O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 53,19 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü53,19 Kb.
#152461
1   2   3   4   5
sintez gaz

Jarayon texnologiyasi
Jarayon bir nechta bosqichda boradi: xomashyoni tayyorlash. Xomashyoni tayyorlash vaqtida nikel katalizatorini oltingugurtli organik birikmalar bilan zaxarlanishini e’tiborga olish lozim, chunki ularning miqdori uglevodorodlarda 1 m3 da 1 mg C dan ortmasligi kerak. Ushbu shartlarga javob berilmaydigan xom ashyoni tozalash uchun katalitik gidrooltingugurtsizlantirish jarayoniga yuboriladi va vodorod sulfid ajratib olinadi. Xomashyoni tayyorlash bosqichida, shuningdek gaz komprimirlanadi, ya’ni suv bug’i bilan aralashtirilmaydi va aralashma isitiladi.
Uzoq yillar davomida katalitik konversiyalash qurilmalari atmosfera bosimiga, ya’ni bosimda ishladi va bunday qurilmalar hozirgi vaqtgacha mavjud. Oxirgi paytlarda yuqori, aynan 2-3 MPa bosimda ishlashga o‘tilgan bo‘lib, unda bir qator afzalliklar mavjud, birinchidan bosim ostida reaksiya tezligi ortadi natijada jarayon jadallashadi, jixoz va truboprovodlar o‘lchash kichiklashadi, katta quvvatga ega bo‘lgan qurilmalar yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, energiya sarfi pasayadi va qaynoq gazlar issiqligi foydali ishga sarflanadi. CO va H2 dan sintez-gaz sintezi aslida bosim ostida olib boriladi va konversiyalanuvchi gazning hajmi dastlabki moddalar hajmiga nisbatan ko‘p bo‘lganligi uchun iqtisodiy tomondan olganda tabiiy gazni konversiyalash foydali hisoblanadi, shu bilan birga aslida kislorod bosim ostida bo‘ladi. Issiqlikdan foydalanish tarmog‘i shuningdek, samarali keltiradi, bunda konvertirilgangan gazdagi ortiqcha suv bug’ini kondensatsiyalanish hisobiga ajralayotgan issiqlikdan yuqori bosimdagi bug’ni yuzaga keltirishda va undan truboprovodlar privodlarida gazlarni siqish uchun foydalanish mumkin.
Metanni yuqori bosimda kondensatsiya sxemasi (tabiiy gazdan) 1 - rasmda ifodalangan. Tozalangan metan 1-truboprovodda 2-3 MPa bosimda siqiladi va kerakli miqdordagi suv bug’i va CO2 bilan aralashtiriladi. Aralashma konversiyalangan gaz bilan sovutilgan 2-issiqlik almashtirgichda 4000 S isitiladi va konvertorning 6-aralashtirgichiga yuboriladi. U erga kislorod bilan teng hajmda olingan suv bug’i ham beriladi. Konvertor qaynovchi kondensat bilan sovutiladi, shu paytda 2-3 MPa bosim ostida bug’ hosil bo‘ladi, uni 5-bug’ yig‘gichda ajratiladi. Konvertordan 800-900 °C chiqayotgan konversiyalangan gaz issiqligi yuqori bos imli bug’ hosil bo‘lishida 4-utilizator qozondan foydalaniladi. Hosil bo‘lgan bug’ kompressorga yuboriladi. Qisman sovutilgan gaz isiqligidan 2- va 3- issiqlik foydalaniladi. Gazni oxirgi sovutish jarayoni 7-skrubberda 8-sovutgichdagi suv yordamida olib boriladi.



1-turbokompressor; 2,3,10-issiqlik almashtirgichlar; 4-utilizator-qozon; 5.5-bug’ yig‘gich; 6-konvertor; 7-skrubber; 8-sovutgich; 9-absorber; 11-desorber; 12- drossel ventil; 13-qaynatgichlar.


Ushbu bosqichda olingan sintez gaz CO va H2 nisbatan CO miqdordi 15- 45% tashkil qiladi, H2,40-75%; CO2 8-15%; CH4 0,5%; H2 vaAR-0,5-1%. Ushbu gazni CO2 dan tozalash uchun bosim ostida suv biln absorbsiya, monoetanoloamin suvli eritmasi yoki kaliy karbonat xemoc orbsiyasi qo‘llaniladi. Isitishda va bosimni kamaytirishda teskari o‘zgarish sodir bo‘ladi va CO2 ajraladi, eritma esa tiklanadi:
CH2OHCH2NH2 +CO2  CH2OHCH2NH2CO2
K2CO3 + CO2 + H2O  2KHCO3
Konversiyalangan gaz 9-absorberga keladi, u yerda uglerod to‘rt oksidi yutiladi, tozalangan gazni iste’molchilarga yuboriladi. To‘yingan absorbent 10- issiqlik almashtirgichda issiq tiklangan eritma yordamida isitiladi va 11-desorberga yuboriladi, uning past tomonidan absorbent 10- issiqlik almashtirgich orqali ya’ni CO2 ni yutish uchun 9- absorberga keladi. Uglerod to‘rt oksid 11-desorberning yuqori tomonidan kerakli bosimgacha siqiladi va konversiyalashga qaytariladi, unda 2- issiqlik almashtirgichga yuborishdan avval tabiiy gaz va suv bug’i bilan aralashtiriladi.
1 m3 tozalangan sintez-gaz olish uchun 0,35-0,40 m3 tabiiy gaz,0,2 m3 texnik kislorod va qo‘llaniladigan bosimga qarab 0,2-0,8 kg CO2 qo‘shiladi.
Sintez gazi (singaz) turli manbalardan ishlab chiqarilishi mumkin va kimyoviy moddalar va yoqilg'i ishlab chiqarish uchun ko'p qirrali vositadir. Gazdan suyuqlikka (GTL), ko'mirdan suyuqlikka (CTL), biomassadan suyuqlikka (BTL) barchasi singazning katalitik konversiyasiga tayanadi.

Tabiiy gaz va slanets gazidan singaz ishlab chiqarish uchun reaktorlar va texnologik sxema. 


Yüklə 53,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə