O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’lim



Yüklə 85,22 Kb.
səhifə4/7
tarix22.03.2024
ölçüsü85,22 Kb.
#180474
1   2   3   4   5   6   7
20-Tursunova Sh.

Ma’nodosh so’zlar ustida ishlash
Ma’nodosh so’zlar (sinonimlar) talaffuzi, yozilishi har xil bo’lgan bir umumiy tushuncha(ma’no) ifodalaydigan so’zlardir. Sinonimlar bir-biridan qo’shimcha ma’no qirrasi, emostional bo’yog‘i, qo’llanilishi jihatidan o’zaro farqlanadi. Katta, ulug‘, buyuk, zo’r, azim, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant sinonimik qatorini tashkil qilgan so’zlardan katta so’zi keng tushunchani anglatib, aniq tushunchaga nisbatan ham, mavhum tushunchaga nisbatan ham ishlatilaveradi. Ulug‘, buyuk, zo’r, azim, ulkan so’zlari hajmi ancha katta bo’lgan narsalargabahaybat, haybatli so’zlari esa o’lchovi juda katta bo’lgan narsalarga nisbatan ishlatiladi. Yirik kam ishlatiladi. Gigant kitobiy uslubga xos bo’lib, asosan joy, qurilishga nisbatan qo’llanadi.
Sinonimlar tilni leksik tomondan boyitadi, shuning uchun bunday so’zlar bilan ishlash juda muhim. Kishi lug‘atida sinonimlar qancha ko’p bo’lsa, uning til ifodaliligi shuncha ortadi.
O’zbek tili - sinonimlarga boy til. «O’zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» da katta so’zining 11 ta, marta so’zining 13 ta sinonimi berilgan.
Boshlang‘ich sinflarda sinonim haqida nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo sinonimlar haqidagi tushuncha amaliy mashq yordamida shakllantiriladi. Sinonimlar bilan ishlash elementar tarzda 1-sinfdan boshlanadi: o’quvchilar berilgan so’zning sinonimini topishga, boshqacha qilib qanday aytish mumkinligini tushuntirishga, 2-3-sinflarda esa berilgan so’zning2-3 sinonimini topib aytishga o’rgatiladi.
Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh so’zlarga oid quyidagicha mashqlar ishlatiladi:
1. Berilgan ma’nodosh so’zlarni guruhlash. Bunda bir so’z turkumiga oid ikki sinonimik qatordagi so’zlar ichiga bir-ikkita boshqa so’z kiritib beriladi. O’quvchilar sinonimlarni ikki guruhga ajratib aytadilar. Buning uchun so’zlar quyidagi kabi berilishi mumkin: vatan, maqsad, diyor, niyat, mamlakat, murod, yurt.
2. Berilgan so’zga sinonim tanlash. O’qituvchi otni o’tganda osmon, sifatni o’tganda mazali, fe’lni o’tganda ko’nikmoq so’zlarini aytadi. O’quvchilar bu so’zlarga sinonim tanlaydilar: osmon-ko’k, samo, falak; mazali - lazzatli, laziz, totli; ko’nikmoq - o’rganmoq, odatlanmoq, odat qilmoq.
3. Tushirib qoldirilgan sinonim so’zlarni o’z o’rniga qo’yib, matnni ko’chirish. Bunda yozilishi kerak bo’lgan sinonim so’zlar ro’yxati tekshirish uchun beriladi. O’quvchilar sinonimlarni o’rniga qo’yib, ularning qo’llanilishidagi farqni tushuntiradilar.
4. Ma’nodosh so’zlardan mosini qo’yib gaplarni ko’chirish. Buning uchun sinonim so’zlar qatori qavs ichida beriladi, o’quvchi gapning mazmuniga mosini tanlab gapni ko’chiradi: Daryo suvini (bahor, ko’klam) toshirar, odam qadrini (mehnat, ish) oshirar. Oltin (o’t, olov, alanga)da, odam (ish, mehnat)da bilinadi. Birlashgan (yov, dushman) ni qaytarar.
5. Sinonim so’zlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan mashq ishlash. Buning uchun to’rtta sinonimik qatordagi so’zlar tanlanadi va 16 katakka aralash joylashtiriladi. O’qituvchi shu katakchalardagi bir so’zni aytadi. Masalan, chiroyli. O’quvchilar shu so’zga yaqin ma’noli so’z (sinonim)ni katakchalardan topib aytadilar: go’zal, dilbar, sohibjamol, husndor. Sinonim so’zlar qatori bilan so’z birikmasi tuzadilar: chiroyli shahar, go’zal manzara, sohibjamol malika va hok.



Yüklə 85,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə