladi.
Bu yerda shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda alohida olingan ishlab chiqaruvchilarning individual sarflari emas, yoki alohida olingan individual shaxslarning psixologik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham emas, balki jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo’lgan miqdorda va sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste’mol qiymat) o’z ifodasini topadi. Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda o’sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat ko’rsatkichlarining o’sishi ushbu tovar narxining oshishiga olib keladi.
Narxning mazmunini to’laroq tushunishda, uning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari bo’lib qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo’lib xizmat qiladi
Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat - bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi.
Bu munosabatlarni qiymatning mehnat va naflilik nazariyalarini sintez qilish usulini davom ettirgan holda quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo’ladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) tartibga solish vazifasi;
2) resurslarni joylashtirish vazifasi;
3) innovatsion vazifa;
4) moslashtirish vazifasi;
5) taqsimlash vazifasi;
6) nazorat qilish vazifasi.
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko’rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo’naltarilgan bo’lib, ularning shunchaki o’zini-o’zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik faoliyati soxalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o’tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi (Yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o’rtasida taqsimlakishiga bevosita va bilvosita ta’sir o’tkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistiq hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko’rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida ajratilib ko’rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistiq raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko’plab sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo’lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko’payishi yoki kamayishi umumiy tarifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi.
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo’lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, Moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar bo’lmaydi.



Yüklə 29,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə