O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti



Yüklə 94,83 Kb.
səhifə2/2
tarix22.03.2024
ölçüsü94,83 Kb.
#182353
1   2
Ro\'za (1) (2)

Tovush (tilshunoslik)


Tovush (tilshunoslikda), nutq, tovushi — kishining murakkab artikulyatsion faoliyat natijasi hisoblangan, muayyan akustik (eshitilish) va perseptiv (idrok etilish) xususiyatlari bilan ajralib turadigan eng kichik nutq birligi. Talaffuz usuliga muvofiq holda tovushning akustikasi, artikulyatsiyasi va persepsiyasi haqida fikr yuritiladi. Har bir nutq tovushi artikulyatsion jihatdan talaffuz aʼzolarining murakkab harakati natijasida paydo boʻladi. Akustik jihatdan esa, har qanday boshqa tovush singari, havo muhiti orqali tarqaladigan tebranma harakat sifatida taʼriflanishi mumkin. Nutq tovushlarini hosil qiluvchi vosita (tebrantiruvchi kuch) oʻpkadan nafas yoʻli orqali chiqib, avval boʻgʻizga va undan ogʻiz boʻshligʻiga, baʼzan burun boʻshligʻiga oʻtadigan havo oqimidir. Ovoz (un), asosan, boʻgʻizda hosil boʻladi. Unda koʻndalang joylashgan elastik, yupqa tovush (un) paychalari mavjud boʻlib, soʻzlash paytida oʻpkadan chiqayotgan havoning kuchi bilan titraydi va ovoz hosil qiladi. Unlilar, sonorlar va jarangli undoshlardagi ovoz ana shuning natijasidir. Boʻgʻiz orqali oʻtgan havo oqimi til, tanglay, tish yoki ikki labning toʻsqinligiga duch kelib, shovqin paydo qiladi, natijada jarangsiz undoshlar hosil boʻladi.
Tovushlar soʻz va grammatik koʻrsatkichlarni shakllantirish hamda ularni birbiridan farqlash, ajratish uchun xizmat qiladi. Bunday xususiyatli tovushlar fonema deb yuritiladi, biroq barcha tovush ham fonema boʻla olmaydi. Tovush (fonema)lar bir necha jihatdan tasnif qilinadi. Ovoz va shovqinning ishtirok etish darajasiga koʻra, ular avvalo 2 ga boʻlinadi: unli tovushlar va undosh tovushlar (qarang Fonema, Undosh tovushlar, Unli tovushlar).
Umumiy tilshunoslik - tilshunoslikning, xususiy tilshunosliklardan farqli ravishda, tilni umuman insonga xos hodisa, insonning ajralmas qismi sifatida oʻrganuvchi boʻlimi. Umumiy tilshunoslikning asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgi—xususiyatlarni aniklash va yoritishdir. Bu vazifa ayrim tillar va til guruxlari yuzasidan kuzatishlarni umumlashtirish; til qurilishining, tabiiy va mashina tillari semantikasi va sintaksisining, shuningdek, fonetikaning (faqat tabiiy tillarda) eng umumiy, universal krnuniyatlarini aniklash orqali hal etiladi. Xususiy tilshunoslik esa oʻz urganish manbaiga koʻra ayrim bir tilga (rusistika), biror tillar guruhi yoki oilasiga (romanistika, turkiyshunoslik), bir mintaka yoki tipologik guruhga mansub tillarga (bolqonshunoslik, kavkazshunoslik) xos xususiyatlarni oʻrganadi.
Umumiy tilshunoslik barcha tillarning umumiy (yoki statistik jihatdan ustun boʻlgan) belgilarini tipologiya yordamida empirikinduktiv tarzda; tilning amal qilishidagi umumiy (har qanday jamoaga mansub kishilar uchun ahamiyatli bulgan) qonuniyatlarni oʻrganish orqali esa deduktiv tarzda ham aniqlab beradi. Umumiy tilshunoslik, shuningdek, tilning sathlarga boʻlinishiga qarab hamda muayyan boʻlimning til belgisi (soʻz) va matn (fikr, gap)ning u yoki bu tomoniga moyilligiga qarab ham tilshunoslik bo’limlarini ajratib kursatadi (maye. umumiy fonetika, umumiy morfologiya).
Umumiy tilshunoslik fani doirasida tilning tabiati va mohiyati, til va tafakkur, til va nutq, tilning tarkibiy tuzilishi, til tizimini anglash, tilning paydo boʻlishi va rivojlanishi, yozuvning paydo boʻlishi, tillarning morfologik (tipologik) va genealogik tasnifi, tillarni ilmiy oʻrganish metodi, tilda shakl va mazmun kabi muammolar urganiladi. Bulardan til va nutq, tilni tekshirish metodi, tilda shakl va mazmun muammolari "Umumiy tilshunoslik" fani nomi bn, krlgan muammolar esa "Tilshunoslikka kirish" fani nomi bilan bog’liq. Umumiy tilshunoslikning tarkibiy qismi hisoblangan tilshunoslikka kirishda til haqida boshlangich maʼlumotlar beriladi, tilshunoslikda qoʻllanadigan asosiy ilmiy termin va tushunchalar bilan tanishtiriladi, tilshunoslikning asosiy qismlarini va xususiy tilshunoslikda urganiladigan masalalarni o’zlashtirish uchun nazariy asos beriladi. "Umumiy tilshunoslik" terminini keng va tor maʼnolarda tushunish toʻgʻriroq buladi. Umumiy tilshunoslik tilshunoslikning boshqa ijtimoiy fanlar (mas, adabiyotshunoslik, falsafa, tarix, arxeologiya, etn., psixologiya) hamda tabiiy fanlar, xususan, biologiya va matematika bilan aloqasini ham urganadi.
Fonetik so‘z – taktning (agar taktga ajralmasa, frazaning) qismi bo‘lib, bir urg‘uga ega bo’ladi. Fonetik so‘z leksik va grammatik ma’nodagi so‘zga teng kelishi ham mumkin. Masalan, Mehr nuri yog‘ar doim yuzingizdan, ustozlar da oltita fonetik va oltita leksik so’z mavjud; Derazamning oldida bir tup o‘rik oppoq bo‘lib gulladi jumlasida sakkizta leksik-grammatik, lekin oltita fonetik so‘z mavjud. Fonetik transkripsiya nutq tovushlarining talaffuz xususiyatlarini aks ettirish uchun ishlatiladigan belgilar sistemasi. Fonetika – (gr. Phone - tovush) tilning keng ma’noda tovush tuzilishini o‘rganuvchi tilshunoslikning bo‘limi. U tovushlar bilan bog’liq bo‘lgan har qanday hodisalarni tekshiradi. Shu sababli unga tilning faqat tovush tizimini tekshiruvchi bo’lim sifatida qarash noto‘g‘ri. Fonologiya – tilshunoslikning alohida bo‘limi bo‘lib, fonemalarning farqlovchi belgilarini o‘rganuvchi fan. Fonologik tasnifda fonemalar paradigmatik va sintagmatik jihatdan qaraladi.

FONETIK O‘ZGARISHLAR


Fonema so‘z va morfemalar ichida yashaydi. Demak, fonemalar so‘z va morfemalarning ichida diskret element sifatida o‘zaro sintagmatik munosabatda bo‘ladi. Har bir tilda so‘z va morfemalarning ma’lum fonetik struktura tiplari mavjud. Ammo bu masala shu vaqtga qadar tilshunoslikda yetarli o‘rganilmadi. Shu bilan birga, ma’lum so‘z bir necha morfemalardan tashkil topishi va ma’lum morfema turli morfemik qurshovda turlicha allomorflar sifatida yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, qizil+ar-qizar (il-Sh), sarig‘+ay-sarg‘ay (i- Sh), bilak+i-bilagi (k-g) kabi so‘zlarda qizil-qiz, sarig‘-sarg‘, bilak-bilag morflari bir morfemaning ma’lum pozitsiyaga xoslangan turli variantlaridir. Bu o‘rinda fonema almashinuvlari hech qanday fonologik funksiya bajarmaydi. Tovush almashinuvi uzoq vaqtlardan buyon lingvistlar tomonidan o‘rganilib kelinadi. Qiyosiy tilshunoslik o‘zining dastlabki taraqqiyot bosqichidayoq tovush almashinuviga katta e’tibor berdi. Ayniqsa, german tillari tadqiqotchilari bu masalani alohida o‘rganadilar, chunki tovush almashinuvi german tillari morfologiyasida asosiy o‘rin egallar edi. Yaqin yillargacha hind-evropa tillarida unlilar almashinuvi (ablaut) fonetik hodisa hisoblanib kelindi. Bunday qarash, ayniqsa, yosh grammatikachilar maktabiga xosdir. Ablautga fonetik hodisa sifatida qarash hozir ham ayrim tilshunoslar asarlarida ucrab turadi. Tilshunoslik tarixida tovush almashinuvi nazariyasining ishlanishida I.A.Boduen de Kurtene va N.V.Krushevskiylar alohida o‘rin egallaydi. Ular tilshunoslik tarixida birinchi bo‘lib tovush o‘zgarishlari va almashinuvlarini birbiridan farqlab o‘rganadilar. I.A.Boduen de Kurtene tildagi barcha tovush almashinuvlarini ikki kategoriyaga bo‘ladi: 1) kombinator xoslangan alternatsiyalar; 2) traditsiyaga asoslangan alternatsiyalar. U birinchi tipdagi alternatsiyalarni fonetikaga, ikkinchi tipdagilarni esa morfologiyaga kiritish lozimligini tavsiya qiladi. Tovush o‘zgarishlarini, avvalo, unlilar o‘zgarishi va undoshlar o‘zgarishiga ajratish maqsadga muvofiqdir. Unlilar o‘zgarishiga unlilar reduksiyasi, unlilarning cho‘zilishi, unlilar labializatsiyasi, unlilar delabializatsiyasi singari hodisalar mansubdir. I unlilar o‘zgarishi Unlilar reduksiyasi Bir bo‘g‘inli leksemalarda hamda ikki bo‘g‘inli leksemalarning birinchi bo‘g‘inidagi sonor undoshlar oldida kelgan tor unli sonor undosh ta’sirida reduksiyaga uchraydi. Masalan, b(i)lan, b(i)roq, s(i)ra, b(i)r kabi. Buning sababi shundaki, sonorlar ham, unlilar ham akustik belgisiga ko‘ra umumiylikni tashkil etadi. Har ikkisi ham ovozdan iborat. Shuning uchun unlidagi ovoz undoshdagi ovoz hisobiga qisqarishi mumkin. Shu bilan birga unli ham, sonor ham funksional umumiylikka – bo‘g‘in hosil qilish funksiyasiga ega. Bulardan turkiy tillar uchun asosan unlilar bo‘g‘in hosil qiluvchilar sanalsa, roman-german tillarida esa sonorlar ham bo‘g‘in hosil qiladi. Bunga sabab sonorlarning akustik xossalaridir. Ikki bo‘g‘inli leksemalarning birinchi ochiq bo‘g‘inidagi tor unli sirg‘aluvchi undoshlar oldida reduksiyaga uchraydi. Natijada bu leksemaning majburiy varianti maydonga keladi. Masalan, k(i)shi, p(i)shiq, q(i)zil. Bir va ikki bo‘g‘inli lesemalarning birinchi bo‘g‘inidagi sonor undoshlardan oldin kelgan tor unlilarning reduksiyaga uchrashi shu leksemalarning uslubiy variantlarining tug‘ilishiga, ya’ni og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos variant bilan badiiy-publitsistik (radio, televidenie, sahna tili) uslubga xos variantning farqlanishiga olib keladi. Uch bo‘g‘inli so‘z shakllarining leksik morfema qismidagi ikkinchi bo‘g‘inda joylashgan tor unli reduksiyaga uchraydi. Natijada shu leksik morfemalarning majburiy varianti maydonga keladi. Majburiy variant deyilishining sababi shundaki, shu qurshovda bundan boshqa variantning kelishi mumkin emas.Mazkur leksik morfemaning morfemik qurshovi o‘zgarishi bilan boshqa variantiga almashinadi. Masalan, o‘g‘ilga. Shunday qilib, morfemik qurshov majburiy variantlarning kombinator turining hosil bo‘lishiga zamin yaratadi. Polisillabik so‘zlarda ikkinchi bo‘g‘indagi tor unlining reduksiyalanishi leksik urg‘u bilan uzviy aloqador. Chunki so‘z bo‘g‘inlarining ko‘payishi bilan so‘zning urg‘usi oxirgi bo‘g‘inga qarab ko‘chib boradi. Shu bilan birgalikda birinchi bo‘g‘in fonetik tuzilishining buzilib ketmasligiga intilish tendensiyasi tufayli, turkiy tillarda polisillabik so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida ham ikkinchi darajali urg‘u mavjud bo‘ladi.I ko‘rinadiki, polisillabik so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘ini ikki urg‘uli bo‘g‘in o‘rtasida qoladi. Bu esa ikkinchi bo‘g‘indagi tor unlining kuchsizlanishiga olib keladi. II undoshlarning o‘zgarishi O‘zbek tilida assimilyativ o‘zgarishlar Yodda tuting!
Assimilyatsiya turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida keng tarqalgan hodisa bo‘lib, nutqning moddiy zanjirida, ya’ni tovushlar ketma-ketligida ma’lum bir belgiga ko‘ra ikkita noo‘xshash undoshning so‘zlovchining talaffuz qulayligiga intilishi tufayli o‘xshash undoshga aylantirilishidir. Ko‘rinadiki, muayyan leksema tarkibida ma’lum belgi asosida zidlanuvchi ikki undosh talaffuz noqulayligini bartaraf qilish harakati tufayli zidlanish belgisini yo‘qotadi, bir xil undoshlarga aylanadi. Natijada leksemaning og‘zaki so‘zlashuv varianti – uslubiy varianti maydonga keladi. Masalan, tarnov- tannov, shirmoy non- shirmonnon, badtarbattar kabi . Metateza har qanday tilning ham diaxron, ham sinxron holati uchun mansubdir. Bunday holatdan o‘zbek tili ham mustasno emas. O‘zbek tilida metateza shu tilning ikki davr oraliѓidagi leksema nomemasining o‘zgaruviga olib kelishi mumkin. Masalan, o‘granmoq- o‘rganmoq, yog‘mir-yomg‘ir. Shu bilan birgalikda, metatezaga uchramagan variant ham hozirgi kunda ayrim o‘zbek dialektlarida saqlanayotgan bo‘lishi mumkin. Bu esa tarixiy va dialektal variantlarning farqlanishiga olib keladi. Tarixiy variant tarixiy mavzuga baѓishlangan badiiy asarlar tilida uchraydi. Bu esa uning uslubiy variantga aylanishiga yo‘l ochadi. Shu bilan birgalikda, o‘zbek tilining hozirgi holatida qo‘llaniluvchi metateza yordamida hosil bo‘lgan leksema nomemasining variantlari mavjud. Masalan, daryodayra, faryod-payrad, tuproq- turpoq, to‘g‘ramoq-to‘rg‘amoq, kirpik-kiprik va boshq. Bularning barchasi leksema nomemasining ma’lum uslubga xoslangan variantlaridir. Birinchisi kitobiy uslubga, ikkinchisi esa og‘zaki so‘zlashuv uslubiga mansubdir. Shu bilan birgalikda ayrimlari fakultativ variantlarni ham hosil qiladi. Masalan, qo‘shni-qo‘nshi, qamramoq-qarmamoq. Metateza har qanday tilning ham diaxron, ham sinxron holati uchun mansubdir. Bunday holatdan o‘zbek tili ham mustasno emas. O‘zbek tilida metateza shu tilning ikki davr oralig‘idagi leksema nomemasining o‘zgaruviga olib kelishi mumkin. Masalan, o‘granmoq- o‘rganmoq, yog‘mir-yomg‘ir. Shu bilan birgalikda, metatezaga uchramagan variant ham hozirgi kunda ayrim o‘zbek dialektlarida saqlanayotgan bo‘lishi mumkin. Bu esa tarixiy va dialektal variantlarning farqlanishiga olib keladi. Tarixiy variant tarixiy mavzuga bag‘ishlangan badiiy asarlar tilida uchraydi. Bu esa uning uslubiy variantga aylanishiga yo‘l ochadi. Fonetik moslashtirish Turkiy leksemalar nomemalari o‘ziga xos fonetik arxitektonikaga ega. Leksema nomemalarida bir bo‘g‘inda ikki va undan ortiq undoshlar kela olmaydi. Bundan faqat bir bo‘g‘inli leksema nomemalarining oxirida lt (yilt-yilt, qult- qult, milt-milt), st ( ost-ust ), rt ( ort, turt, to‘rt ) undoshlarining qator kelishi mustasno. Leksema nomemasining boshida va oxirida kelgan ikki va undan ortiq undoshlar ishtirok etgan so‘zlarning ko‘pi olinmalardir. Shuning uchun bunday olinma so‘zlarning fonetik tuzilishi og‘zaki nutqda turkiy so‘zlar fonetik tuzilishiga moslashtirish, shu yo‘l bilan talaffuz qulayligiga intilish harakati mavjud bo‘ladi. Bunday harakat tufayli olinma leksemalar nomemalarining og‘zaki so‘zlashuv variantlari paydo bo‘ladi. Ular quyidagilardan iborat: I.Rus tili va bu til orqali boshqa ovrupa tillaridan o‘tgan leksema nomemalarining boshida bir bo‘g‘in tarkibida kelgan ikki va undan ortiq undoshlarni talaffuz qilish qiyin bo‘lganligi tufayli, og‘zaki nutqda talaffuz qulayligini ta’minlash uchun bu leksemalarning nomemalari fonetik tuzilishi turkiy leksemalar nomemalarining fonetik arxitektonikasiga moslashtiriladi. Natijada bu leksemalarning og‘zaki so‘zlashuv nutqiga xos uslubiy varianti vujudga keladi. Leksema nomemasi boshida bir bo‘g‘inda kelgan ikki undosh quyidagi yo‘l bilan ikki bo‘g‘inga bo‘linadi va bir bo‘g‘indagi qator undoshlarni ikki bo‘g‘in tarkibiga o‘tkazish yo‘li bilan turkiy tillar leksemalari nomemalarining fonetik arxitektonikasiga moslashtiriladi. 1.SSV, CCVC, CCVCC tipidagi fonetik tuzilishga ega bo‘lgan leksema nomemalari VC-CV, VC-VC, VC-CVCC tipidagi fonetik tuzilishdagi leksema nomemasiga aylantiriladi. Masalan, sta-kan – is-ta-kan, stol – us-tol, stul – us-tul kabi. 2.CCV, CCVC, CCVCC tipidagi fonetik tuzilishga ega bo‘lgan birinchi bo‘g‘in nomemalari CV-CV, CV-CVC, CV-CVCC tipidagi fonetik tuzilishga ega bo‘lgan birinchi bo‘g‘in nomemasiga aylantiriladi. Masalan, traktor – ta-rax-t()r, trolleybus – ta-ra-la-bus kabi. II.1.Rus tili va bu til orqali o‘tgan leksema nomemalarining oxirida bir bo‘g‘inda kelgan ikki va undan ortiq undoshlar leksema nomemasining oxiridagi qator undoshlardan so‘ng bir unli orttirish yo‘li bilan bir bo‘g‘indagi qator undoshlar boshqa-boshqa bo‘g‘inlarga bo‘lib yuboriladi. Masalan, bank, tank leksemalari banka, tanka variantlariga ega bo‘ladi. Natijada bir leksemaning ikki varianti yuzaga keladi. 2.Fors-tojik hamda rus tili orqali o‘tgan bir qator olinmalarning oxirgi bo‘g‘inida ikki va undan ortiq undoshlar qator kelishlari mumkin. Lekin bir bo‘g‘inda kelgan bu undoshlar og‘zaki nutqda turkiy tillarning fonetik qonuniyatlariga moslashtiriladi va bir undosh tushirib qoldiriladi. Masalan, go‘sht-go‘sh, g‘isht-g‘ish, barg-bak, vaqt-vaq va boshq. Turkiy tillar leksemalarining nomemasi fonetik tuzilishining yana bir xususiyati shundaki, bir joyda ikki unli qator kela olmaydi. Shu bois, o‘z leksemasiga doir leksemalar nomemalaridagi qator unlidan birini, shuningdek, o‘zlashgan leksikaga oid leksemalar nomemalaridagi qator unlilardan birini og‘zaki nutqda tushirib qoldirish, ya’ni qator kelgan unlini bir unliga aylantirish yo‘li bilan yoki qator kelgan ikki unli o‘rtasiga y, v, h undoshlaridan birini orttirish yo‘li bilan turkiy leksemalar nomemalarining fonetik arxitektonikasiga moslashtirishga harakat qilinadi. Natijada bir leksemaning bir necha uslubiy variantlari – yozma va og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos variantlari vujudga keladi. So‘z boshida tovushlar mosligi natijasida leksema variantlarining ortishi muammosi dastlab Mahmud Qashg‘ariy tomonidan bayon qilingan edi. Xususan, u qipchoq, o‘g‘uz tillarini hoqonicha turkcha tilga qiyoslar ekan, hoqonicha turkcha leksemalar boshidagi [y] undoshi qipchoq tillarida doimo [j] ga, o‘g‘uz tillarida esa nolga aylanishini bayon qiladi. Masalan, turkcha jinji, qipchoqcha jinji, o‘g‘uzcha inji. Turkiy tillar o‘rtasidagi ana shu fonetik moslik bugungi o‘zbek tilining shevalarida ham o‘z ifodasini topadi. Natijada bir leksemaning majburiy va fakultativ variantlari vujudga keladi. Masalan, jilon-yilon-ilon; juzum-yuzum-uzum; yirik-irik; jur-yur; yog‘och-og‘och va boshq. N.S.Trubetskoyning ta’biri bilan aytganda, bir fonetik qurshovda biri o‘rnida ikkinchisi qo‘llanib, ma’no farqlamasa, bunday fonetik birliklar bir fonemaning turli variantlari sanaladi.2 (Yod oling). Eliziya qator kelgan har xil turdagi ikki unlidan birining tushib qolishi hodisasidir. Sinerezis hodisasida qator kelgan unlilar o‘zaro birikib, bir unliga aylansa, eliziya hodisalarida bu unlilardan biri tushib qoladi2 . Ana shu xususiyatlari bilan bu hodisalar bir-biridan farq qiladi. Birnnchi so‘z oxiridagi unlining ikkinchi so‘z boshidagi unli bilan to‘qnashishi natijasida tushib qolishi hodisasi eliziya hisoblanadi.; Masalan, borolmoq Bir leksema nomemasida qator unli ikki holatda uchrashi mumkin: 1) o‘z leksikaga doir leksemalarda intervokal undoshning tushib qolishi natijasida; 2) olinma leksemalar nomemalari tarkibida. Bir leksema nomemasida intervokal undoshning tushib qolishi natijasida hosil bo‘lgan ikki unli o‘zaro birikib, bir cho‘ziq unliga aylanadi. Natijada ikkilamchi cho‘ziq unlilar hosil bo‘ladi. Intervokal undoshlarning tushib qolishiga ob’ektiv sabab mavjud. Chunki undoshlar uchun intervokal holat kuchsiz pozitsiya sanaladi. Alohida pozitsion xususiyatga ega bo‘lgan bu holatda hatto portlovchi jarangsiz undoshlar ham kuchsizlanishi va tushib qolishi mumkin.1 Buning sababi shundaki, unlilar artikulyatsion jihatdan “og‘iz ochuvchilar” sanaladi. Shunday ekan, ikkita og‘iz ochuvchilar oralig‘ida kelgan har qanday undosh birinchi “ochiqlik” bilan ikkinchi “ochiqlik” orasida qoladi va natijada undoshning “og‘iz yopuvchilik” artikulyatsion belgisi kuchsizlanadi. Ya’ni bunday pozitsiyada joylashgan undosh o‘zining to‘liq artikulyatsiyasiga ega bo‘lmaydi. Bunday holatdagi undoshlarni talaffuz qilish uchun nutq a’zolari bir-biri bilan to‘la yaqinlashmay turib, navbatdagi unlini talaffuz qilishga tayyorlanadi. Oldidagi unli rekursiyasi va undan keyin kelgan unli ekskursiyasi bir-biriga taxlanib ketadi.2 Intervokal undoshlar artikulyatsiyasida hosil bo‘lgan nutq a’zolari o‘rtasidagi bu oraliqning ba’zan kengayib ketishida undosh tamoman o‘z artikulyatsiyasini yo‘qotishi va ikki tomondagi unlilarning o‘zaro qo‘shilib ketishi mumkin.3 Hozirgi o‘zbek tilining og‘zaki so‘zlashuv uslubida va bir qator o‘zbek shevalarida portlovchi undoshlarning intervokal holatda kuchsizlashib, sirg‘aluvchi undoshlarga aylanishi, sirg‘aluvchi undoshlarning esa reduksiyalashib, unlilarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. Bu ikkilamchi cho‘ziq unlilar ko‘pgina shevalarda oddiy cho‘ziqlikdagi unliga aylanadi. Masalan, bu yoqqa> buoqqa>ba:qa> baqa; shu yoqqa> shu oqqa> sha:qa>shaqqa.4 Intervokal holatda ko‘pincha y, v, h, g‘ undoshlari tushib qoladi va buning natijasida hosil bo‘lgan ikki unli sinerezis hodisasini hosil qiladi. [y] undoshi o‘pkadan chiqayotgan havo oqimining kuchiga ko‘ra5 va akustik belgisiga ko‘ra unli bilan umumiylik belgisiga ega. Shuning uchun bu undosh intervokal holatda to‘siqlik belgisini yo‘qotishi va vokalizatsiyalashishi mumkin. Hozirgi o‘zbek shevalarida intervokal [y] ko‘proq birinchi bo‘g‘in bilan ikkinchi bo‘g‘in oralig‘ida va qisman keyingi bo‘g‘inlar oralig‘ida o‘z artikulyatsion belgisini yo‘qotib, vokalizatsiyaga uchraydi. Bunday xususiyat hozirgi barcha turkiy tillarga xos bo‘lib, ularning hammasi uchun mushtarak sanaluvchi qadimgi turkiy tilda ham va o‘zbek tilining ilk shakllanish davrida ham uchraydi. Masalan, qadimgi turk tilida tn> tyn tuyun> tugun (DTS, 561-bet); kk> kyk (DTS.307-bet); eski o‘zbek tilida kz> kyz> kigiz1 ; bz> byz> bigiz (Navoiy “ML”) hozirgi xakas tilida kiis> kiyis “kiygiz” (xak.-rus.sl. s.74) va boshq. Leksema nomemalari tarkibida intervokal [g‘] undoshi ham o‘zining artikulyatsion belgisini yo‘qotishi, unlilar bilan farqlanish belgisi neytralizatsiyaga uchrashi mumkin. Chunki jarangli sirg‘aluvchi bu undosh akustik belgisiga ko‘ra o‘zining korrelyati bo‘lgan [x] undoshiga nisbatan unliga kuchsiz zidlanadi. Buning sababi shundaki, [g‘] undoshi akustik belgisiga ko‘ra unli bilan jarangsiz undosh oralig‘ida turadi: [unli]- [g‘]- [x]. Shunday ekan, ikki unli o‘rtasida qolgan [g‘] undoshining vokalizatsiyalashishi uchun qulay imkoniyat yaratiladi. Masalan, o‘zbek tilining qipchoq shevalarida: ul > uul > ug‘ul > o‘g‘il; to:> tog‘a; To:ra > tog‘ora.2 Leksema nomemasi tarkibidagi intervokal holatda vokalizatsiyalashuvchi undoshlardan yana biri [v] undoshidir. Bilabiallik, sirg‘aluvchilik, jaranglilik belgilariga ega bo‘lgan bu undosh ikki lablashgan unlilar o‘rtasida kelib, bir qator o‘zbek shevalarida vokalizatsiyaga uchraydi. Masalan, qorabuloq shevasida to:p > tovup > tabib; qa:p > qovup > qopib; so:q > sovuq; janubiy xorazm, o‘g‘iz va qipchoq shevalarida qu:n > quvun > qovun; su:q > suvuq > sovuq; qu:q > quvuq > qovuq 3 va boshq. Dissimilyatsiya. (Eslab qoling). Leksema nomemasi tarkibidagi ma’lum belgisiga ko‘ra ikki o‘xshash undosh tovushning so‘zlovchining talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli o‘xshash belgilarning yo‘qotilishi dissimilyatsiya hodisasini keltirib chiqaradi. Bunday hodisaning ro‘y berishi esa leksema nomemasining og‘zaki so‘zlashuvga xos variantining hosil bo‘lishiga olib keladi. Masalan, biror leksemasi tarkibidagi ikkita r undoshi titroqlik umumiy belgisiga ega bo‘lganligi tufayli, ikkinchi undosh burun tovushga almashinadi. Natijada bir leksemaning biror va biron variantlari paydo bo‘ladi. Shuningdek, mo‘may leksemasidagi ikki bir xil undoshning birinchisi lab undoshlik belgisini yo‘qotib, til oldi undoshiga aylanib, talaffuz qulayligini hosil qiladi. Buning natijasida bir leksemaning mo‘may va no‘may variantlari vujudga keladi.
Dissimilyatsiyaga uchrashi uchun ikkita bir xil undoshning bo‘lishi shart emas. Ma’lum bir belgisi bilan o‘xshash bo‘lgan ikki undosh ham dissimilyatsiyaga ehtiyoj sezishi mumkin. Masalan, mabodo leksemasidagi m va b undoshlari labiallik belgisiga ko‘ra o‘xshash bo‘lganligidan, nutqiy jarayonda talaffuz qulayligini ta’minlash maqsadida birinchi undosh til oldi sonor undoshga almashtiriladi. Leksema nomemasi tarkibidagi ma’lum belgisiga ko‘ra ikki o‘xshash undosh tovushning so‘zlovchining talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli o‘xshash belgilarning yo‘qotilishi dissimilyatsiya hodisasini keltirib chiqaradi. Bunday hodisaning ro‘y berishi esa leksema nomemasining og‘zaki so‘zlashuvga xos variantining hosil bo‘lishiga olib keladi. Masalan, biror leksemasi tarkibidagi ikkita r undoshi titroqlik umumiy belgisiga ega bo‘lganligi tufayli, ikkinchi undosh burun tovushga almashinadi. Natijada bir leksemaning biror va biron variantlari paydo bo‘ladi. Dissimilyatsiyaga uchrashi uchun ikkita bir xil undoshning bo‘lishi shart emas. Ma’lum bir belgisi bilan o‘xshash bo‘lgan ikki undosh ham dissimilyatsiyaga ehtiyoj sezishi mumkin. Masalan, mabodo leksemasidagi m va b undoshlari labiallik belgisiga ko‘ra o‘xshash bo‘lganligidan, nutqiy jarayonda talaffuz qulayligini ta’minlash maqsadida birinchi undosh til oldi sonor undoshga almashtiriladi. Fuziya Turkiy tillarning aglyutinativ tabiati barchaga ma’lum. Aglyutinatsiyaning fuziyadan muhim farqlovchi belgilari sifatida har bir grammatik ma’noning alohidaalohida shakllar yordamida ifodalanishi, grammatik ma’noni ifodalovchi grammatik shakllarning ko‘payishi bilan so‘zning chapdan o‘ngga qarab cho‘zilib borishi, leksik va grammatik morfemalarning bir-biriga qo‘shilish chokining ajralib turishi, shuningdek, grammatik shakllarning qo‘shilishi o‘zak morfemaning fonetik tuzilishini o‘zgartirmasligi kabi belgilar ta’kidlanadi. Oxirgi belgi turkiy tillarning analitik qo‘shilishidan tashqari, so‘z morfem tuzilishining singarmonistik xususiyati bilan ham uzviy bog‘liqdir. Chunki grammatik shakllarning kombinator variantlari o‘zak morfemaning fonetik tarkibi bilan mos holda ro‘yobga chiqadi. Boshqacha aytganda, leksik morfemaning o‘ng tomonidagi grammatik morfemalar so‘z shaklining chap chegarasini egallagan va o‘zak morfema deb yuritiluvchi leksik morfemaning fonetik tuzilishiga moslashadi. Ba’zi hollarda turkiy tillarga xos bo‘lgan bu umumiy tamoyildan chetlanish holatlari, fuziya elementlari ko‘zga tashlanadi.1 Xususan, leksik morfemaga grammatik morfemalar qo‘shilganda, o‘zak (leksik) morfemaning fonetik tarkibida o‘zgarish ro‘y beradi. Masalan, ong –angla, qashi-qashla, singil-singli, qizil-qizar kabi. Natijada bir invariant leksik morfemaning bevosita nutqiy jarayonda ong-ang, qashi-qash, singil-singl, qizil-qiz kabi bir necha kombinator variantlar orqali namoyon bo‘lishiga olib keladi. Tildagi har qanday o‘zgarish biron bir sabablarsiz ro‘y bermaydi. Demak, ko‘p morfemali so‘z shakllarining o‘zak morfema tarkibidagi fonetik o‘zgarishning ro‘y berishi ham muayyan sabablar asosida vujudga keladi. Ular, bizning nazarimizda, quyidagilardan iborat: 1. Turkiy tillar uchun xarakterli bo‘lgan singarmonizm qonuniyati yo‘nalishiga tamomila zid bo‘lgan yo‘nalishning mavjudligi. Turkiy tillar uchun ko‘pchilik tomonidan “temir qonun” sanalgan singarmonizm qonuniyatiga ko‘ra, affikslarning fonetik tuzilishi o‘zak morfemaning fonetik tuzilishiga moslashadi. Xususan, o‘zak morfemaning fonetik tarkibi orqa qator tovushlaridan iborat bo‘lsa, unga affikslarning ham unga mos variantlari qo‘shiladi, yoki, aksincha, old qator tovushlardan iborat bo‘lsa, unga affikslarning ham old qator varianti qo‘shiladi. Bu palatal garmoniya hisoblanadi. Agar labial garmoniya saqlangan turkiy tillarni ham e’tiborga oladigan bo‘lsak, har bir affiksning bir necha palatal va labial variantlari orqali namoyon bo‘lishi ma’lum bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, turkiy tillarda ba’zan ana shu umumiy qonuniyatga zid keladigan holatlar uchraydi. Ya’ni affikslarning o‘zak fonetik strukturasiga moslashishi emas, balki o‘zakning affiks fonetik strukturasi ta’sirida o‘zgarishi ko‘zga tashlanadi. Buning natijasida o‘zak morfemaning kombinator variantlari maydonga keladi. Masalan, aytib yubor – aytvor- etvor (Toshkent shev.), acha – echisi (Namangan shev.), bola – belesi (Nam.shev.). Bunday hodisa singarmonizmga teskari yo‘nalishda bo‘lgan umlaut hodisasini o‘zida aks ettirgan Namangan shevasida ko‘proq uchraydi. 2. Polisillabik so‘zlarda ma’noga ta’sir etmagan holda so‘zning shakliy tomonini tejashga intilish tendensiyasi natijasida bo‘g‘in qisqartirish hodisasi ro‘y beradi. Bu hodisa ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning asosan tor unliga ega bo‘lgan ikkinchi bo‘g‘iniga tegishlidir. Masalan, o‘g‘il+im – o‘g‘lim, singil+im – singlim, qizil + ar – qizar kabi. Natijada bir invariantning o‘g‘il-o‘g‘l, singil-singl, qizil-qiz singari variantlari maydonga keladi. Bu o‘rinda qizil va qiz boshqa-boshqa invariantlarning variantlaridek tuyulsa ham, lekin bir morfemik qurshovda o‘zaro qo‘shimcha distributsiya munosabatidadir. Shuning uchun ular bir invariantning variantlari hisoblanadi. Ba’zan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning birinchi bo‘g‘inining ham qisqarishi hollari uchraydi. Lekin bu qisqarish morfemaning faqat shakliga daxldor bo‘lib, shu morfemaning shakliy variantlarini vujudga keltiradi. Masalan, olib bor – obbor – obor (And.shev.), olib ber – obber – ober (Toshk.shev.), olib kel – opkel – obke (Toshk.,And.shev.). Turkiy tillarda uchraydigan o‘zak morfemadagi bunday o‘zgarish ko‘pchilik turkologlarning diqqatini tortgan. Xususan, turkman tilidagi xuddi shunday (akel so‘zidagi olib morfemasining o shakliga, shu ul so‘zidagi shu morfemasining sh ga aylanishi) holatni P. Azimov va Potseluevskiylar o‘zak morfemaning prefikslashishi deb hisoblaydilar.1 Natijada ol va o morfemalarini bir invariantning turli variantlari emas, balki birinchisini olmoq fe’lining varianti, ikkinchisini esa leksik ma’nodan mahrum bo‘lgan yordamchi morfema prefiksining varianti deb izohlaydilar. Bu hodisa haqida fikr yuritgan A.G‘ulomov o‘zak morfemadagi yuqorida ko‘rsatilgan fonetik qisqaruv natijasida ro‘y bergan shakliy o‘zgarishlarni bir mohiyatning, ya’ni bir o‘zak morfemaning turli shakliy variantlari sifatida izohlaydi. Bunga asos qilib, qisqarmagan variant bilan qisqa variant o‘rtasidagi mazmuniy umumiylik belgisi olinadi.2 Shuning o‘ziyoq A.G‘ulomovning variant va invariant munosabatini naqadar teran anglaganidan dalolat beradi. 3. O‘zak morfemani moddiylashtiruvchi tovushlar qanday tartibda joylashishi bilan ham ahamiyatlidir. Bir xil tovushlarning turlicha joylashuvidan turli lisoniy birliklar vujudga keladi. Masalan, q, i, sh tovushlarining turlicha joylashuvidan qish, shiq, ishq singari birliklar vujudga keladi. Demak, bu lisoniy birliklarni moddiylashtirishda ishtirok etgan tovushlar bir xil, lekin ularning joylashish tartibi har xil. Tovushlarning ana shunday turlicha joylashish belgisi yuqoridagi lisoniy birliklar o‘rtasidagi farqlovchi belgi vazifasini bajaradi. Ayrim hollarda lisoniy birliklarning moddiy tomonini shakllantirgan shunday tovushlar tartibi muayyan sabablarga ko‘ra almashinishi, lekin bu almashinish ma’noga ta’sir etmasligi mumkin. Demak, bunday vaqtda tovushlar tartibi lisoniy birlikning farqlovchi belgisizlik vazifasini yo‘qotadi. Natijada bir lisoniy birlikning turli variantlari vujudga keladi. Masalan, to‘g‘ra-to‘rg‘a, kiprik-kirpik, sirpanchiqsipranchiq kabi. Ayrim hollarda o‘zak morfemaning ikki xil shakliy variantiga affiks morfemaning ikki xil shakliy varianti qo‘shilishidan bir so‘zning ikki shakliy varianti vujudga keladi. Masalan, yig‘i va sig‘i morfemalarining birinchisiga otdan fe’l yasovchi morfemaning -la varianti, ikkinchisiga esa -ta varianti qo‘shiladi. Natijada bir mohiyatning ikki shakliy varianti vujudga keladi: yig‘la-siqta. Keyinchalik bu variantlar ma’no darajalanishi farqlovchi belgisi asosida bir umumiy arxisema asosida birlashuvchi ikkita leksema bo‘lib ajralib chiqqan. Xuddi shuningdek, sur allomorfiga -ga va -da (-la morfemasining variantlari) allomorflarining qo‘shilishidan surga va surda leksema variantlari vujudga keladi va ikkinchisida rd tovushlarining o‘rin almashinishidan shu leksemaning sudra varianti paydo bo‘ladi. 4. So‘z tarkibida soddalashish hodisasining ro‘y berishi o‘zak morfemaning variantlanishiga olib keladi. Xususan, o‘zak morfemaga qo‘shilgan grammatik ma’no ifodalovchi morfemalarning funksional almashinishi ham o‘zak morfemaning turli shakliy variantlari vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Xususan, nisbat paradigmasiga birlashgan shakllarining biri o‘rnida ikkinchisining funksional almashinuvi davrlar o‘tishi bilan ular o‘rtasidagi farqlovchi belgilar yo‘qolishiga, zidlanuvchi a’zolarning neytrallashuviga va neytrallashgan nisbat shakllarining o‘zak morfema tarkibiga singib, yaxlit bir morfemaga aylanib ketishiga olib keladi. Masalan, uyalmoq va uyatmoq leksemalarining asos qismi uyal va uyat bugungi kun nuqtai nazaridan bir leksik morfemaning ikki shakliy varianti sanaladi. Har ikki variant hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan boshqa mayda qismlarga bo‘linmaydi. Demak, bir o‘zak morfemaning uyal va uyat variantlari soddalashish hodisasi tufayli tarixan ikki morfemadan tashkil topgan. Birinchi morfema (uya)ning mustaqil leksik morfema sifatida iste’moldan chiqishi affiks morfemaning leksik morfema tarkibiga singib ketishiga – soddalashuviga1 zamin yaratgan. Shuni ta’kidlash kerakki, leksik morfemaga qo‘shilgan affiks morfemalar tarixan ikki xil nisbat (o‘zlik va orttirma) nisbat shakllari bo‘lib, ular o‘rtasida neytrallashuv ro‘y bergan. Shuning uchun bir xil qurshovda ma’noga ta’sir etmagan holda o‘zaro erkin almashinish distributsiya munosabatida bo‘lgan. O‘zaro erkin almashinish distributsiyasi munosabatida bo‘lgan birliklar esa bir invariantning turli variantlari bo‘ladi Garchi hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan uyal va uyat bitta morfemaning ikkita varianti sanalib, boshqa mayda ma’noli qismlarga bo‘linish xususiyatini yo‘qotgan bo‘lsa ham, lekin bu leksik morfema variantlarining oxirgi tovushi -l va (- t) nisbat ma’nosini ham saqlab qolgan. Shuning uchun bu variantlar uyalish holatini ifodalashi bilan birgalikda sub’ektning shunday holatga tushishi ma’nosini ham ifodalaydi. Bundan ko‘rinadiki, tarixan ikki morfemaning ma’nosi saqlanib qolgan holda, soddalashish faqat ularning shakliga daxldor bo‘lgan. Shunday qilib, turkiy tillarda so‘z morfemik tuzilishida garchi agglyutinatsiya yetakchilik qilsa ham, ayrim hollarda fuziya holatlari ham ko‘zga tashlanadi. So‘zlarning o‘zak morfemasida fuziyaning ro‘y berishi leksik morfemaning variantlanish darajasining ko‘payishiga olib keladi. Turkiy tillarning aglyutinativ tabiati barchaga ma’lum. Aglyutinatsiyaning fuziyadan muhim farqlovchi belgilari sifatida har bir grammatik ma’noning alohidaalohida shakllar yoRdamida ifoda-lanishi, grammatik ma’noni ifodalovchi grammatik shakllarning ko‘payishi bilan so‘zning chapdan o‘ngga qarab cho‘zilib borishi, leksik va grammatik morfemalarning bir-biriga qo‘shilish chokining ajralib turishi, shuningdek, grammatik shakllarning qo‘shilishi o‘zak morfema-ning fonetik tuzilishini o‘zgartirmasligi kabi belgilar ta’kidlanadi. Shunday qilib, turkiy tillarda so‘z morfemik tuzilishida garchi agglyutinatsiya yetakchilik qilsa ham, ayrim hollarda fuziya holatlari ham ko‘zga tashlanadi. So‘zlarning o‘zak morfemasida fuziyaning ro‘y berishi leksik morfemaning variantlanish darajasining ko‘payishiga olib keladi. Akkomodatsiya-(muvofiqlashuv). Yonma-yon kelgan undosh va unli tovushlar artikulyasiyasining bir-biriga uyg‘unlashuvi; i—u, k—g; kiyik, sigir, bugun, gul. i—u, q —k; qiyin, g‘ujum, g‘ijim. Apokopa. So‘z o‘zagidagi oxirgi unli yoki undoshnig tushishi; do‘st-do‘s, xursand-xursan kabi. O‘zbek tilidagi bu fonetik jarayonlar nutqning qulayligi hamda tejamkorligi uchun hizmat qiladi.

Xulosa
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, tilshunoslik fani avvalo nazariy va ikkinchi navbatda tatbiqiy — amaliy fandir. Bu fanning aniq chegarasi yo‘q, u ko‘p qamrovli, ko‘p qirrali va har tomonlama boshqa fanlar va ulaning sohalari bUan bog‘liq bo‘lgan fandir. Tilning o‘zi esa juda murakkab ijtimoiy hodisa bo'lib, u belgilar tizimi sifatida insonlaming muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu o‘rinda nutqni farqlash zamr bo‘ladi. Nutq — bu tilning va undagi belgilaming barcha qo'llanish holatlarini qamrab oladi. Yozma shaklda o‘qib berish uchun tayyorlangan roman, qissa, hikoya va h.k. nutqqa tegishlidir. Leldn ulardagi, ya’ni nutqda doimiy qo'Uanuvchi va ustuvor bo‘lib qolgan jamiyat a’zolari tomonidan e'tirof etib qabul qilgan nutqdagi unsurlar majmui deb yuritadi. TU — jamiyatimiz a’zolarining buyuk vositasi bo‘lsa, nutq — bu vositaning qo'llanishidir. Yozilgan yoki aytilgan nutqning bo‘lagi matn deb yuritUadi. Yozma nutq va og‘zaki nutq farqlanganidek, yozma matn va og'zaki (monolog, dialog kabi) matn ham farqlanadi. Turdagi jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan ustuvor bo'lgan xususiyatlar davr o'tishi bUan turii o‘zgarishlarga duchor bo'lishi mumkin. Turdagi o‘zgarishlar va tilning rivojlanishi murakkab muammolami keltirib chiqaradi.Tildagi muammo va masalalami sinxroniya va diaxroniyada (ya’ni hozirgi va tarixiy holati) ilmiy tadqiq etish zarur.


Foydalanilgan adabiyotlar
1.Morfema va uning turlari https://fayllar.org/morfema-va-uning-turlari.html .
2.Sodiqov .A O’zbek tili grammatikasi .T. 1975,1981.
3.Shoabdurahmonov.Sh .Hozirgi o’zbek adabiy tili, T .1980 .
4.Shahobiddinova .Sh O’zbek tilining nazariy grammatikasi,T,2001.
5.Irisqulov..M.T "Tilshunoslikka kirish".2009.
Yüklə 94,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə