O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 81,64 Kb.
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü81,64 Kb.
#160194
1   2   3   4   5   6
(6-mavzu)Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va isloxotlarni chuqurlashtirish davrida korxonalarda marketing tadqiqotlarini tashkil

Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
- tovarlarga bo‘lgan ichki va tashqi talabni o‘rganish;
- xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o‘rganish va aniqlash;
- korxonaning iste’molchilarini istalgan ehtiyojlariga moslashish;
- tovarlar reklamasi, xaridorlarni ularni sotib olishga ko‘proq qiziqishini orttirish;
- tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalgam oshirishni nazorat qilish.2
Kurs ishining predmeti Mijozlar o‘z ehtiyojlarini maksimal qondirish imkoniga ega bo‘lishlari va natijada ko‘proq qoniqish olishlari zarur. Shunday nuqtai nazar borki, unga muvofiq marketing tizimining asosiy.maqsadi «hayot sifatini» yaxshilash.
Kurs ishining tuzilish va hajmi. Kurs ishi kirish, asosiy qism ya’ni 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida marketing masalalarini tashkil etish.
Korxonalar boshqaruvi uning pul bilan bog'liq bo'lgan ko'rsatkichlari tahliliga asoslangan. Ammo bunday yondashish korxona faoliyatidagi boshqa muhim tomonlarini ochib berolmaydi. Amerikalik olimlar R. Kaplan va D. Norton 1990- yillarda 12 ta yirik kompaniya xo'jalik faoliyatining pul bilan bog'liq bo'lmagan ko'rsatkichlarini ham hisobga oladigan natijalarni baholash tizimini o'rgandilar va ko'rsatkichlarning muvofiqlashgan tizimining konsepsiyasini yaratdilar.
Bunday yangi tizim korxonaning pul bilan bog'liq ko'rsatkichlarini uning boshqa turdagi ko'rsatkichlari bilan bog'lashga yo'naltirilgan, boshqaruv tizimi ko'rsatkichlariga aylantirish masalalari hal qilingan. Buning uchun korxonaning erishgan ko'rsatkichlarini kelajakdagi olinishi mumkin bo'lgan natijalar bilan bog'lash zarur bo'ldi.
Ko'rsatkichlarning muvofiqlashtirilgan bunday tizimi avval korxona darajasida, keyinchalik korxonaning bo'limlari va hatto alohida xodimlari darajasidagi boshqaruv tizimiga aylandi va 1999-yildan boshlab dunyo- ning 300 dan ortiq (AQSH, Kanada, Germaniya, Shveytsariya) korxo- nalarida tatbiq etila boshladi. Banklar esa (Dentche Bank) bu tizimni o'zining hisobotiga indikator sifatida kiritdilar.
Iqtisodiy, ijtimoiy axborotlarni qayta ishlashdagi bu yangi yondashuv- ni nafaqat korxonalarning ko'rsatkichlari tizimi sifatida, balki loyihalar boshqaruvining hamma tomonlarini qamrab olgan tizim deb ham qara- lishi lozim. P. Xorvatning fikricha, axborotlarni yig'ish, tahlil qilish va baholash, ko'rsatkichlarning muvofiqlashtirilgan tizimida katta rol o'ynaydi, hozirgi kunda dunyoning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha eng kuchli kompaniyalari shu maqsadlar uchun dasturiy vositalarini yara- tish bo'yicha ish olib borishmoqda. Bugungi kunda, respublikamizda mavjud tabiiy xom ashyo resurslaridan maksimal darajada foydalanish orqali kelgusida iqtisodiyot va sanoat tarmog‘ini diversifikatsiya va isloh qilish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirish zarur:
Odatda tadbirkorlarni innovatsiyalarga undaydigan stimullar ularning bozorda
sifatliroq, raqobatbardoshligi balandroq va tamomila yangi mahsulot sotish yoki samaraliroq yangi yoki modifikatsiyalangan texnologiya qo'llash hisobiga olinadigan foydani oshirishga ishtiyoqi bilan bog'lanadi. Bu shunday, lekin hali haqiqatning hammasi emas. Muvaffaqiyatli innovatsiyalar haqiqatda foyda va hatto qo'shimcha foyda (innovatsion kvazirenta) ham keltiradi. Biroq bu qo'shimcha foyda innovatsion bo'sag'a yo'lida yotadi, uni bosib o'tish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi: yangi mahsulot va texnologiyani o'zlashtirish davrida yuqori xarajatlar (tamomila yangi mahsulot yoki texnologiya bo'yicha ayniqsa yuqori bo'lgan muqarrar o'zlashtirish xarajatlari). Bundan tashqari, yangi yoki yaxshilangan mahsulot (tovar yoki xizmat) xaridorlari o'zini qanday tutishi, bozor uni qanchalik qabul qilishi, xarajatlarning o'zini qoplashi va sotuv hajmidan umidlar o'zini oqlashi ma'lum emas. Buning ustiga, yangi mahsulot (texnologiya) oxiriga yetkazilmagan, doim har bartaraf etib bo'lmaydigan jiddiy kamchiliklarga ega bo'lishi va kutilgan samara chiroyli bir orzu, xomxayol bo'lib chiqishi mumkin. Shu sababli tadbirkor yetti o'lchab bir kesishiga, ya'ni bironta yangi ishni boshlashdan oldin yaxshilab o'ylab ko'rishiga to'g'ri keladi.
Biroq tadbirkorni baribir innovatsion risk tomon yurishga undaydigan kuch bor. Bu bozor raqobati kuchidir. Raqobat qonuni tadbirkorlarni foydaning pasayishi, raqobatbardoshlikni yo'qotish va bankrot xavfi ostida riskli innovatsion yo'l tutishga majbur qiladi. «Men bo'lmasam, boshqasi» qoidasi amal qiladi. Bozor nafaqat bozor «nisha»lari uchun, balki xaridorlar talabi va moyilligi uchun ham kurashadigan tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarga to'la. Kim xotirjam bo'lib, tortishuvlarda charchab qoladigan, bu musobaqada ortda qoladigan bo'lsa, ertami-kech bozordagi o'z o'rnini yo'qotadi va xonavayron bo'ladi. Bu xavf har bir tadbirkorga - xoh kichik, xoh yirik tadbirkor bo'lsin - tahdid solib turadi (jumladan, yaqinda xonavayron bo'lgan, yo'qotishlari milliardlab dollarni tashkil qilgan yirik amerika yoki italyan korporatsiyalari kabi TMKlar).
Davlat byudjeti mablag'lari hisobiga olingan ilmiy-texnik faoliyat natijalariga egalik qilish huquqini taqsimlashda bunday natijalarga egalik qilish alohida huquqlarini davlatga biriktirib qo'yish, ularning taqdirini amaldorlar ko'rib chiqishi uchun berish maqsadga muvofiq emas. Bu huquqlarni ijrochilarga (mamlakat xavsizligi va mudofaasiga tegishli bo'lgan ixtirolardan tashqari) bepul berish xaqidagi taklif asosliroq ko'rinadi. Bu ixtirolar va ilmiy-texnik faoliyatning boshqa natijalaridan innovatsion foydalanishda tadbirkorlarning tashabbuslari va mas'uliyati o'sishiga xizmat qiladi.
Biroq yangi tartibni joriy qilishda uchinchi va asosiy hamkorni - o'z g'oyalarini ixtirolar va ilmiy-texnik faoliyatning boshqa natijalarida mujassam etgan ijodkor shaxsni esdan chiqarmaslik kerak. Olimlar, konstruktorlar, muhandislar, yangi samarali texnik g'oyalarning boshqa mualliflari va ularni amalga oshirishga ko'maklashuvchi shaxslar bunda vujudga keladigan foyda va qo'shimcha foydadan kafolatlangan ulush olishlari lozim.
Davlat mahalliy intellektual mulklarni xorijda himoya qilishda ham faol rol o'ynashi lozim. Hozirda uning sezilarli ulushi xorija TMK va firmalariga deyarli bepul berib yuborilmoqda va ularga ko'plab daromad keltirmoqda. Dasturlar va boshqa intellektual mahsulotlar eksportidan, ofshor dasturlashni rivojlantirishdan ko'p milliardli daromad olayotgan Hindiston tajribasini hisobga olish lozim: axborot texnologiyalari ulushiga Hindiston eksporti umumiy hajmining 20%ga yaqini to'g'ri keladi.
Bu yerda gap tabiati bo'yicha innovatsion xarakterga ega bo'lgan bilimlar jamiyati, gumanistik-noosfera postindustrial sivilizatsiyasi shakllanishi davrida jamiyat rivojlanishi va iqtisodiyotda davlatning rolini qayta ko'rib chiqish xaqida boradi.
Bunday jamiyatda o'tmishda qolib ketayotgan industrial sivilizatsiyaga xos bo'lgan davlatning iqtisodiyotdagi roliga bo'lgan ikkala yondashuvi umuman maqbul emas. Jamiyatdagi asosiy boyliklar mulkdori va boshqaruvchisi, asosiy investor va innovator sifatida davlatning cheksiz hukmronlik konsepsiyasi iqtisodiyotning osoyishta rivojlanish, davr chaqiriqlariga to'g'ri javob berishga qodir bo'lmagan byurokrat- amaldorlar apparati zo'ravonligi sharoitlarida o'zining samarasiz ekanligini ko'rsatdi.
Intellektual mahsulot (ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, integral mikrosxema topologiyalari, ma'lumotlar to'plami va h.k.) kimning tashabbusi bilan va qaysi mablag'lar hisobiga yaratilganligidan qat'i nazar mamlakat boyligining eng muhim qismidan samarali foydalanish haqida ketmoqda. Ixtirolarga arizanlarni baholar va ekspertizadan o'tkazar ekan, davlat patent idorasi ularning orasidan eng istiqbolli va samaralilarini tanlab olishi hamda ulardan mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar yangi mahsulot va texnologiyalar yaratishda foydalanishiga ko'maklashishi zarur.

mamlakatda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish;


iqtisodiyotning turli sohalarini erkinlashtirish;
bozor iqtisodiyoti sharoitida hozirgacha o’tmishdan meros sifatida saqlanib qolayotgan ma’muriy-taqsimot tizimi mezonlarinidan voz kechish;
xususiy sektorning yanada jadal rivojlantirilishini yanada ta’minlash;
davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada ko’proq cheklash;
kichik biznes va fermerlikni rivojlantirishga e’tiborni qaratish;
xususiy tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug’ullanuvchilar faoliyat ko’rsatishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ularni rag’batlantirib borishni tashkil etish;
soliq tizimini yanada takomillashtirish;
soliqqa tortish borasida qo’shimcha imtiyozlar va pereferensiyalar berilishini ta’minlash va boshqalar10.
Umuman olganda, modernizatsiyalash jarayonlari ijtimoiy hayotning deyarli barcha jabhalarini qamrab olib, ayniqsa, mazkur yo’nalishlar orasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash muhim o’rin tutadi. Zero, milliy iqtisodiyotning barqaror va samarali amal qilishini ta’minlash, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari taraqqiyoti darajasiga olib chiqish, turli siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar, jahon bozori kon’yunkturasidagi tebranishlar, inqiroz holatlariga nisbatan “chidamliligi”, mustaqil rivojlana olish imkoniyat va salohiyatlari aynan iqtisodiyotdagi tub islohotlar va ularning natijalariga bog’liqdir. Biroq, shu bilan birga iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlarining amalga oshirilishida izchillik va mantiqiy muvozanatni ta’minlashga harakat qilishi lozim.
Iqtisodiy fanda modernizatsiyalash jarayonlarini turkumlash katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, texnologik (K.Levi-Stross), funksional (N.Smelser) va global (P.Viner) modernizatsiyalar farqlanadi. Alohida mamlakatlarda modernizatsiya bosqichlarining turlicha talqini farqlanadi11.



Yüklə 81,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə