O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Korxonalarda marketing tadqiqotlarni tashkil qilish zaruriyati



Yüklə 81,64 Kb.
səhifə5/6
tarix24.12.2023
ölçüsü81,64 Kb.
#160194
1   2   3   4   5   6
(6-mavzu)Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va isloxotlarni chuqurlashtirish davrida korxonalarda marketing tadqiqotlarini tashkil

4. Korxonalarda marketing tadqiqotlarni tashkil qilish zaruriyati.
Marketing tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, marketingning alohida olingan elementlaridan amaliyotda foydalanish etarli darajada samara bermaydi.
Shuni e’tiborga olib, korxona faoliyatini uzoq muddatli natijalarga yo‘naltirish mavjud ehtiyojlarni qondirishga diqqatni jalb qiladi va marketingdan kompleks foydalanishga olib keladi.
Yuqorida keltirilgan tamoyillarga asoslanib, korxona marketing strategiyasi va taktikasi ishlab chiqiladi. Korxona marketing strategiyasi uzoq muddatli davrga mo‘ljallangan tovar va xizmatlar sotuvi va ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirlarning ko‘p tomonlama tizimini ifodalaydi. Bunda korxonaning texnologiya va ishlab chiqarish resurslarini hisobga olgan holda tovar va xizmatlar hajmini va sifatini oshirish tadbirlari ishlab chiqiladi. Ko‘rsatilgan imkoniyatlarni hisobga olgan holda korxonaning rivojlanish istiqbollarini va eng optimal maqsadlarini aks ettiruvchi strategiyasi ishlab chiqiladi. Korxona marketingi strategiyasini aniqlashda asosiy ko‘rsatkich korxona tovar va xizmatlar hajmi, uning ulush, foiz stavkasi, foyda va hokazoni hisobga olish kerak. Strategiya — uzoq muddatli rivojlanish va harakat rejasi bo‘lib, yuqori natijalarga erishishga qaratilgandir.
U korxonaning bozorda harakat qilish, yangi bozorni egallash bo‘yicha yo‘nalish chizig‘i va holatiga bog‘liq holda uch xil bo‘lishi mumkin:
1. Hujum qiluvchi strategiya. Korxonalar bu strategiyadan foydalanganlarida, korxona tovar va xizmatlar bozorini kengaytirish uchun bozorning muqobil ulushini egallashga harakat qiladilar. Bu 20 % xaridorlar bozori, ular korxona taklif qilgan xizmatning 80 % ni sotib oladilar. Avvalambor, ichki bozor, so‘ng esa asta-sekin chet el bozorini egallab boorish nazarda tutiladi.
2. Marralarni va yutuqlarni ushlash strategiyasi. Bu strategiyaga muvofiq, korxona tovarlar va xizmatlar bozorlarida erishilgan ulushni ushlab turishga harakat qiladi. Agarda shu bozordagi korxona faoliyati uni qoniqtirsa va boshqa chora qo‘llanilishi salbiy natija bersa, bu strategiya o‘zini oqlagan hisoblanadi. Bu strategiya xavfli bo‘lishi ham mumkin, chunki u harakatdan to‘xtab turishga chorlaydi. Bu esa raqobatchilar uchun qo‘l kelib, korxona xizmatlarini bozordan siqib chiqarishga olib kelish ehtimolini tug‘diradi.
3. Orqaga chekinish strategiyasi. Bu strategiyada korxona o‘z raqobatdoshlaridan ko‘rsatkichlar jihatidan orqada qolayotganini sezsa, bu holda bozorda harakatni to‘xtatishi ma’qul hisoblanadi, sobiq sheriklar bilan aloqani uzmaslik maqsadga muvofiqdir. Bu strategiya korxona marketingining kelajak faoliyati uchun yaxshi maktab bo‘lishi va undan to‘g‘ri xulosa chiqarishiga yordam berish mumkin.
Korxona marketingi korxonaning uzoq strategiyasini tuzar ekan, o‘z iste’molchilari va jamiyat manfaatlarini hisobga olishi zarur. Bu va shunga o‘xshash muammolar tamoman yangi, zamonaviy konsepsiya paydo bo‘lishiga olib keladi. Yangi konsepsiya — ijtimoiy-axloqiy marketing bo‘lib, uning mohiyati jamiyat, firma, xaridor manfaatlarining muqobilligini ta’minlashdir.
Bu konsepsiya korxona marketingini ham qamrab oladi.Korxona marketingi ham o‘z faoliyatini jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan amalga oshirmog‘i lozim.Ijtimoiy-axloqiy marketingning maqsadi amaldagi marketing konsepsiyalaridan farqli ravishda xaridorlar ehtiyojlarini to‘liq qondirish, firma samaradorligini oshirishgina emas, balki barcha muammolarni umummilliy, ijtimoiy xalq xo‘jalik manfaatlarini hisobga olib hal etishdir.Marketingning zamonaviy konsepsiyasi iste’molchilarning hamma ehtiyojlarini to‘liq qondirishga yo‘naltiriladi.
Shu tamoyillarga ko‘ra, korxona marketingi o‘z faoliyatida xaridorlarni jamiyat manfaatlariga mos va samarali faoliyatini rag‘batlantirishi yoki ularning jamiyatga zid faoliyatini har xil to‘siqlar bilan cheklashga erishishi mumkin.
Korxonalarning marketing muhiti bu — tashqi va ichki muhit yig‘indisidir. Mikromuhit uning ichida mavjud bo‘ladigan, paydo bo‘ladigan va harakat qiladigan muhitdir, u korxonaning o‘ziga bevosita bog‘liq. Korxona boshqaruv tashkilotlari rivojlanganlik darajasi, moddiy-texnika ta’minoti xizmati, xaridorlarga
xizmat qilish tizimi, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik ishlari, infrastruktura tarkibining darajasi kiradi. Marketologlarning muvaffaqiyatli ishlashi uchun qulay mikromuhit yaratish korxonaning o‘z qo‘lidadir.
Makromuhit esa korxona chegarasidan tashqarida mavjud bo‘ladi, shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Ko‘p hollarda ular global miqyosda namoyon bo‘ladi va mikromuhitga ta’sir qiladi. Bu guruhga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylashishi, ixtisoslashganlikning rivojlanganligi, texnika, texnologiya darajalari kiradi. Shunday qilib, mikromuhit marketing faoliyati darajasiga ta’sir qilishi korxonaning o‘ziga bog‘liq bo‘lsa, makromuhit yaratilishi iqtisodiyotning rivojlanishi, siyosat va davlatga bog‘liq bo‘ladi. Makromuhitning ba’zi omillari mamlakatdagi ijtimoiy ishlab chiqarishni to‘xtatishi yoki uning samaradorligini oshirishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston uchun iqtisodyotga salbiy ta’sir etuvchi omillar: yuqori saviyali ishchi kuchining etishmasligi, suv, energetika zaxiralarining cheklanganligi, havoning ifloslanishi, respublika katta hududining zilzilaga moyilligi. Qulay omillar: ishchi kuchi migrasiyasining kamligi, rivojlangan bozor infrastrukturasi va boshqalar. Bu narsa ijtimoiy ishlab chiqarish va barcha tarmoqlarning o‘sishini ta’minlaydi. Foydali qazilmalarga boy tabiiy sharoit — bu erda qayta ishlash sanoatining rivojlanishiga, cho‘l-dashtlarni o‘zlashtirish, qishloq xo‘jaligining taraqqiyotiga qo‘l keladi. Respublika Yaqin va O‘rta Sharqqa qulay joylashganligi ham kelajakda tashqi iqtisodiy aloqalar rivoji uchun qulaydir.
Shunday qilib, shu va shunga o‘xshash makro va mikromuhit omillari korxona marketingi siyosatiga va faoliyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. O‘z navbatida, marketing faoliyati darajasi bilan korxona tovar va raqobatga layoqatini oshirish hamda korxonaning ish faoliyati darajalarini oshirish o‘rtasida to‘g‘ri aloqa bor. Bu narsa marketingning mohiyati bilan aniqlanadi.
Masalan, korxona faol marketing siyosatini olib borib, xaridorlar talabini va xizmatlar hajmini oshirishni hisobga olgan holda xaridorlarning ehtiyojini to‘liq qondirishga erishadi. Korxona o‘z tovarini maksimal darajada sotadi va maksimal foyda oladi. Bu narsa korxona faoliyati samaradorligini ortishini bildiradi.
Korxona o‘zining tovar va xizmatlar bozorini keng ko‘lamda o‘rganib chiqishi natijasida o‘z dasturini ishlab chiqadi.Bunda barcha bozor talablari, bozorlar sig‘imi, raqobat shartlari hisobga olinadi.
Korxona marketing faoliyatining muhim yo‘nalishi ilmiytekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishidir. Afsuski, bu sohada respublika korxonalarida hamon ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilganicha yo‘q. Marketing samaradorligining o‘sishi ko‘pincha ishlab chiqarish kuchlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Muvaffaqiyatli marketing faoliyati yuqori foyda olishni ta’minlaydi O‘z-o‘zini moliyalashtirish sharoitida bu foydaning bir qismi ijtimoiy zaruriyatga sarflanadi. Foyda yuqori bo‘lganda, ish haqi fondi ortadi. Faol ijtimoiy siyosat ishchilarning o‘z mehnatidan manfaatdorligini orttiradi.Natijada, mehnat unumdorligi o‘sadi.Ishchilar javobgarligi ortib, mehnat intizomi mustahkamlanadi.Bu esa samaradorlikning yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko‘pchilik marketing tadqiqotlari (Magketing Research) bilan bozor tadqiqotlarini (Magket Research) bir xil faoliyat deb tushunishadi. Ma’lumki, «bozor tadqiqotlari» bozorning o‘zini miqdoriy baholash va tahlil qilishni o‘z ichiga olsa, marketing tadqiqotlari tovar va xizmatlar marketingiga ta’sir qiluvchi barcha omillarni ham qamrab oladi. Ya’ni, u o‘z ichiga reklama va sotish kanallarining samaradorligini o‘rganishni, tovarlar va raqobatchi firmalar marketing usullarini tahlil qilishni va shuningdek, iste’molchilarning o‘zlarini tutishlari bilan bog‘liq barcha muammolarni oladi.
I. Breg o‘zining «Boshqarish tamoyillari» ilmiy asarida «bozor tadqiqotlarini» quyidagicha tushuntiradi: «Tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etqazib berish bilan bog‘liq nazariy tamoyillarga mos amaliy masalalarni echishga bog‘liq barcha muammolarni o‘rganishdir». Quyiroqda esa bozor tadqiqotlarining maqsadi quyidagicha ifodalanadi: «tijorat qarorlarini qabul qilishda noaniqliklarni kamaytirish». Bu ikkala tushuntirish ham ancha cheklangan bo‘lib, tovar bozori va uning tahlili yuqoridagi tushunchalarga nisbatan kengroq mavzuni tashkil etadi.
Marketing tadqiqotlari maqsadi besh asosiy: kim?, nima?, qancha?, qayerda? va qanday? — degan savollarga javob topishdan iboratdir. Ular bilan bog‘liq: nima uchun? — degan savol tadqiqotlarni ijtimoiy-psixologiya sohasigacha kengaytiradi. Bu soha alohida «motivasion tahlil» (motivation reseach) nomi bilan ataladi va xaridorlarning o‘zlarini tutishlari motivi o‘rganiladi.
Marketing tadqiqotlari tizimli asosda amalga oshiriladi va uni quyidagicha turkumlash mumkin:
- bozorni tadqiq qilish (motivation reseach)
- bozor hajmi va xarakterini aniqlash (iste’molchilarni yoshi, jinsi, daromadi,
kasbi va ijtimoiy ahvoli bo‘yicha tavsifnomasi);
- mumkin bo‘lgan iste’molchilar geografik joylashishini aniqlash;
- aynan shu bozorda sotishning umumiy miqdorida asosiy raqobatchilar tovarining hajmini aniqlash, shu bozorga xizmat ko‘rsatuvchi sotish kanallarining tarkibi va ishni tashkil qilishini tadqiq qilish, bozorning tarkibiga ta’sir qiluvchi umumiqtisodiy va boshqa tashqi tendensiyalarni tahlil qilish.
Sotishni tadqiq qilish (sales reseach) — alohida rayonlar bo‘yicha sotish miqdoridagi farqni aniqlash:
— sotish rayonlari chegarasini o‘rnatish va qayta ko‘rib chiqish.
— kommivoyajerlar tomonidan mijozlar huzurida bo‘lishni rejalashtirish;
— sotuvchilar ishi samaradorligini aniqlash;
— sotish usullari va sotishni rag‘batlantirishni baholash;
— «xarajat-foyda» oralig‘ida taqsimot kanali samaradorligini tahlil qilish;
— chakana savdodagi tovar zaxiralarini inventarizasiya qilish.
Tovarlar iste’mol xususiyatlarini tadqiq qilish:
— raqobatchi tovarlarning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilish (ya’ni faqat o‘z firmangiz tovarinigina emas, raqobatchilar tovarini ham o‘rganish);
— ishlab chiqarayotgan mahsulotlardan foydalanishning yangi usullarini izlash;
— iste’molchilarni jalb qilgan holda yangi mahsulot g‘oyasini tahlil qilish;
— qadoqlash sohasidagi tadqiqotlar;
— assortimentni soddalashtirish imkoniyatlarini o‘rganish. Reklamani tadqiq qilish (Adwertiging research) — reklama e’lonlari samaradorligini va reklama tarqatish vositalari samaradorligini tahlil qilish.
Marketing sohasidagi tadqiqotlar ikki asosiy kategoriyaga: doimiy va doimiy bulmaganga bo‘linadi. Marketing uzluksiz jarayon bo‘lib, doimiy o‘zgaruvchan sharoitlarda yuzaga chiqadi va tadqiqotlarni tizimli o‘tkazish katta ahamiyatga ega. Bu firmaga talab va sotishga ta’sir qiluvchi omillarning o‘zgarishidan xabardor bo‘lishga va o‘z siyosatini o‘zgartirishga imkon yaratadi. Bunday turdagi keng miqyosdagi axborotni ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va davlat mahkamalari yig‘adi. Shu bois ular ko‘pchilik holda umumiy xarakterda bo‘lib, firmaning alohida maxsus talablariga javob bermaydi. Shu bois ular firmaning o‘zi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar bilan to‘ldiriladi. Bundan tashqari, marketingning ko‘plab vaziyatlari shunchalik o‘ziga xoski (masalan, bozorga yangi tovar chiqarish), ular max sus tadqiqotlarni talab qiladi. Bunday tadqiqotlar ma’lum sxema asosida bajariladi va quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
— tadqiqotlar o‘tkazish zarurligni asoslash;
— bu zaruratni talab qiluvchi omillarni tahlil qilish, ya’ni muammoni shakllantirish;
— tadqiqot maqsadini aniq shakllantirish;
— eksperiment rejasini tuzish va tahlil asosida tekshirib ko‘rish;
— ma’lumotlar yig‘ish;
— ma’lumotlarni tizimlashtirish va tahlil qilish;
— natijalarini interpretasiyalash, xulosa va tavsiyalarni shakllantirish;
— tadqiqot natijalarini jamlashtirgan ma’ruza tayyorlash va taqdim etish;
— tadqiqot xulosalari asosida ko‘rilgan tadbirlar, choralar natijalarini baholash, ya’ni «qarama-qarshi aloqa» o‘rnatish.
Doimiy ravishda o‘tkaziladigan tadqiqot ham xuddi birinchi marta o‘tkazilayotgan sxema asosida amalga oshiriladi. Faqat keyingilarida birinchi to‘rt bosqich tashlab o‘tiladi.
Har qanday ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishda ma’lumotlar olish uchun axborotlarning ikki manbaidan — birlamchi va ikkilamchi turidan foydalaniladi. Ikkilamchi manbalar — bu doim birinchi navbatda o‘rganish zarur bo‘lgan mavjud ma’lumotlardir.
Ko‘pchilik holda bu ma’lumotlar ko‘zda tutilgan tadqiqot yo‘nalishlaridan yiroq maqsadlarda yig‘ilgan bo‘ladi. Shuning uchun ularni yangi ma’lumotlar yig‘ish yoki birlamchi ma’lumotlar bilan to‘lg‘azish zarur. Axborotlar manbalari orasidagi farq ikki turli tushuncha — kabinetli tadqiqot (desk research) va kabinetdan tashqaridagi tadqiqot (field research)ning mavjud bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Yuqorida keltirilganidek, kabinetli tadqiqot ikkilamchi ma’lumotlarni yig‘ish maqsadida, kabinetdan tashqaridagi tadqiqotlardan oldin o‘tkaziladi. Chunki zarur axborotlar, ularni tizimlashtirish, to‘ldirish zarur bo‘lsa ham mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari bu tadqiqotlar tekshirish yoki tajriba davomida aynan qanday ma’lumotlar olinishi lozimligini aniqlab beradi. Shuningdek, bosma materiallar axborot manbai sifatida nisbatan olish oson va to‘g‘ri foydalanilgan holda vaqt va pul mablag‘larini tejashga olib keladi.
Kabinetli tadqiqotlar firmaning o‘z hisobotini o‘rganishdan boshlanadi. Hisobotni yurgazishga mos bo‘limlar javobgar bo‘lsa ham, marketing tadqiqotlar bo‘limi hisobotlarni unifikatsiyalashning etarli darajasini ta’minlashi va shu orqali firma uchun axborotlar bazasini yaratishi lozim. Bunday bazis ma’lumotlarni olish mumkin bo‘lgan hisobot hujjatlari quyidagi faoliyat sohalarini qamrab olgan bo‘lishi zarur:
— sotib olish (zaxira darajasi, undan foydalanish tezligi va boshqalar);
— ishlab chiqarish (ishlab chiqarish miqdori, materiallar, ishchi kuchi, tovar zaxiralarini tashish va saqlash harajatlari, ularni qayta ishlash, qadoqlash va o‘rash, ustama xarajatlar, asbob-uskunalardan foydalanish va boshqalar);
— kadrlar (ishchi kuchi qiymati, kadrlar qo‘nimsizligi, mehnat unumdorligi darajasi, sababsiz ish qoldirishlar);
— marketing (sotishni rag‘batlantirish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, alohida bozor va tovar markalari bo‘yicha ma’lumotlar va boshqalar);
— sotish (alohida tovarlar bo‘yicha qiymati, foydadagi ulushi,
buyurtmalar hajmi, sotish kanallari turi yoki xaridorlari, sotish hududlari yoki agentlar bo‘yicha);
— moliya (balans hisoboti ma’lumotlari).
Tadqiqotchi firmaning yuqorida sanab o‘tilgan ichki materiallaridan tashqari katta miqdordagi qo‘shimcha axborot manbalaridan ham foydalanadi. Ularni besh asosiy kategoriya asosida guruhlash mumkin:
Hukumat mahkamalari materiallari (mahalliy va xorijiy).
Universitet va notijorat tadqiqot tashkilotlarining nashrlari.
Savdo va sanoat assosiasiyalari nashrlari.
Akademik, kasbiy va tijorat oynomalari. Tijorat tadqiqot tashkilotlarining ma’ruzalari.
Bosma materiallardan axborot manbai sifatida foydalganda, ularni yig‘ish va tizimlashtirishda qanday usuldan foydalanilganligini aniqlash muhimdir. Agar usullar mos kelmasa, ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri solishtirma tahlil qilish kerak emas. Bundan tashqari bu ma’lumotlarning ishonchliligiga tadqiqotchi to‘liq ishonch hosil qilsagina foydalanish lozim. Barcha bosmali axborot manbalari ko‘rib chiqilgandan so‘ng ham asosiy muammoning echimi topilmagan bo‘lsa, u holda kabinetdan tashqarida o‘tkaziladigan tadqiqotlar zaruriy shartdir. Bunday sohalar
quyidagilar hisoblanadi:
— reklamani tadqiq qilish (reklama e’lonlari samaradorligini tahlil qilish, reklamani tarqatish vositalarini o‘rganish, ommaviy axborot kanallaridan foydalanishni tahlil qilish, iste’mol auditoriyasi hajmini aniqlash);
— iste’molchilarni o‘rganish (iste’molchining tanlash va yuqori qo‘yishini aniqlovchi omillarni tadqiq qilish);
— taqsimotchi turi (seti) samaradorligini tahlil qilish (taqsimoti turi muqobil tarkiblarini qiyoslash, yukni qayta ishlash usullari va boshqalar);
— iste’mol xususiyatlarini tadqiq qilish (yangi mahsulot g‘oyasini tahlil, mahsulotni iste’molchini jalb qilgan holda sinash, mumkin bo‘lgan iste’mol qilish va bu tovarni iste’mol qiluvchilar tasnifini aniqlash va boshqalar).
Birlamchi ma’lumotlarni quyidagi uch usullardan biri yordamida yig‘ish mumkin: kuzatish, tajriba va tanlanma tadqiq, shuningdek, ularni birgalikda qo‘llash orqali yig‘iladi.
Kuzatish eng oddiy usul bo‘lib, ko‘pchilik holda qoniqarli natijalar beradi. Bu usulning mohiyati o‘rganilayotgan omillar bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatishdan iborat. Bunga misol, savdo binolarini rejalashtirishda asosiy usullaridan biri bo‘lgan, dukonga kelayotgan xaridorlar oqimini aniqlashdir.
Kuzatish texnikasi kuzatuvchining o‘z ishini yaxshi bilish darajasi va jarayonlarga qanchalik haqqoniy yondashishiga bog‘liq. Bu usulning cheklanganligi uning yashirin xarakterdaligidir.
Chunki kuzatish xaridorlar ongida qandaydir aks ta’sir etmasligi lozim. Bundan tashqari tashqi ko‘rinish ko‘pchilik holda xaridorlarning ichki motivini ochib bermaydi.
Tajriba o‘tkazishda nazorat o‘tkazish mumkin.Tajriba o‘tkazish tanlama usulga nisbatan arzonroqdir.Tajriba usulining asosiy kamchiligi laboratoriya sharoitlarida xaridorlarning normal o‘zlarini tutishlarini tiklash mumkin emasligidir.
Ko‘pchilik holda bunday qiyinchiliklar tajribani tabiiy sharoitda o‘tkazish yo‘li bilan echiladi. Bunga qadoqlashni, tajriba namunalarini do‘kon peshtaxtalariga joylashtirishni olish mumkin. Faqat bir o‘zgaruvchini o‘rganish juda qimmatga tushadi va ko‘p mehnat talab qiladi. Bunga sabab ko‘p sonli o‘zgaruvchilarni sinab ko‘rishdir. Masalan, qadoqlashni o‘rganishda, alohida-alohida unga ta’sir qiluvchi nomi, rangi, hajmi, shakli, axborotlar qiymati va umumiy ta’sirini aniqlash mumkin.
Hozirgi vaqtda ko‘p omilli tahlil o‘tkazishga imkon beruvchi lotin kvadratlari usuli, omilli tahlil usuli singari usullar mavjud. Birlamchi ma’lumotlarni olishda eng keng tarqalgan usul tanlama o‘rganishdir. O‘rganish usullari vaqt va mablag‘ cheklanganligiga bog‘liq holda uch omil bilan aniqlanadi:
1. So‘ralayotgan shaxslar kontingenti.
2. So‘ralayotgan shaxslar bilan aloqa o‘rnatish vositasi.
3. Zarur axborot va uni olish usullarining xarakteri bilan.
Nazariy tomondan birlamchi ma’lumotlarni yig‘ishning eng ideal usulini o‘rganilishi zarur bo‘lgan barcha shaxslarni ro‘yxatga olishni o‘tkazishdir. Amaliyotda bunday tadbirni amalga oshirish deyarli mumkin emas.
So‘rov o‘tkazilishi kerak bo‘lgan shaxslar tanlash yordamida aniqlangandan so‘ng, tadqiqotchi ular bilan quyidagi usullar yordamida muloqot o‘rnatadi: shaxsiy suhbat, pochta anketasi va telefonda suhbat. Bu usullarni ko‘rib chiqishni telefonda suhbatdan boshlaymiz. Bu usulning asosiy kamchiligi shaxsiy telefon egalari aholining ma’lum guruhini tashkil qiladi, xolos.To‘g‘ri, ilgari bu omilga ko‘proq e’tibor berishardi. Hozirgi kunda telefonda suhbat tez va faol so‘rov o‘tkazishda katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Telefonda suhbat sanoat tovarlari bozorlarini tadqiq qilishda qulaydir. U samarali bo‘lishi uchun qisqa va aniq bo‘lishi lozim. Aks holda suhbat so‘raluvchini chalg‘itishi va u muddatdan oldin tugashi mumkin. Pochtali anketa orqali so‘rov o‘tkazishning ustunligi har qanday oila va tadbirkor bilan juda kam harakat sarflab muloqot o‘rnatish mumkinligidir.Bunda suhbat aybi bilan so‘rov natijalarini almashtirib yuborishga ham chek qo‘yiladi. Biroq, bu usulning asosiy kamchiligi pochta orqali jo‘natilgan so‘rovlarga javob kelish miqdorining pastligidir. Agar 50% javob olinsa, juda yaxshi natija hisoblanadi.

Xulosa
Bugungi kunda mamlakatimizni jadal isloh etish va modernizatsiya qilish izchil ravishda davom ettirilib, bunda milliy iqtisodiyotni izchil va bardavom rivojlantirish asosiy dastagi hisoblangan xorijiy investitsiyalarga juda katta e‘tibor qaratilmoqda. Ushbu maqsadda xorijiy investorlarni milliy iqtisodiyotning xalqaro savdoda raqobatga bardosh beradigan tarmoqlariga jalb etish, aholini ish bilan ta‘minlashga xizmat qiluvchi loyihalarni, mahalliy bozorga xizmat qilishga mo’ljallangan investitsiyalar bilan bir qatorda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning istiqbolli sohalarda ko’proq eksportga yo’naltirilgan investitsion loyihalarni amalga oshirishni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashning bozor mexanizmlarini takomillashtirish zarur. Jahon iqtisodiyoti globallashib, biznes yo’lidagi to’siqlar tobora kamayib, mamlakatlar iqtisodiyoti erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda chetdan kiritiladigan investitsiya oqimlari tez sur‘atlar bilan o’smoqda. Investitsiyalashning ustuvor yo‗nalishlarini aniq belgilash, ilmiy asoslangan investitsiya qarorlarini qabul qilish, investitsiya faoliyatini oqilona tartibga solish asosida ichki va tashqi moliyaviy manbalarni, barcha shart-sharoitlarini hisobga olgan holda jalb qilish milliy iqtisodiyotning kelajagini belgilaydi. Investitsiyalar ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga xizmat qiluvchi va milliy xo‗jalikdagi takror ishlab chiqarish jarayonlarini ta‘minlovchi rolni bajaradi. Davlatning investitsiya siyosati esa maqsadli ravishda iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‗nalishlarini jadallashtirishga qaratilgandir. Milliy iqtisodiyotning jahon xo‗jaligidagi mavqeini mustahkamlash, milliy ishlab chiqaruvchilarning jahon bozoridagi raqobatbardoshlik darajasini yanada ko‗tarish, sanoatning texnik tarkibini zamonaviylashtirish muammolari ham davlat siyosatining boshqa omillari qatorida investitsion siyosat orqali amalga oshiriladi. O‘zbekistonning imkoniyatlarini o‘rganib chiqqan holda, quyidagi xulosaga keldik. Mamlakatimizda nafaqat tarixiy-me‘moriy yodgorliklar bo‘yicha 85 sayyohlik, balki eko va bioturizm, sog‘lomlashtirish oromgohlari, faol sayyohlik yo‘nalishlari, rafting turlari bo‘yicha turizm hududlarini tashkil etish mumkin. O‘zbekiston sog‘lomlashtirish oromgohlarini qurish uchun kerakli bo‘lgan tabiiy resurslarga boy, havosi toza bo‘lgan tog‘lar, mineral suvlar, buloqlarga ega. Bunday joylarda oromgohlar zamonaviy standartlarga javob beradigan darajada qurilsa, albatta xorijiy turistlar oqimi ko‘payadi. Xorijiy sayyohlar tashrifining ko‘payishi mamlakatga kirib keladigan investitsiyalar hajmining ortishiga sabab bo‘ladi. Mamlakatimizda eko va bioturizm turlarini tashkil etish uchun ham yetarli sharoitlar mavjud.


Yüklə 81,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə